Li sulolasining tashqi siyosati - Xitoyning Min sulolasi, Yaponiya va manjurlar bilan boʻlgan. Garchi, rasmiy Xitoy bilan munosabatlar vassallik ko'rinishiga ega boʻlgan bo'lsa-da, Xitoy ichki ishlariga aralashmagan. Ikki mamlakat doimiy ravishda o'zlarining do'stona va rasman mustaqil munosabatlari tarzida elchilar va sovg'a-salomlar almashib turishgan. XVI asr davomida Choson hududiga doimiy ravishda chjurchjenlar va yapon qaroqchilari hujum qilib turganlar, lekin ular har safar keskin qarshiliklarga uchraganlar. XVI asrning 80 yillari oxirlarida bo'linib ketgan Yaponiya Toyotomi Xideyosi tomonidan birlashtirilgandan so'ng, u o'z oldiga Xitoyni bosib olishni maqsad qilib qo'ygan. Xideyosi katta armiya yig'ib, Choson hukumatiga Xitoydagi Min sulolasi bilan bo‘ladigan jang uchun askarlarini Choson hududidan o'tkazishni va koreyslarni bo'lajak jangda yordam berishini so'rab murojaat qilgan. Seul esa, o'z navbatida, bu taklifni rad etgan va Xitoyga Yaponiyaning rejalari haqida xabar bergan. 1592 yilning mayida yaponlar 200 ming qo'shini bilan Koreyaga bostirib kirgan va Imjin urushi (1592-1598) boshlangan. Garchi, urushgacha ko'plab davlat arboblari armiyani tiklash to'g'risida ta'kidlashlariga qaramay, Koreya urushga tayyor emas edi.

Yapon qo'shinlarining birinchi guruhi 2 mayda Koreyaning janubiga tushirildi. Yaponlarda o'qotar qurollar boʻlgan. Shu bois tez orada Pusan shahri qo'lga kiritildi Jiddiy qarshilikka uchramagan yaponlar Seulga tomon harakatlanishgan. Bu davrda Seul Min sulolasiga yordam so'rab murojaat qilgan. 9 iyunda esa van Sonjo saroy a'yonlari bilan poytaxtni tashlab ketgan. Keson shahriga kelgan hukmdor va uning a'yonlarini azablangan olomon toshlar va balchiqli kesaklar bilan qarshi olgan. 12 iyunda yapon qo'shinlari jangsiz Seulga ham kirib kelgan. Tez orada Keson shahri ham bosib olingan, 22 iyulda esa Pxenyan egallangan. Van o'zining yaqin odamlari bilan chegaradagi kichik shaharcha boʻlgan yashiringan. Saroy a'yonlarining qochib ketishi va koreys armiyasining mag'lubiyatiga qaramay, yaponlar tomonidan bosib olingan hududlarda hukumat qo'shinIari qarshilik harakatlarini davom ettirgan. Qolaversa, barcha viloyatlarda "Iybyon" ("Adolat armiyasi") nomli xalq harakatlari yuzaga kelgan.