sadaqa
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]sa-da-qa
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]arab. — xayr, ehson, sadaqa;
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1. Tilanchiga, muhtojlarga beriladigan xayr-ehson. ◆ ..Shoqosim past, ayanchli ovoz bilan bir nimalar soʻzlab, oʻtkinchilardan sadaqa soʻraydi. Oybek, „Tanlangan asarlar.“ ◆ Eshikdan kirib kelgan tilanchi sadaqa soʻradi. "Mushtum".
2. Oluvchi nazarida sadaqa boʻlib tuyuladigan xayr-ehson, pul. ◆ Xotiningiz sizni allaqachon unutibdi, sadaqalaringizga muhtoj emas ekan, deb ayting. S. Ahmad, „Qadrdon dalalar.“ ◆ Oʻtgan kuni pul yuborgan edim, olmabdi. "Menga sadaqa kerak emas, sudga berib, qonuniy aliment olaman", degan emish. A. Qahhor, „Ogʻriq tishlar.“
- Bosh-koʻzidan sadaqa Sarf qilingan pul, yoʻqotilgan yoki birovga berilgan narsa, mol-dunyoga achinmaslikni bildiruvchi ibora. ◆ Puliga tirnoqcha ham kuymasdi, bolalarimning bosh-koʻzidan sadaqa, derdi.. R. Fayziy, „Hazrati inson.“
- Jonim sadaqa (boʻlsin) Birovga cheksiz hurmat-ehtiromni ifoda-lovchi, "siz uchun jonimni ham berishga tayyorman" mazmunida aytiladigan ibora. ◆ Xush kelibsiz, bosh ustiga, sultonim, Sizdan sadaqadir bir shirin jonim! "Shirin bilan Shakar".
- Sadaqa(si) boʻlmoq Kimsaning qurboni boʻlmoq; kimsa yoki narsaga jon fido qilmoq; aylanmoq, oʻrgilmoq. ◆ Dono odamga sadaqa boʻlsang arziydi. Oybek, „Tanlangan asarlar.“
- Sadaqai odam ket ayn. sadqai odam ket q. sadqa. ◆ Anzirat xola Sidiqjonga "Voy, sadaqai odam keting, nahot kishi shunday xotinini, shunday bolani qoʻyib, bu yoqlarda yursa!" deganidan keyin chehrasi ochildi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari.“
- Sadaqasi ketmoq ayn. sadaqa(si) boʻlmoq ◆ Tushungan odamning sadaqasi ketsang arziydi. S. Ahmad, „Qadrdon dalalar.“
Antonimlari
[tahrirlash]САДАҚА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]sadaqa
Tillar
[tahrirlash]- Turkcha: sadaka
OʻTIL
Ruscha ru
sadaqa
1 милостыня, подаяние, подачка; ◆ sadaqa bermoq подавать милостыню; ◆ sadaqa soʻramoq просить милостыню; ◆ xayr sadaqa см. xayr 2;
2 жертва, искупительная жертва (напр. вещь, которую отдают кому-л. по обету); ◆ sadaqang boʻlay (или ketay) (букв. да буду я жертвой за тебя) миленький; миленькая; ◆ sadaqa qilmoq жертвовать; ◆
- sadaqayi sar шут с ним, бог с ним, ладно уж; ◆ sadaqayi odam (ketsin) неодобр. ну и человек.