Kontent qismiga oʻtish

odam

Vikilugʻatdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

o-dam

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

a. Odamato; inson

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Fikrlash, soʻzlash va mehnat qilish qobiliyatiga ega boʻlgan, shu tufayli boshqa hamma maxluqotdan ustun turuvchi jonli zot; kishi, inson. ◆ Ibtidoiy odam.

2 Kishilik jamiyatining ayrim bir aʼzosi, shaxs. Inson eng yaxwi insondir hudoyim hayvoni birinci yaratgan keyin zerikandan keyin u odamzotni yaratgan keyin u avloddan avlodga õta bowlagan . ◆ yaya Odam taftini odam koʻtaradi deganidek, Nizomjon kelib, uy toʻlib qolgandek boʻldi. S. Ahmad, „Ufq“ . ◆ Avaz oʻzicha oʻylandi: "Bir ulugʻ odamning, bir gʻaribning janozasiga odam koʻp keladi, deganlari rost ekan-da". S. Siyoyev, „Yorugʻlik“ . ◆ Bular bu yerga oʻtirgani kelgani yoʻq, bir odamni qidirib kelishgan. A. Qahhor, „Ogʻaynilar“ . ◆ Bizning Nabigul odam emaye oʻzi! Yosh-da, hali oshna-ogʻaynigarchilikni bilmaydi. A. Qahhor, „Qanotsiz chittak“ .

Odam bolasi (yoki farzandi) 1) odamzod, inson. ◆ Odam bolasining qoʻllari qoʻl holida turganda chiroyli ekan. X. Toʻxtaboyev, „Iillar va yoʻllar“ . ◆ Tavba, xursandchilik odam bolasini nimalar qilmaydi-ya! M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ .; 2) chin insoniy fazilatlarga ega boʻlgan shaxs, chin inson. ◆ Otang bolasi boʻlma, odam bolasi boʻl! Maqol . ◆ yat He, xotin, ular bizni odam bolasi deb kelgan, odamgarchiligimizdan minnatdor boʻlib, xursand boʻlib ketishdi. Shukrullo, „Saylanma“ . Odam boʻlmaslik Tuzalmaslik, shu kuyi qolmoq. ◆ Men sevgan doʻstlarimdan ajraldim, odam boʻlmadim, bu kunimdan oʻlganim yaxshi, deb kayf bilan eshikdan kirib kelib qoldi. Shukrullo, „Saylanma“ . Odam boʻlmoq 1) tarbiyat topib, yaxshi fazilatlarga, chin insoniy xislatlarga ega boʻlmoq. ◆ Har bir ota-ona oʻgʻil va qizining odam boʻlishini, baxt-saodatli hayot kechirishini, turmushi lazzatli boʻlishini istaydi. Gazetadan; 2) koʻchma tuzalib, semirib, yosharib qolmoq. ◆ Tursunboyni koʻrib qoldim, ancha toʻlishib, odam boʻlib qolibdi. "Yoshlik" . Odam qilmoq 1) tarbiyalab, chin insonga, yaxshi fazilat sohibiga aylantirmoq. ◆ Gap shuki, shu kanal, shu muhit meni odam qildi. S. Ahmad, Ufq; 2) koʻchma boqib, tarbiyalab katta qilmoq. ◆ Xudoyqul mening oʻz jigarim, ammamdan qolgan sagʻir. Yetti yoshidan boqib, odam qildim. P. Tursun, Oʻqituvchi; 3) koʻchma tuzatmoq; yaroqli holga keltirmoq. ◆ Tashlandiq "Ural"ni odam qilgan, shu priyomnikni tuzata olmaysanmi? T. Ashurov, „Oq ot“ . Nima degan odam boʻldi Birovning oddida xijolat boʻldi; uyalib qoldi, obroʻsi toʻkildi obroʻsiz boʻldi. ◆ Voy shoʻrim, endi nima qilaman, Rasuljon oldida nima degan odam boʻldim. T. Ashurov, „Oq ot“ .

3 Jamoa xoʻjaligi, oila aʼzolarining har biri; jon. ◆ Odam boshiga besh soʻmdan. Xarajat va daromadlarni odamga qarab taqsimlamoq. m ◆ Hasharga har bir xoʻjalik qirqtadan odam beradi. T. Ashurov, „Oq ot“ .

4 Biror boy-badavlat yoki amaldor kishining xizmatkori yoki tarafdori. ◆ Keyingi yillarda xon odamlari qishloqma-qishloq yurib, koʻproq paxta ekishni talab qilishyapti. S. Siyoyev, „Yorugʻlik“ . ◆ Bundan keyin gaplarimni uqib oling, modomiki men bilan birgasiz, mening odamimsiz, har bir ishni men bilan bahamjihat qiling. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .

5 Oʻzga jamoa yoki oila vakili. ◆ Lekin qizlaridan yashirincha kuyovnikidan odam kelib qolar, deb kutdilar. S. Zunnunova, „Koʻk chiroqlar“ .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ОДАМ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

odam
1 человек; // человеческий; ◆ ibtidoiy odam первобытный человек; ◆ bu qanday odam? что это за человек?; что это за личность?; ◆ odamlarga qoʻshilmoq (или aralashmoq) общаться с людьми; ◆ odamlardan oʻzini chetga olib yurmoq чуждаться людей; ◆ odamning qadr-qiymati человеческое достоинство; ◆ odam ovozi человеческий голос;◆ biror odam кто-либо, кто-нибудь; ◆ har bir odam каждый человек, каждый, всякий; ◆ duch kelgan odam первый встречный, первый попавшийся; ◆ odam boʻlmoq или odamga aylanmoq 1) стать полноценным человеком; 2) перен. поправиться, помолодеть; 3) перен. исправиться, стать хорошим, настоящим (о человеке, животном, вещи); ◆ odam boʻlmaydi его не исправить, он таким и останется; ◆ odam qilmoq 1) сделать человеком, вывести в люди; 2) перен. вырастить, воспитать; 3) перен. исправить, сделать хорошим, настоящим (о человеке, животном, вещи); ◆ odam bolasi или ◆  odam farzandi 1) сын человеческий, человек (вообще); ◆ Tavba, xursandchilik odam bolasini nimalar qilmaydi-ya! (М. Исмоилий, «Фарѓона т. о.») О боже, чего только не сделает с человеком радость!; 2) настоящий человек, истинный человек с хорошими качествами; ◆ otang bolasi boʻlma, odam bolasi boʻl посл. (букв. не будь сыном своего отца, а будь сыном человека) будь настоящим человеком; ◆ odam sanamoq или ◆  odam oʻrnida koʻrmoq считать человеком;
2 человек, лицо, душа (как единица счёта); ◆ odam boshiga на каждого человека, на душу;
3 человек (слуга, челядинец или сторонник, приверженец, зависимый от высшего по положению лица); ◆ Qozi odamlari bilan chiqib ketgandan soʻng, Vali aka minnatdorchilik bilan oʻgʻlining yelkasiga qoqdi (М. Исмоилий, «Фарѓона т. о.») После того как казий со своими людьми ушёл, Вали-ака благодарно похлопал сына по плечу; ◆ ...modomiki men bilan birgasiz, mening odamimsiz, har bir ishni men bilan bahamjihat qiling (Ойбек, «Ќутлуѓ ќон») ...поскольку вы со мной, п��скольку вы мой человек, постольку во всяком деле держитесь солидарно со мной;
4 в знач. мест. 1 л. я (когда человек говорит о самом себе в третьем лице); ◆ odamning jahlini chiqarma не серди меня; ◆ odam sovqotib ketyapti я мёрзну; * Odam Ato рел. Адам; Odam Atodan qolgan оставшийся со времён Адама (т. е. отживший); Odam Ato va Momo Havo Адам и Ева.