Alteratsiya (lotincha: „altero“ – oʻzgartiraman) – asosiy tovushqator pogʻonalarini (nomini saqlagan holda) oʻzgartirish; uning balandligini chorak, yarim yoki butun tonga koʻtarish yoki pasaytirish.

Alteratsiya belgilari

tahrir

Asosiy alteratsiya belgilari diyez (tovushlarni yarim ton koʻtarish uchun) va bemol (tovushlarni yarim ton pasaytirish uchun) hisoblanadi. Agar asosiy tovush bir butun ton yuqori koʻtarilishi lozim boʻlsa, dubl-diyez, aksincha, bir butun ton pasaytirish kerak boʻlsa, dubl-bemol qoʻllanadi. Koʻtarilgan tovushlarni pasaytirish yoki pasaygan tovushni koʻtarish uchun bekar belgisi qoʻyiladi.

Qoʻllanishi

tahrir

Alteratsiya belgilari koʻtarilishi yoki pasayishi kerak boʻlgan nota oldiga qoʻyiladi. Agar kalitdan soʻng qoʻyilsa, ular kalitoldi belgilari deb ataladi. Shu satrning oxiriga qadar alteratsiya belgilari qoʻyilgan pogʻonalar yarim ton koʻtariladi yoki pasayadi. Agar alteratsiya belgisi biror takt orasida qoʻyilsa, u holda faqat shu taktdagi belgi qoʻyilgan pogʻonalarni oʻzgartirish kuchiga ega boʻladi[1][2].

Boshqa maʼnolari

tahrir

Garmoniyada alteratsiya tovushqatordagi noturgʻun pogʻonalarni xromatik oʻzgartirish orqali tuzuk (lad) tortilishlarni kuchaytirishga xizmat qiladi. Tarkibida oʻzgargan pogʻonalar mavjud boʻlgan instituterval yoki akkordlar Alteratsiyalashgan interval va akkordlar deb yuritiladi[3].

Manbalar

tahrir
  1. I. A. Akbarov. Музика луғати. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987. 
  2. I. A. Akbarov. Мусиқа луғати. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2. 
  3. "Alteratsiya" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir