oʻynamoq
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]oʻy-na-moq
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]OʻYNA- 'tana, oyoq, qoʻl va qosh-koʻzlarni kuyga mo -nand holda goʻzal harakatlantir-’, 'raqsga tush-’. Yigit-hizlar "Lazgi" kuyiga shavh-zavh bilan oʻ y n a y d i. Bu feʼl qadimgi turkiy tilda oyun otidan -a qoʻshimchasi bilan yasalgan (ЭСТЯ, I, 436; ПДП, 404; DS, 365); qoʻshimcha qoʻshilganidan keyin ikkinchi boʻgʻindagi tor unli talaffuz qilinmay qoʻygan, oʻzbek tilida a unlisi ä unlisiga almashgan: oyun + a = oyuna- > oyna-> oynä-.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 Dam olish, koʻngil ochish maqsadidagi biror erkin ish, mashgʻulot, oʻyin bilan shugʻullanmoq (q. oʻyin 1). ◆ Be-kinmachoq oʻynamoq. Qorboʻron oʻynamoq. yat Shu choq koʻchada oʻynab yurgan qoʻshnisining bolasi Asad kelib qoldi. "Mushtum".
2 Rasmiy ish-vazifalardan xoli holda dam olish, sayr etish kabi holatlarda vaqt oʻtkazmoq. ◆ Sobiraxon, Bahrini ham olib bo-ringlar, oʻynab kelsin.. A. Qahhor, Xotinlar. ◆ Ertalab Yodgor Charos bilan toqqa chiqmoqchi ekanini aytganda, Zoyirjon quvongan edi.. "Yaxshi oʻynab kelinglar", deganini eslab, battar oʻsal boʻldi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
3 Musobaqa tarzidagi sport oʻyini bilan shugʻullanmoq, shunday oʻyinda qatnash-moq (q. oʻyin 2). ◆ Shaxmat oʻynamoq. Bilyard oʻynamoq. Futbol oʻynamoq. n ◆ Mirmurodov dastlabki ikki oʻyinni, ataylab qildimi yo boʻsh oʻynadimi, yutqizdi. "Guldasta".
4 Qimor oʻyinida qatnashmoq (q. oʻyin 3). ◆ -Siz bilan oʻynamasa, kim bilan ham oʻynay-di, — dedi gap ohangini oʻzgartirib [ Turdi-mat choʻtal], — tovva pukkani yeydi, olchi chikkani yeydi degandek, boy bersangiz nima, siz ham yutib yurgansiz. A. Muxtor, Opa-singillar. ◆ Kecha bir oz qarta oʻynab.. Mas-kovdan kelgan bir favurkonchi [fabrikant] oʻrisning toʻrt ming soʻmini yutibman. Oybek, Tanlangan asarlar.
5 Tana, oyoq, qoʻl va qosh-koʻzlarni kuyga muqobil holda harakatlantirmoq; raqs tushmoq (q. oʻyin 4). ◆ Bu juvon tanovarga juda yaxshi oʻynaydi. shsh Rais shavq-zavq bilan oʻynab, davrani bir necha marta kezib chiqqach, pildirab bir aylandi-yu, bexosdan Urmonjonga tashlandi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
6 Sahna asarida biror rolni ijro et-moq. ◆ Gulsun kuyov rolini oʻynar, Xonimbibi Kumush rolida, ikkisining bir-birisiga qa-rab oʻqishgan laparlari barchani kuldirib, ichaklarni uzar darajada. A. Qodiriy, Oʻt-gan kunlar.
7 Nimanidir qoʻlda \arakatga keltir-moq, aylantirmoq va sh.k. ◆ Fotima yerga qa-rab, roʻmoli uchini oʻynab oʻtirardi. T. Ashurov, Ok, ot. ◆ Sharifjon tergan paxtasini changalida oʻynab, goh u, goh bu qizga sovgʻa qilardi. X. Toʻxtaboyev, Felyetondan keyin. ◆ Usmonjon, qoʻlida nimanidir ezgʻilab oʻynab oʻtirgan Adolatga qaradi. S. Zunnunova, Gulxan. ◆ Yormat.. nosqovogʻini oʻynab, yerga ti-kildi. Oybek, Tanlangan asarlar.
8 Birovga ran, soʻz bilan tegishmoq; hazil qilmoq. ◆ Oʻynab gapirsang ham, oʻylab gapir! Maqol. shsh Bugun boʻlsa [ ◆ Kumushning\ oʻynab aytgan soʻzi javobsiz ham qoldiri-lib, bu hol yana uning miyasini qotirdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
9 koʻchma Turli-tuman, shoʻx, yoqimli ha-rakat qilmoq (jonivor va narsalar haqi-da). ◆ Hovuzda baliqlar tiniq suvni toʻlqin-latib oʻynaydi. P. Qodirov, Qora koʻzlar. ◆ Chayqaladi dengiz beorom.. Oq chechakdek koʻ-piklar oʻynar. Gʻayratiy. ◆ Duxoba gullarga du-doq tegizib, Har sahar shabada oʻynab yotadi. Uygʻun . ◆ Belanchak boshida oʻynar parcha nur. A. Oripov.
10 koʻchma Koʻrk, goʻzallik aks ettirib harakatlanmoq, pirpiramoq, dirkillamoq. ◆ Qizning qosh-qovoqlari oʻynaydi. m ◆ Uning [Inobatning].. ozib, kichkina boʻlib qolgan yuzi, uzun kipriklari hayajon bilan oʻynar edi. X. Toʻxtaboyev, Felyetondan keyin. ◆ Laʼ-li paranji-chachvonini oppoq bilagiga tash-lab, sevganiga termilib qolgan; qora atlas koʻylagini turtib chiqqan qabariq koʻkragi bekni telba qilar darajada oʻynab turibdi. H. Gʻulom, „Mashʼal“ .
11 Irgʻishlash, shox tashlash va sh.k. tarz-dagi oʻynoqi harakat qilmoq. ◆ Osmonda ozod qushlar oʻynab-oʻynab parvoz qiladi. S. Siyoyev, Yorugʻlik. ◆ Elligida aygʻir otday oʻynaydi.. "Oysuluv" .
12 koʻchma Qabarib, boʻrtib chiqmoq (mu-shak, tomir kabilar haqida). ◆ Terib qoʻyil-gan yapaloq gʻishtlar ustiga choʻkib, tomir-lari oʻynagan, qaltiroq qoʻliga moʻlgina nos toʻkib, til tagiga otdi. Mirmuhsin, Bir xumcha tilla. ◆ Mashq qilaman har kuni, Mus-kullarim oʻynaydi. Yu. Hamdam.
[Birovning] nogʻorasiga oʻynamoq q. nogʻo-ra. Tuprogʻi oʻynamoq Tuprogʻi koʻp miqdor-da chiqib yotmoq. ◆ Yotoqqa kiraverishdagi tup-rogʻi oʻynab ketgan ensiz yoʻlakning burchagida tagiga zanglagan chelak qoʻyilgan dastshoʻy jami uch xonada istiqomat qiluvchilar uchun xizmat qilardi. S. Karomatov, Oltin qum. Yuragi oʻynamoq q. yurak 1. Qalliq oʻynamoq etn. Rasmiy nikoh toʻyidan avval boʻlajak kelin bilan yashirin uchrashib turmoq.
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]ЎЙНАМОҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]Ruscha ru
oʻynamoq
1 играть; забавляться, развлекаться; hovlida boladar gurpaylashib oʻynab yurishipti резво играют дети во дворе; ◆ bekinmachoq oʻynamoq играть в прятки; ◆ kim oʻzdi oʻynamoq состязаться в беге, бегать наперегонки; ◆ shaxmat oʻynamoq играть в шахматы;
2 танцевать, плясать;
3 гулять, совершать прогулку, прогуливаться; shahar aylanib oʻynab keldik походили по городу, погуляли;
4 играть, крутить, перекидывать (что-л. в руках); polvon tosh oʻynadi силач играл гирями; Sharifjon tergan paxtasini changalida oʻynab, goh u, goh bu qizga sovgʻa qilardi (X. Тўхтабоев, «Фельетондан кейин») Шарифджан, перекидывая в руках собранный хлопок, преподносил его то одной, то другой девушке;
5 играть, шутить, обходиться с кем-чем-л. с шуткой, забавой; oʻynab gapirsang ham, oʻylab gapir посл. если, говоришь даже в шутку (шутя), говори подумавши;
6 перен. играть, переливаться; сверкать; Oy nurlari anhor suvida jilvalanib oʻynamoqda (Ж. Шарипов, «Саодат») Свет луны играл переливами в воде анхора; Hulkarning yonoqlarida ajib bir qizillik oʻynaydi (П. Ќодиров, «Ќора кўзлар») На щеках у Хулькар удивительный румянец; ◆
- rol oʻynamoq играть роль; koʻzi oʻynadi у него глаза разгорелись; yuragim oʻynab ketdi у меня сердце заколотилось, у меня забилось сердце; ◆ musobaqa oʻynamoq соревноваться; koʻzing oʻynasin позавидуй (вот у меня что есть!); birovning nogʻorasiga (или childirmasiga) ◆ oʻynamoq плясать под чужую дудку.