yassi
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]yas-si
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]YASSI ’sathi yoyiq’, ’tekis’. [Yigitning] keng yuzi zahil, koʻzlari nursiz, burni ya s s i, .. (Ibrohim Rahim). Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu sifat yasï tarzida talaffuz qilingan (Devon, III, 31); oʻzbek tilida s undoshi qatlangan, a un — lisi ä unlisiga almashgan, ï unlisining qattiqlik belgisi yoʻqolgan: yasï > yässi.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 Yuza, yoyiq, yalpoq. ◆ Yassi tarelka. Yassi qayiq. m ◆ Akramxon yigitni zimdan kuzatdi: keng yuzi zahil, koʻzlari nursiz, burni yassi, qulogʻi ostidagi yamo-gʻida tigʻ oʻrni sezilib turardi. I. Rahim, „Tinimsiz shahar“ .
2 Oʻnqir-choʻnqirsiz, tekis; yuza. ◆ Brigada yerining bir boʻlagi yassi tepalikdan iborat edi. Tuygʻun, „Yoʻldosh akani eslab“ . ◆ Mana, aylanma yoʻllar ham orqada qoldi. Yagʻrindor yassi qir boshlandi. S. Anorboyev, „Oqsoy“ .
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]ЯССИ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]Ruscha ru
yassi
плоский; приплюснутый; ◆ yassi tarelka мелкая тарелка; ◆ yassi ombur плоскогубцы; ◆ yassi gʻisht плоский (квадратный) кирпич; керамическая плитка, плитка из обожжённой глины; ◆ yassi qayiq плоскодонная лодка; ◆ yassi togʻ геогр. плато.