Nyu-York (shtat)
Nyu-York – AQShning shimoli-sharqiy qismidagi shtat. Atlantika okeani sohilida (Long-Aylend oroli ham Nyu-York tarkibida), Kanada bilan chegaradosh. Maydoni 141,3 ming km2[1]. Aholisi – 19 571 216 kishi (2023)[2]; 84% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi – Albany shahri. Yirik shaharlari: Nyu-York, Buffalo, Rochester, Syracuse. Shtat hududining koʻp qismida Appalachi togʻ tizmalari (eng baland joyi 1 628 m) joylashgan. Iqlimi moʻtadil, sernam iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0–8 °C, iyulniki 20–23 °C. Yillik yogʻin 800–1 000 mm. Yirik daryolari: Gudzon, Saint-Lavrens. Oʻrmonlar bor.
| |||||
---|---|---|---|---|---|
Shtat | |||||
| |||||
Shtat laqabi: | |||||
Mamlakat | AQSh | ||||
Poytaxt | Albany | ||||
Eng yirik shaharlar | Nyu-York Buffalo Rochester | ||||
Maydon • Butun |
AQSh: 27-oʻrinda 141297[1] km² | ||||
Aholi • Butun (2021) |
AQSh: 4-oʻrinda 19571216[2] | ||||
YIM |
AQSh: 2-oʻrinda $896,739 million | ||||
Ittifoqqa kirish • Sana |
11-boʻlib | ||||
Vaqt | UTC-5 (EST) | ||||
Qisqartma | NY [36] | ||||
Shtat guli | Rose (Rosa) | ||||
Shtat daraxti | Sugar Maple |
Nyu-York – AQShning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan va aholisi zich shtatlaridan biri. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish va savdo aylanmasi boʻyicha AQShda 1-oʻrinda. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmoqlari: sut chorvachiligi, parrandachilik, sabzavotchilik, tokchilik.
Nyu-York hududini VII asr boshida gollandlar bosib olgan[3]. Shtatning mahalliy aholisi qirib tashlangan. 1664-yilda Nyu-Yorkni inglizlar egallagan. 1776-yilda Nyu-York AQShni tuzishda qatnashgan dastlabki 13 shtatdan biri boʻlgan.
Demografiyasi
tahrir
|
| |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Manba: 1910–2020; 2023.[4][2] |
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „How Wet is Your State? The Water Area of Each State | U.S. Geological Survey“. www.usgs.gov. Qaraldi: 2021-yil 5-oktyabr.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „US Census Quickfacts, Population Estimates, July 1 2023“. Census.gov. United States Census Bureau. 2021-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-dekabr.
- ↑ Scheltema, Gajus; Westerhuijs, Heleen. Exploring Historic Dutch New York: New York City * Hudson Valley * New Jersey * Delaware. Courier Corporation, October 17, 2018. ISBN 978-0-486-83493-1.
- ↑ „Historical Population Change Data (1910–2020)“. Census.gov. United States Census Bureau. 2021-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-may.
Adabiyotlar
tahrir- Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 1-jild, Toshkent, 2000-yil.
Havolalar
tahrirVikiomborda Nyu-York (shtat) haqida turkum mavjud |
- Rasmiy sayti (inglizcha)
- Nyu-York (shtat) Curlie katalogida