Neptunizm
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Neptunizm (lotincha: Neptunus — rim mifologiyasidagi dengiz va suv xudosi Neptun nomidan) — geol. fanida 18-asr oxiri va 19-asr boshida keng oʻrin olgan konsepsiya. Bunga koʻra, barcha togʻ jinslari (jumladan, otqindi jinslar ham) Yer yuzini butunlay qoplagan dastlabki Dunyo okeani suvida va butun olam toʻfoni suvida choʻkishi natijasida paydo boʻlgan degan tasavvur hukmron edi. N. asoschisi — nemis olimi A. G. Verner. Bu konsepsiya geologiya Fan sifatida shakllanayotgan, lekin toʻfon (olamni suv bosishi) haqidagi rivoyat taʼsiridagi vaqtda vujudga kelgan. N.ning eng tanilgan tarafdorlari (Germaniyada — A. G. Verner, Fransiyada — A. Delyuk, Bukj Britaniyada — R. Kirvan) plutonistlarning intruziv togʻ jinslari magmaning sovib krtishidan paydo boʻladi, degan toʻgʻri fikrlarini inkor etdilar. Ular togʻ jinslarining bir joyda qatlamlanib yotish tarkibini barcha materiklarga ham xos deb tushuntirishdi. Togʻ jinslarini 2 guruhga boʻlishdi: "dastlab vujudga kelgan" Dunyo okeani suvida kimyoviy kri-stallanish yoʻli bilan vujudga kelgan jinslar (granit, gneyslar, kristalli slanetslar va boshqa otqindi va meta-morfik jinslar) va ular ustida yotuvchi "fletsli" yoki qatlamli jinslar (ohaktosh, toshkoʻmir, gips, tosh tuzi va boshqalar). Bu jinslar neptunistlar tomonidan toʻfon davridagi "mexanik" yotqiziqlar deb qaraldi. Tektonik harakatlar tan olinmadi. Vulkan jinslari Yer poʻstila oz tarqalgan va ular Yer poʻstida koʻmirning yonishidan hosil boʻladi deb karaldi. 19-asrning 20-yillaridan otqindi jinslarning magmadan vulkan otilishi yoʻli bilan kelib chiqishi toʻgʻrisidagi taʼlimotni koʻpchilik eʼtirof etgandan keyin N. oʻz ahamiyatini yoʻqotdi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |