Oʻzbek maqollari
Qiyofa
Maqol — xalq ogʻzaki ijodi janri; qisqa va loʻnda, obrazli va obrazsiz, grammatik va mantiqiy tugallangan maʼnoli hikmatli ibora, chuqur mazmunli. Muayyan aniq shaklga ega. Maqollarda avlod-ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuygʻulari, ijobiy fazilatlari mujassamlashgan. Asrlar mobaynida xalq orasida sayqallanib, ixcham va sodda poetik shaklga kelgan.
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
Maqollar
A
- Aytar soʻzni ayt, aytmas soʻzdan qayt.
- Aytilgan soʻz – otilgan oʻq.
- Andishaning oti qoʻrqoq.
- Arpa ekkan arpa oʻrar, bugʻdoy ekkan bugʻdoy.
- Arpaning doni boʻlguncha, bugʻdoyning somoni boʻl.
- Arqogʻini koʻrib boʻzini ol, onasini koʻrib qizini ol.
- Afting qiyshiq boʻlsa, oynadan oʻpkalama.
- Aqlli oʻzini ayblar, aqlsiz doʻstini..
- Avval oʻyla, keyin soʻyla.
B
- Bir kattaning gapiga kir, bir kichikning.
- Bir kun tuz ichgan joyinga qirq kun salom ber.
- Birovni ustidan kulmagin zinhor, sening ham ustingdan kuladiganlar bor.
- Birovga choh qazisang, oʻzing tusharsan.
- Birovga oʻlim tilaguncha, oʻzinga umr tila.
- Bolaga ishga buyur, orqasidan oʻzing yugur.
- Boshinga qilich kelsa ham rost soʻzla.
- Buqdan qoʻrqqan tezak yopmaydi.
- Bukrini gʻor tuzatadi.
- Bir mayizni qirq kishi yer.
- Birniki mingga mingniki olamda.
- Bulbul chamanni sevar,
Odam — Vatanni.
D
- Dangasaga ish buyursang, otangdan ortiq nasihat qiladi.
- Dangasaga ish buyursang, senga aql oʻrgatar.
- Dangasaning ishi bitmas, yoz kelsa ham qishi bitmas.
- Danagidan magʻizi shirin.
- Darding boʻlsa boʻlsin, qarzing boʻlmasin.
- Devor tagida gapirma, devorning ham qulogʻi bor.
- Dehqon boʻlsang shudgor qil, mulla boʻlsang takror qil.
- Dunyoni suv bossa, toʻpigʻiga ham chiqmaydi.
- Dushmanga joningni bersang ham, siringni berma.
- Dushmanning kulgani – siringni bilgani.
- Doʻst achitib gapirar, dushman – kuldirib.
- Doʻst boshga boqar, dushman oyoqqa.
- Doʻst boshga kulfat tushganda sinaladi.
- Doʻst soʻzini tashlama, tashlab boshing qashlama.
- Doʻstim deb siringni aytma, doʻstingning ham doʻsti bor.
- Doʻsting uchun zahar yut.
- Doʻstsiz boshim – tuzsiz oshim.
E
- Egilgan boshni qilich kesmas.
- Ezgulikning erta kechi yoʻq.
- El ogʻziga elak tutib boʻlmas.
- Elakka chiqqan xotinning ellik ogʻiz gapi bor.
- Elchiga oʻlim yoʻq.
- Er yigitning uyalgani – oʻlgani.
- Er xotinning urushi – doka roʻmolning qurishi.
- Ering suydi – eling suydi.
- Erning soʻzi bitta.
- Eru xotin – qoʻsh hoʻkiz.
- Esingning borida etagingni yop.
- Eshakning mehnati halol, goʻshti harom.
F
- Falokat oyoq ostida.
- Farzand bilan davlatning erta-kechi yoʻq.
- Farzandiga otaning mehri ketmoncha boʻlsa, onaning mehri osmoncha bor.
- Faqir kishi panada.
G
- Gul oʻssa – yerning koʻrki, qiz oʻssa yurtning.
H
- Har qush uyasida koʻrganini qiladi.
- „Hayt“ degan tuyaga mador.
- Hazil, hazilning tagi zil.
- Hur gulning isi boshqa.
- Har yerni qilma orzu, har yerda ham bordir toshu torozu.
- Har kallada har hayol.
- Har kim ekkanini oʻradi.
- Har kimniki oʻziga, oy koʻrinar koʻziga.
- Har toʻkisda bir ayb.
- Haqiqat egiladi, ammo sinmaydi.
- Hisobli doʻst ayrilmas.
- Hovli olma, qoʻshni ol.
- Hunar – hunardan unar.
- Hunarli kishi och qolmas.
- Husn toʻyda kerak, aql kunda.
I
- Ignadek joydan tuyadek sovuq kiradi.
- Ignachining ming urgani, temirchining bir urgani.
- Ikki yorti – bir butun.
- Ikki kemaga oyoq qoʻygan gʻarq boʻlur.
- Intilganga tole yor.
- It hurar, karvon oʻtar.
- Ish bilganga bir tanga, gap bilganga ming tanga.
- Ish bor yerda xato bor.
- Ish ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar.
- Ishongan togʻda kiyik yotmas.
- Ishonmagin doʻstingga, somon tiqar poʻstingga.
J
- Janjalli uyda baraka boʻlmas.
- Jahl kelsa, aql ketar.
- Joyimiz tor boʻlsa ham, koʻnglimiz keng boʻlsin.
K
- Kambagʻal boʻlsang koʻchib boq.
- Kambagʻalni tuyaning ustida ham it qopadi.
- Kamtarga kamol, manmanga zavol.
- Kasalini yashirsang, istimasi oshkor qiladi
- Katta arava qayoqdan yursa, kichik arava ham oʻsha yoqdan yuradi.
- Kemaga tushganning joni bir.
- Kengga keng dunyo, torga tor dunyo.
- Kerakli toshning ogʻirligi yoʻq.
- Kim tabib – boshidan oʻtgan tabib.
- Kuch – birlikda.
- Koʻz qoʻrqoq, qoʻl botir.
- Koʻp gap eshakka yuk.
- Koʻpdan quyon qochib qutulmas.
- Koʻr koʻrni qorongʻuda topadi.
- Koʻr hassasini bir marta yoʻqotadi.
- Koʻrpangga qarab oyoq uzat.
- Kambagʻal don topmaydi, don topsa idish topmaydi
L
- Laylakning ketishiga boqma, kelishiga boq.
- Laqmaning kallasi, tarozuning pallasi.
M
- Mard maydonda sinalar.
- Maqtanganning uyiga bor, kerilganning toʻyiga bor.
- Mehmon kelar eshikdan, rizqi kelar teshikdan.
- Mehmon otangdan ulugʻ.
- Mehnatning tagi rohat.
- Ming marta eshitgandan, bir marta koʻrgan yaxshi.
- Minnatli oshdan, beminnat musht yaxshi.
- Mol achchigʻi – jon achchigʻi.
- Mugʻombir oʻz tumshugʻidan ilinar.
N
- Nima eksang shuni oʻrasan.
- Nodon doʻstdan, ziyrak dushman yaxshi.
- Nomi ulugʻ – suprasi quruq.
- Nomus oʻlimdan kuchli.
- Non ham non, ushogʻi ham non.
- Nafsi gʻolib hayitda oʻladi.
- Nimani hor qilsang shunga zor boʻlasan.
T
- Taom lazzati tuzida odam lazzati tilida.
O
- Oltin olma duo ol, duo oltin emasmi?