Kontent qismiga oʻtish

ajdar

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

aj-dar

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

AJDAR Bu ot ТжРСda achdar shaklida ham, achdarho shaklida ham keltirilib, ajdarho shakliga qarang deyilgan. Demak, asosiy shakl deb ajdarho taʼkidlanib, oʻsha yerda maʼnosi "дракон, чудовище, сказочная огромная змея” deb izohlangan (19). OʻTILga bu ot "[f-t]" taʼkid bilan ajdar shakli asosiy deb kiritilgan, maʼnosi shu yerda izohlangan; quyiroqda ajda(r)ho [f-t\ taʼkidi bilan keltirilib, bosh maʼnosiga "aynan ajdar" izohi berilgan (I, 28). Demak, oʻzbek tilida bu ot ajdar, ajdarho, ajdaho shakllarida ishlatilishi taʼkidlangan; asosiy shakl deb tojik tilidan farqli holda ajdar shakli tanlangani toʻgri boʻlgan, chunki ajdarho shakli ajdar shakli asosida yuzaga kelgan. Ajdarho shakli tarkibidagi -ho qismi asli tojikcha koʻplik qoʻshimchasi boʻlib (ТжРС, 536), bu yerda mubolaga maʼnosini ifodalash uchun ishlatilgan. Ajdarho shakli tarkibidagi r tovushini talaffuz qilmaslik tojik tilida voqe boʻlgan. Bu otning bosh maʼnosi oʻzbek tilida ham 'bahaybat ilon boʻlib, kaltakesakning bir turiga nom sifatida keyinchalik koʻchirilgan. Oʻzbek tilida itogʻiz oʻsimligiga nom shu otga gul otini qoʻshib hosil qilingan (ajdargul). Ochofat maʼnosini anglatish uchun bu otga arabcha nafs otini (АРС, 818) qoʻshib ajdarnafs sifati tuzilgan. Oʻzbek tilining tovushlar tizimida asli sirgʻaluvchi j tovushi yoʻq, ajdar kabi bir necha olinmalar tarkibida uchraydi. Shunga koʻra oʻzbek soʻzlashuv tilida bu sirgʻaluvchi tovush ch portlovchi tovushuga almashtiriladi.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

\f. jjjl

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]
  1. Afsonaviy katta ilon. ◆ Oʻrtancha botir qarasa, gʻordan boshi xumday, uzushigi xariday ajdar chiqib kelayotgan emish. "Chalpak yoqqan kun ".
  2. Kaltakesakning daraxtlarda yashovchi, uchishga moslashgan, Janubiy Osiyoda tarqalgan turi.

Sinonimlari

[tahrirlash]
  1. ajdarho

Antonimlari

[tahrirlash]

Tarjimalari

[tahrirlash]
  • Ruscha ru : миф. дракон.

ajdar
миф. дракон.