Kontent qismiga oʻtish

mustaqil

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

mus-ta-qil

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

[ arab. - erkin, ozod; tobe boʻlmagan, alohida ]

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Ixtiyori oʻzida boʻlgan; tobe, qaram boʻlmagan. ◆ Mustaqil davlat. ◆ Normuhammad qushbegi Qoʻqondan bosh tovlab, oʻz oldiga mustaqil hukumat eʼlon qilgan boʻldi. A.Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .

2 Oʻzganing yordamisiz yoki rahbarligisiz ish qila oladigan, oʻzicha fikr yurita oladigan, yashay oladigan. ◆ Doʻstlarining jilmaygan yuzlari.. uning [Elmurodning] hech qachon xayoliga kelmagan bir fikrni shivirlayotgandek boʻldi: "Biz endi jiddiy va mustaqil odamlarmiz".. deyayotganday tuyuldi. P.Tursun, „Oʻqituvchi“ . ◆ Endi u oʻzini mustaqil hayot yoʻliga qadam qoʻygan mustaqil bir kishi deb hisobladi. S.Ahmad, „Hukm“ .

3 Faqat oʻziga taalluqli, oʻzgalar ishtirokisiz, taʼsirisiz boʻladigan. ◆ Oʻzining qiziqib, mustaqil shugʻullanishi natijasida bu tilni oʻqituvchisi bilan gaplasha oladigan darajada bilib oldi. Mirmuhsin, „Umid“ . ◆ Mening gapim shu: mustaqil fikringiz boʻlsa, yana oʻylab koʻring. R.Fayziy, „Choʻlga bahor keldi“ . ◆ ..uchala shogirdidan ham mingdan-ming rozi ekanini aytdi, endi mustaqil ish qilaverishlaringiz mumkin, deb fotiha ham berdi. Mirmuhsin, „Meʼmor“ .

Mustaqil soʻz Lugʻaviy maʼnoga, nomlash vazifasiga ega, yaʼni predmet, belgi, harakat kabilarni nomlaydigan yoki unga ishora qiladigan va gapning mustaqil boʻlagi vazifasida kela oladigan soʻzlar. ◆  gul, chiroyli, sayramoq, besh, bu, qachon soʻzlari mustaqil soʻzlardir.

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

МУСТАҚИЛ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

Sifat

[tahrirlash]

mustaqil

mustaqil
самостоятельный, независимый; // самостоятельно, независимо; ◆ ~ ish самостоятельная работа; ◆ ~ mamlakatlar независимые страны; ◆ ~ ravishda самостоятельно, независимо; ◆ ~ yashamoq жить самостоятельно.