Xusrav Dehlaviy
Qiyofa
Xusrav Dehlaviy | |
Vikipediyadagi maqola | |
Vikiombordagi fayllar |
Xusrav Dehlaviy (toʻliq ismi Yaminiddin Abdulhasan) (1253-yil, Patyoli – 1325-yil 27-sentyabr, Dehli) – hind shoiri, adabiyotshunosi va bastakori.
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Iqtiboslar
[tahrirlash]A
[tahrirlash]- Agar pinhon xazina – aql,
Uning kaliti ogʻizdagi til[1]. - Aqal bir mushukka boʻlsang mehribon,
Demak salomatdir sendagi iymon[1]. - Aslida shundaydir gumbazi jahon,
Qaytarar har nima deganing zamon[1].
B
[tahrirlash]- Bil, oyoq ostingda yurgan chumoli,
Bir donga garovdir yuz joni-holi[1]. - Bu eski olamda aylagʻil bunyod —
Bir narsaki, xalqing etsin seni yod[1]. - Bu charxga etdilar juda koʻp nazar,
Ip uchi hech kimga boʻlmay muyassar[1].
D
[tahrirlash]- Daraxt oʻrniga gar eksang tikan,
Shunday tikan ekki, gul bersa ekan[1]. - Dema: mingni jangda qirib tashlayin,
Qani, bittaga jon beru mard deyin[1]. - Doʻstlaring koʻpayar farovonlikda,
Ularni sinab koʻr notavonlikda[1].
G
[tahrirlash]- Gul atri mushknikidan ortiqroqdir,
Qurib qolsa xashakdan farqi yoʻqdir[1]. - Goʻshtni kesar tigʻ koʻp olamda, bilgʻil,
Lek goʻshtdan boʻlgan tigʻ – bir zahri qotil[1].
H
[tahrirlash]- Hech kim koʻtarilib boʻlolmas rahbar,
Agar u boʻlmasa raiyatparvar[1].
I
[tahrirlash]K
[tahrirlash]- Karga aytmoq boʻlsang siringni toza,
Avval boshqalarga boʻlur ovoza[1]. - Kim ari nishiga qilolmas toqat,
Asalni koʻradi uzoqdan faqat[1]. - Kishi farosatda qancha nogiron,
Aybini oqlashda shuncha bilagʻon[1].
M
[tahrirlash]- Mumkinmi chivinni qilichda chopmoq,
Sher nechuk pashshaga urgay shapaloq?![1]
O
[tahrirlash]- Olamda kun yoʻqki bilmasa zavol,
Abadiy qolmaydi bu husnu jamol[1]. - Ochlikda qolmasa chidam va toqat,
Baʼzan arpa non ham koʻrinar novvot[1].
P
[tahrirlash]- Pinhon tutsang yoʻqolur,
Bersang oʻzingda qolur[1].
S
[tahrirlash]T
[tahrirlash]- Tok sharob beradi gʻoʻradan keyin,
Buta gul ochadi gʻunchadan keyin[1].
V
[tahrirlash]X
[tahrirlash]- Xaloyiq ogʻzini yopmoqdan chunon,
Dengiz uzra koʻprik yasamoq oson[1]. - Xasis xazinaga yetishsa nogoh,
Hirsidan yoʻlini yoʻqotar gumroh[1].
Y
[tahrirlash]- Yuz yil tegirmon charx aylanganda ham,
Daryodan boʻlurmi bir qatra suv kam?![1]
Oʻ
[tahrirlash]- Oʻtib ketgan yilingdan top-chi bir kun,
Bugun qaytib kelurmu kechagi kun?![1]
Ch
[tahrirlash]- Chin olim hiyladin uzoqdir, uzoq,
Nurning oʻz soyasi boʻlmaydi hech choq[1]. - Chumolini choʻqib qirar qirgʻovul,
Oxir qarchigʻaydan oʻz holi mushkul[1].