Kontent qismiga oʻtish

qirmoq

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

qir-moq

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

QIR- ' biror narsaning sirtini tigʻli asbob bilan sidir—', 'tarashla—'. Yangi sabzini archib emas, q i r i b tozalashadi. Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu feʼl asli qïr— tarzida talaffuz qilingan; keyinchalik oʻzbek tilida ï unli — sining qattiqlik belgisi yoʻqolgan: qïr— > qir—.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Narsaning beti(sirti)ni pichoq, kapgir va sh.k. narsa bilan sidir-moq, tarashlamoq. ◆ Oʻzing ham qirib qoʻygan sabziday boʻlibsan. E. Raimov, „Ajab qishloq“ . ◆ ..kapgir bilan qozonni qirar ekan, jerkib: -Hadeb yigʻi toʻgʻrisida gapirmang, — dedi. A. Qahhor, „Asror bobo“ . ◆ ..shundoqqina koʻrina-digan joyiga kimdir mix bilan qirib, "Erkin", deb yozib qoʻyibdi. S. Ahmad, „Saylanma“ . ◆ Sigiringizning qanshariga temiratki chi-qibdi, namakob surkadim, nos surkadim — boʻlmadi, pichoq bilan qirib, kerosin surkash kerakmish. A. Qahhor, „Yangi yer“ .

2 Moʻy-tuklarni oʻtkir asbob bilan tarashlab, tagidan kesib olmoq; shu usulda tozalamoq. ◆ Soch(ni) qirmoq. shya Mahkam aka Sarsenboyning sochini ustarada qira boshladi. R. Fayziy, „Sen yetim emassan“ .

3 Qirgʻich, qoshiq va sh.k. asboblar bilan sidirib maydalamoq. ◆ Turp qirmoq. yaya Yoshshr kabob chaynashyapti, men boʻlsa, qovunni qir-gʻichda qirib yedim. I. Rahim, „Ixlos“ .

4 Koʻplab yoki yoppasiga oʻldirmoq, qir-gʻin qilmoq. ◆ Dushmanni qirmoq. Zararku-nandalarni qirib tashlamoq. sht Bu qon kom desang, yana toʻkaman. Hammasini qiraman. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ Baliqchi qushlar kemiruvchilarni koʻproq qiradi.. "Fan va turmush" .

5 s. t. Koʻplab, koʻp miqdorda yigʻmoq, toʻplamoq, qoʻlga kiritmoq, oʻlja qilmoq. ◆ Bolalar olchani rosa qiribdi. n Gaplariga Karaganda, u bir necha maktabda hisobdan dare berar va.. "pulni kirar edi". P. Tursun, Oʻqituvchi.

Tomogini (yoki halqumini) qirmoq Ioʻ-talib yoki tomoqni xirillatib, keskin ovoz chiqarmoq. U ◆ tomogʻini qirib, gap boshladi. n Saidyuzi oʻtirganlarning dikkatini tor-tish uchun tomok kirib yoʻtaldi. S. Anorboyev, Oqsoy.

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ҚИРМОҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

qirmoq
1 скоблить, соскабливать, скрести; ◆ taxtani pichoq bilan qirmoq скоблить доску ножом; ◆ qoʻy terisini qirmoq скоблить овчину; qirib tozalamoq соскрести (начисто);
2 брить; ◆ soch(ni) qirmoq брить голову; ◆ soqol qirmoq бриться;
3 уничтожать, губить, истреблять; zararli hasharotlarni qirib tashlamoq истреблять вредных насекомых;
4 разг. набрать или собрать большое количество (чего-л.); olchani rosa qirdik мы нарвали много вишни; ◆ 

  • tomoqni qirmoq прочистить горло, прокашляться; u tomogʻini qirib soʻz boshladi откашлявшись, он начал говорить.