Manhattan (talaffuzi: Manhetten) – New York shahrining besh hududidan biri. 2020-yil holatiga koʻra, aholisi 1 694 251 nafarni tashkil etadi. Maydoni – 87 km2. Asosan Manhattan orolida joylashgan boʻlib, u Nyu-York shtatining janubiy qismida, AQShning shimoli-sharqiy megapolisining markazida, shahar metropoliteni asosini tashkil etadi[2]. Manhattan iqtisodiy va maʼmuriy markaz boʻlibgina qolmay, madaniy, moliyaviy, ommaviy axborot vositalari va koʻngilochar poytaxt sifatida dunyoda tan olingan[3][4].

Manhattan
Boro
Skyline of Manhattan
Manhattan
Bayroq
Manhattan
Gerb
40°43′42″N 73°59′39″W / 40.72833°N 73.99417°W / 40.72833; -73.99417
Mamlakat AQSh
Shtat New York
Shahar New York
Hukumat
 • Boro prezidenti Mark Levine
Asos solingan 1624
Maydon 87 km2 (34 kv mi)
Markazi balandligi 81 m
Aholisi
 (2020[1])
1 694 251
Zichligi 28 873 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC−05:00
Pochta indeks(lar)i 100xx, 101xx, 102xx
Manhattan xaritada
Manhattan
Manhattan

Manhattan hududi dastlab Lenape yerlarining bir qismi boʻlgan[5]. Yevropaliklar tomonidan 1624-yilda hududda savdo punkti sifatida tashkil etilgan, 1626-yilda esa „Nyu-Amsterdam“ nomini olgan. 1664-yilda inglizlar tomonidan egallanganidan keyin bu yer „Nyu-York“ deb nomlangan[6]. 1785-yildan 1790-yilgacha Qoʻshma Shtatlar poytaxti boʻlgan bu shahar keyinchalik mashhur Ozodlik haykali bilan ham dunyoga tanilgan[7].

Manhattan 1898-yilda Nyu-York shahri tarkibiga kirgan va shu vaqtdan boshlab markaziy rol oʻynagan. Aynan bu yerda joylashgan Stonewall Inn zamonaviy LGBT harakatining boshlanishiga sabab boʻlgan va hozirgi kunda ham Manhattan LGBT madaniyatining markazlaridan biri sifatida tan olinadi[8]. Shuningdek, bu yerda Jahon savdo markazi joylashgan edi, u 2001-yilning 11-sentabridagi terrorchilik hujumlarida vayron boʻlgan.

Iqtisodiyoti

edit

Manhattan Nyu-York shahrining iqtisodiy markazi boʻlib, uning 2,45 millionlik ishchi kuchi butun Nyu-York metropoliteni hududidan jalb qilinadi va bu butun shahar ish oʻrinlarining deyarli yarmidan koʻprogʻini tashkil qiladi. Manhattandagi ishchi kuchi koʻproq yengil xizmat koʻrsatish sohalariga yoʻnaltirilgan. 2010-yilda Manhattanning kunduzgi aholisi 3,94 millionga yetgan shu jumladan 1,48 million yoʻlovchi, tashrif buyuruvchi, sayyoh va talabalar ham keldi. Bu yerda 1,61 million ishchi kuniga kelib-ketib ishlaydi, va bu oqim mamlakatdagi har qanday okrug yoki shahar ichidagi eng yirik oqim hisoblanadi[9].

Demografiyasi

edit
Aholining oʻsishi
YilAholi±%
16561 000—    
16984 937+393.7%
17125 841+18.3%
17237 248+24.1%
17318 622+19.0%
174611 717+35.9%
175613 040+11.3%
177121 863+67.7%
178623 614+8.0%
179033 131+40.3%
180060 489+82.6%
YilAholi±%
181096 373+59.3%
1820123 706+28.4%
1830202 589+63.8%
1840312 710+54.4%
1850515 547+64.9%
1860813 669+57.8%
1870942 292+15.8%
18801 164 674+23.6%
18901 441 216+23.7%
19001 850 093+28.4%
19102 331 542+26.0%
YilAholi±%
19202 284 103−2.0%
19301 867 312−18.2%
19401 889 924+1.2%
19501 960 101+3.7%
19601 698 281−13.4%
19701 539 233−9.4%
19801 428 285−7.2%
19901 487 536+4.1%
20001 537 195+3.3%
20101 585 873+3.2%
20201 694 251+6.8%
Manbalar:[10][11][12][1]

Manbalar

edit
  1. 1,0 1,1 „A Story Map: 2020 Census Demographic Data Map Viewer“. US Census Bureau. Qaraldi: 2021-yil 12-avgust.
  2. „World Urban Areas“. Demographia (2018-yil aprel). Qaraldi: 2018-yil 27-aprel.
  3. Sorrentino, Christopher.. „When He Was Seventeen“. The New York Times (2007-yil 16-sentyabr). Qaraldi: 2007-yil 22-dekabr.
  4. Dawn Ennis. „ABC will broadcast New York's pride parade live for the first time“. LGBTQ Nation (2017-yil 24-may). Qaraldi: 2017-yil 4-iyun.
  5. Burrows, Edwin G.; Wallace, Mike. Gotham: A History of New York City to 1898. Oxford: Oxford University Press, 1998 — 6–7-bet. ISBN 978-0-585-36462-9. 
  6. „KINGSTON Discover 300 Years of New York History DUTCH COLONIES“. National Park Service, U.S. Department of the Interior. Qaraldi: 2018-yil 7-aprel.
  7. „Statue of Liberty“. World Heritage. UNESCO World Heritage Centre. Qaraldi: 2018-yil 7-aprel.
  8. „The Stonewall Inn, National Historic Landmark“. National Park Service, U.S. Department of the Interior. Qaraldi: 2013-yil 2-iyul.
  9. „The Dynamic Population of Manhattan“. 2012-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-mart.
  10. „New York County (Manhattan Borough), New York State & County QuickFacts“. United States Census Bureau. Qaraldi: 2018-yil 25-mart.
  11. Campbell Gibson. „Population of the 100 largest cities and other urban places in the United States: 1790 to 1990“. United States Bureau of the Census. 2011-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-may.
  12. United States Census Bureau „Population in the Colonial and Continental Periods“, . A Century of Population Growth, 1909 — 11-bet.