Kontent qismiga oʻtish

bezovta

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

be-zov-ta

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Odatdagi oromi, tinchi buzilgan, hayajon va iztirobga tushgan; halovati yoʻqolgan, betinch, gʻash.◆  Madamin bu yerdan chiqib, yana bezovta joniga malham qidirdi. P. Tursun, Oʻqituvchi.◆  Qishyuq koʻcha-lari jimjit, faqat hovlilarda nima-dandir bezovta boʻlib itlar hurishadi. M. Ismoiliy, Fargʻona t.o.◆  Qizni bezovta qilmay, deganday oʻrnini osoyishta yigʻib, hovliga tushdi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi.

2 Tinchligi buzilgan; notinch.◆  \Joʻra:\ Qoʻrboshi aka, necha yildan beri zamona bezovta. I. Sulton, Burgutning parvozi.◆  Bu yerning oʻjar tabiatiga, gʻildirak ustidagi bezovta turmushga u tez koʻnikdi. Gazetadan ◆ Yana Norin suvi bezovta chayqaldi. S. Ahmad, Ufq.◆  Bezovta shamol birdaniga kuchayib, qora bulut pardasini surib keldi. M. Qoriyev, Qiz uzatib borganda.

3 Halovati yoʻq; betoqat, beorom.◆  Bola tuni bilan bezovta boʻlib chiqdi. m ..qish-loqda tabiblik qilib yurgan vaqtlarida bunday bezovta betoblarni koʻp koʻrgan. I. Rahim, Chin muhabbat.

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

БЕЗОВТА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

bezovta

bezovta
1
беспокойный, обеспокоенный, неспокойный, тревожный, встревоженный;
2 хлопотливый, полный забот; ◆ bezovta boʻlmoq 1) беспокоиться, быть обеспокоенным, встревоженным; 2) хлопотать, заботиться (о чем-л.); 3) испытывать беспокойство (от неудобства или боли); ◆ bezovta qilmoq 1) беспокоить (кого-л.) тревожить (кого-л.); 2) доставлять хлопоты (кому-л.); ◆ kechirasiz, bemahalda sizni bezovta qildim извините, что я побеспокоил вас в такой поздний час; 3) беспокоить, причинять неудобство или боль; ◆ chivin bezovta qilmayaptimi? комары не беспокоят (вас)?; ◆ uni uyqudan bezovta qilmang не прерывайте его сон; не мешайте ему спать;
3 беспокойный человек, непоседа.