Kontent qismiga oʻtish

gard

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

gard

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

GARD Bu ot asli 'kichray-' maʼnosini anglatadigan tojikcha gardidan feʼlining (ТжРС, 98, 100) gard hozirgi zamon asosiga teng; otlashib 'chang', 'kukun', 'zarra' maʼnosini anglatadi (ТжРС, 98; OʻTIL, I, 166).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

fors. — chang, gʻubor; kukun;

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1. Chang, un, koʻmir kabilarning yuqi. ◆ Un gardi. ◆ Tegirmonga kirganning kiprigiga gard ilashadi. Shukrullo, „Javohirlar sandigʻi.“ ◆ U doʻl tagida shoʻx aylanayotgan yalpoq katta tosh atrofidagi un gardlarini sidirar, tegirmon toshining gʻuv-gʻuvida hech narsa eshitilmasdi. Sh. ToshmatovErk qushi.

2. koʻchma Dogʻ, nuqson. ◆ Muborak nomiga gard yuqtirmay yashamoq.

3. koʻchma Zarra, belgi, asar, nishon. ◆ Roʻparamda chordona qurib oʻtirgan bu ajoyib moʻysafidning boshiga yillar oppoq gardini ayamay toʻkibdi-yu, lekin vujudini soʻndirolmabdi. A. Hasanov, „Yasharish.“ ◆ Qoʻshiqchi anglab shu chogʻ Temiroxun dardini, Chehrasiga oʻrnashgan Qaygʻu, kulfat gardini. Gʻayratiy.

Oʻziga gard yuqtirmaslik Oʻz obroʻsiga dogʻ tushirmaslik. ◆ Hamma hayron: oʻziga gard yuqtirmaydigan, gap tegizmaydigan abjir qiz negadir shuncha mazaxlarga chidab, indamay yuribdi? Gazetadan. ◆ Otam umrining oxirigacha oʻz shaʼniga, oilasi shaʼniga gard yuqtirmaslik, odamlardan dakki-dashnom eshitmaslik uchun intilgan. H. Nosirova, „Men oʻzbek qiziman.“

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ГАРД. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

gard
пыль, прах; пылинка; ◆ koʻmir ~i угольная пыль; ◆ tegirmonning ~i мучная пыль, осевшая на мельнице; ◆ ~ bosgan запылённый, покрытый пылью; ◆ ~ yuqtirmoq запачкать, испачкать; ◆ ~ yuqtirmaslik 1) не допускать, чтобы (что-л.) покрылось пылью; не допускать, чтобы (что-л.) запачкалось; 2) перен. сохранять своё честное имя; не давать запятнать своё имя; не давать себя чернить.