Maʼrifjon Moʻminov
Maʼrifjon Moʻminov (22.08.1952—03.12.2014) — Qirgʻizistonda joylashgan Isfana shahrining uchinchi meri. Moʻminov koʻp yillar davomida Isfanadagi kolxozning raisi boʻlib ishlagan. Faoliyati davomida Isfana shahrining va Laylak tumanining iqtisodiy rivojlanishiga salmoqli hissa qoʻshgan.
Maʼrifjon Moʻminovich Moʻminov | |
---|---|
Tavalludi |
22-avgust 1952-yil |
Vafoti |
3-dekabr 2014-yil (62 yoshda) Isfana, Qirgʻiziston |
Hayoti
tahrirMaʼrifjon Moʻminovich Moʻminov 1952-yil 22-avgustda Qirgʻiziston SSRning oʻsha paytdagi Isfana qishlogʻida tugʻilgan. 1968-yil Isfanadagi Toʻqtogʻul nomli oʻrta maktabni yakunlagan. 1974-yil Skryabin nomidagi qishloq xoʻjaligi institutini (hozirgi Skryabin nomidagi qirgʻiz milliy agrar universiteti) injener-mexanik mutaxassisligini olib tugatgan. Moʻminov 2014-yil 3-dekabrda 62 yoshda vafot etgan. U toʻrt farzandning otasi boʻlgan.
Mehnat faoliyati
tahrirMoʻminov mehnat faoliyatini 1974-yilda Isfanadagi Samat kolxozida mexaniklikdan boshlagan. 1980-82-yillarda Laylak tumanining qishloq xoʻjaligi boshqarmasida bosh muhandis boʻlib ishlagan. 1982-86-yillarda Laylak tumanining Mexanizatsiyalashtirilgan chorvachilik stansiyasida direktor boʻlib faoliyat yuritgan. 1986-87-yillarda Komintern sovxozining direktori lavozimida ishlagan.
Moʻminov 1987-yildan 1996-yilgacha Isfanadagi Samat kolxoziga raislik qilgan. 1996-99-yillarda Isfana qishloq xoʻjaligi kooperativiga boshchilik qilgan. 1999-yildan 2001-yilgacha Isfana shahar boshqarmasi boshchisining oʻrin bosari sifatida faoliyat koʻrsatgan. 2001-yildan 2004-yilgacha Laylak tumanining qishloq xoʻjaligi boʻlimining bosh direktori boʻlib ishlagan.
2004-2005-yillarda Botken viloyati gubernatorining maslahatchisi boʻlib ishlagan. 2005-yil 20-dekabrdan 2009-yil 9-sentabrgacha Isfana shahrining meri lavozimida ishlagan. 2010-yildan boshlab Laylak tuman agrar rivojlanish boʻlimida ishlagan.
Moʻminov faoliyati davomida Isfana shahrining va Laylak tumanining iqtisodiy rivojlanishiga salmoqli hissa qoʻshgan.[1]
Mukofotlari
tahrirMoʻminov hayoti davomida bir necha mukofot olgan.[2] 1991-yil Qirgʻiziston prezidentining faxriy yorligʻi bilan taqdirlangan. 1998-yil Qirgʻiz Respublikasining „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan.[3] Bundan tashqari, „Xalq taʼlimi aʼlochisi“ unvoni hamda Qishloq xoʻjaligi ministrligining faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.
Manbalar
tahrir- ↑ Moʻminov Maʼrifjon Moʻminovich (qirgʻizcha). Ata Jurt (13-dekabr, 2014), s. 7.
- ↑ Xalq yodida qoladi (qirgʻizcha). SuLey Info (13-dekabr, 2014), s. 15.
- ↑ Yoqubov, Temirboy. Isfana (Aspanakent) tarixi, Isfana, 2001 — 46-bet.