Kontent qismiga oʻtish

vosita

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

vo-si-ta

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

a. وَاسِطَة — chora, tadbir, usul; oʻrta, oʻrtadagi

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Biror maqsadga erishish yoki biror ishni amalga oshirish uchun dastak boʻlib xizmat qiladigan narsa, qurol.◆  Axborot vositalari. Texnika vositalari. Transport vositalari. Ishlab chiqarish vositalari. ◆ Daryodan suzib oʻtish uchun Umarovda qayiq ham, oddiy suzish vositasi ham yoʻq edi. T. Rustamov, „Mangu jasorat“ .

2 Umuman, biror narsani amalga oshirish uchun xizmat qiladigan, foydalaniladigan narsa, omil.◆  Deydilarki, odatda, sevishganlar oʻz koʻngillarini til bilan izhor etolmaydilar, imo-ishora va baʼzan qochiriq gaplar juda yaxshi vosita emish. Shuhrat, „Shinelli yillar“ . ◆  Mehnat intizomi shunday bir vositaki, u ishda uyushqoqlikni, tashabbuskorlikni, ijodkorlikni taʼminlaydi. Oʻzbekiston qoʻriqlari .◆  Qoraqand mevasi bilan chinor poʻstlogʻidan tayyorlangan shar-bat ham qandli diabetni davolashda yaxshi vosita ekan. Fan va turmush .

3 (oʻ.-p. k. da — vositasida) koʻm. vazifasida. Orqali, tufayli. ◆ ..faqat u mening vositamda toʻyni boshlash uchun sizdan izn olgani kelgan ekan. A. Qodiriy, „Mehrobdan chayon“ . ◆ ..ularning [davlatmandlarning] ziyofatlari vositasida baʼzi madrasalarning mudarrislari, muharrirlari bilan ham tanishdi. A. Qodiriy, „Mehrobdan chayon“ .

Vosita qilmoq Vosita sifatida ishga solmoq, foydalanmoq.◆  Munisxonni shuncha vahima bosdiki, onasini vosita qilishga sabri chidamay, akasi bilan yuzma-yuz oʻtirib gaplashishga majbur boʻldi. A. Qahhor, „Sarob“ .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ВОСИТА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

vosita
орудие, средство; ◆ aloqa vositalari средства связи; ◆ ishlab chiqarish vositalari средства производства; ◆ vositasi bilan посредством! (кого-чего-л.), через посредство (кого-чего-л.), путём (чего-л.); ◆ uning vositasi bilan при его посредстве; ◆ radio vositasi bilan при помощи радио, по радио; ◆ vosita qilmoq использовать (кого-что-л.) как средство (для достижения цели); ◆ birovni vosita qilmoq прибегнуть к чьему-либо посредничеству; ◆ vosita-ba vosita через посредство ряда лиц.