xuddi
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]xud-di
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]XUDDI Bu ravish ПРСda [xodi\ shaklida (201), ТжРСda xuddi shaklida (429) keltirilgan; demak, 'oʻz' maʼnosini ifodalaydigan xud birligiga -i qoʻshimchasini (ТжРС, 542) qoʻshib hosil qilingan; qoʻshimcha qoʻshilganidan keyin tojik tilida d tovushi qatlangan; oʻzbek tiliga ana shu tojikcha shakli olingan. ПРСda bu birlik 'oʻziniki', 'oʻz-oʻzicha' maʼnosini, ТжРСda 'aynan' maʼnosini anglatishi aytilgan; oʻzbek tiliga tojik tilidagi maʼnosi bilan olingan (OʻTIL, II, 336).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
f. — oʻziniki
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 Aynan,
aniq. ◆ Inobatning xuddi oʻziga oʻxshagan no-zikkina, qora qosh, qora koʻz bir singlisi bor edi. O. Yoqubov, „Er boshiga ish tushsa“ . ◆ Bir oydan keyin xuddi mana shu katta bogʻda dan-gʻillama toʻy boʻldi. Oʻ. Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ . ◆ Xuddi shu payt eshik gʻiyqillab ochildi. Oʻ. Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ .
2 Roppa-rosa, toʻppa-toʻgʻri, aniq. ◆ Men xuddi soat oʻnda keldim. n ◆ Agar oʻsha ketii/i boʻlsa, bugun xuddi Qoʻqonga borib yetgan. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .
3 Goʻyo, goʻyoki; baayni. ◆ -Keldingizmi? — dedi Alimardon, xuddi uning albatta kelishini bilganday. Oʻ. Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ .
4 Hoynahoy; aftidan. ◆ \Maysara:\ Shosh-mang, taqsirim! Hozir chiqib boʻlmaydi! U xuddi gumonsirab kelgan, ehtimol, har to-monga odam qoʻygandir. Hamza, „Maysaraning ishi“ .
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]ХУДДИ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.