Odamato
Odamato — islomga (shuningdek, iudaizm va xristianlikka) koʻra, Alloh tomonidan yaratilgan yer yuzidagi birinchi odam va inson zotining otasi. Qurʼonga koʻra, Alloh Odamatoni loydan oʻzining yerdagi oʻrinbosari (xalifa) sifatida yaratib, unga oʻz ruhidan jon ato etgan. Odamato Abulbashar (insoniyat otasi) deb ham ataladi. Islomda Odamato birinchi paygʻambar hisoblanadi. Alloh Odamatoga barcha narsalarning nomlarini oʻrgatdi va bu bilan uni farishtalardan yuqori qoʻydi, farishtalarga Odamatoga bosh egib sajda qilishni buyurdi. Faqat Iblis sajda qilishdan bosh tortdi. Iblis takabburligi va sarkashligi tufayli jannatdan quvildi. Odamato jufti haloli Momohavo bilan jannatda yashab, ularga barcha neʼmatlardan yeyishlikka ruxsat berildi, faqatgina bir daraxtning mevasidan yeyish taqiqlandi (Aʼrof surasi, 19—21-oyatlar). Iblis Odamato bilan Momohavoni aldab, taqiqlangan daraxt mevasini yediradi. Buning jazosi evaziga ular jannatdan chiqarilib, ularning avlodlari yerda yashashga va mehnat qilishga mahkum etiladi. [1]
Islom dinida Odam
tahrirMusulmonlar Odam birinchi yaratilgan inson va paygʻambar ekanligiga ishonadilar. Islomning muqaddas kitobi Qur’onda Odam Ato haqida yetti boshqa-boshqa joylarda yozilgan.
Islomda Odamni tuproqdan yaratilganligiga va Olloh Odamga yagona aqlli mavjudot boʻlgani uchun boshqa jonzotlarga oʻrgatmagan narsalarni unga oʻrgatganligiga ishoniladi. Olloh farishtalarga Odamga sajda qilishni buyuradi, lekin Azozil yani iblis kibri tufayli unga sajda qilmaydi. Kibri sababli u Jannatdan haydaladi. Bazilar Iblisni isyonkor farishta boʻlganiga ishonsalarda, Qur’onda Qof surasida Iblis farishta emas, balki jin (olovdan yaratilgan) ekanligi ifoda etilgan.
Odamga juft qilib birinchi ayol, Momo Havvo yaratiladi. Olloh ularga Jannatda bitta daraxtning mevasidan tashqari hamma mevalarni yeyishga ruhsat beradi. Bir kuni iblisga ishonib yeyish man qilingan mevani yeydilar. Bu itoatsizlik tufayli Olloh ularni Jannatdan haydaydi va Yer yuziga yuboradi. Yer yuzida koʻpayishadilar.
Islom madaniyatida katta ahamiyatga ega boʻlgan bu qissa keyinchalik bir qancha madaniy va diniy oqimlarning taʼsiri tufayli yanada afsonaviy va Qur’ondagidan farqli tus oladi. Bugungi kunda bu qissaning bir biridan farqli koʻp variantlari bor.
Yahudiy dinida Odam
tahrirYahudiylarga koʻra Odam borliqning yaratilishini oltinchi kunida tuproqdan yaratiladi. Birinchi bobda Erkak va Ayol birga yaratilgan deyiladi, ikkinchi bobda Ayolni Erkakning qovurgʻasidan yaratilgan deyiladi. Birinchi bobdagi ayolning ismi Lilith, ikkinchisida esa Havvo.
Masihiylik dinida Odam
tahrirOdam qissasi haqida Tavrotning Yaratilish boʻlimida soʻz yurutiladi. Masihiylikda Odamning Jannatda qilgan birinchi gunohi katta ahamiyatga ega. Odamning bu gunohi butun insoniyatga oʻtgan va Iso bu gunohni yoʻq qilish uchun kelgan Xudo Qoʻzisidir. Oʻzini bu gunoh uchun fido etgan.
Fan va Odam Ato
tahrir1800-yillardan beri evolutsiya nazariyasi Darwinning inson birdaniga yaratilmagan, balki evolutsiya sababli hosil boʻlgan degan koʻrishlari tarafdori. Dunyoviy bilimda Odam faqatgina afsonaviy qahramon deb qabul qilingan. Bu qarashga qarshi chiqgan olimlar ham yoʻq emas. Diniy olimlar esa bu nazariyani turli xil yoʻllar va fikrlar bilan rad qilib kelmoqdalar.
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |