Kontent qismiga oʻtish

Ateizm

Vikiiqtibosdan olingan
Siz uchun men ateistdirman, biroq, Xudo uchun men muxolifatchiman. — Woody Allen, Stardust Memories (1980-yil)
Men ateist emasman. Men o'zimni panteist deb ta'riflay olamanmi, bilmayman. Muammo bizning cheklangan ongimiz uchun juda katta. Inson ongi qanchalik yuksak tayyorgarlikka ega bo‘lmasin, koinotni idrok eta olmaydi. — Albert Einstein, Einstein: His Life and Universe (Walter Isaacson asari)
Mening dinim yoʻq va baʼzida men barcha dinlarning dengiz tubida yotishini xohlayman. Mamlakatni boshqarish uchun dinga ehtiyoj sezgan hukmdor zaifdir. Bu oʻz xalqini zindonda saqlashdek gap. — Mustafa Kemal Atatürk

Ateizm xudoning mavjudligiga ishonchning yoʻqligidir. Shuningdek, teizmni inkor etuvchi har qanday dunyoqarashga ham ateizm deyiladi, lekin bu nooʻrin, zero bunday dunyoqarash nonteizm deb atalib, ateizmdan farqlanishi mumkin. Barcha ateistlar dinsizdir, degan fikr ham mutlaq toʻgʻri emas, baʼzi dinlar (buddizm kabi) „xudo“ tushunchasiga muhtoj emas, demakki shunday dinlarga mansub shaxslar ham ateist, deyilishi mumkin.

Ateizm haqida iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Xudo doim kuchli qoʻshinlar tomonidadir.
    • Voltaire, François-Louis-Henri Lerichega yozilgan xatidan parcha (1770-yil 6-fevral)
    • Shuningdek, 1735—1750-yillar orasida topilgan kundaligida yozilgan: On dit que Dieu est toujours pour les gros bataillons (asl matn)
  • Xudodan jannat uchun yoʻl soʻramang. Yoʻqsa, u sizga eng qiyin yoʻlni koʻrsatadi.
  • „Handaqda ateist topolmaysiz“ argumenti ateizmga emas, handaqlarga qarshi argumentdir.
  • Dunyoviy maktablar yaramaydi, chunki ularda diniy taʼlim yoʻq, zero diniy asossiz berilgan maʼnaviy ozuqa pufakdan qurilgan inshoot kabidir; demak, barcha taʼlim-tarbiya eʼtiqodga suyanishi lozim; biz eʼtiqodli odamlarga muhtojmiz.
    • Adolf Hitler, 1933-yil 26-aprelgi nutqidan The German Churches Under Hitler. Detroit: Wayne State University Press, (241-bet).
  • Bu gipotezaga ehtiyoj yoʻq.
  • Odamsimon Xudo gʻoyasi menga antropologik konsept kabi tuyulayapti, men esa buni jiddiy qabul qila olmayman.
    • Albert Einstein, „Din va sanʼat“, New York Times jurnali (1930-yil 9-noyabr).
  • Men uchun xudo soʻzi inson zaifliklari ifodasidan boshqa narsa emas. Injil muqaddasdir, ammo baribir ibtidoiy afsonalar toʻplamidan boshqa narsa emas. Undagi gaplar juda bolalarcha yozilgan. Qanchalik nozik boʻlmasin, hech qanday talqin mening bu boradagi fikrimni oʻzgartira olmaydi.
  • Mening dinim yoʻq va baʼzida men barcha dinlarning dengiz tubida yotishini xohlayman. Mamlakatni boshqarish uchun dinga ehtiyoj sezgan hukmdor zaifdir. Bu oʻz xalqini zindonda saqlashdek gap.
    • Mustafa Kemal Atatürk. Otaturkdan , Andrew Mangoning The Biography of the founder of Modern Turkey kitobida Atatürkdan iqtibos. (1928-yil)
  • Xudoning quvvati cheksizdir, u nimaiki istasa, albatta boʻlgay; Biroq na odam, na boshqa biror hayvon baxtli emas; demak u hech kimga baxt tilamaydi. Epikurning qadimgi savoli hamon javobsiz. Xudo yovuzlikni ham yenga olib, ham uni yengishni istaydimi? U holda yovuzlik nega mavjud?
  • Har bir qishloqda mash’ala bor: Oʻqituvchi. Oʻt oʻchirgich ham bor: Ruhoniy.
  • Xudo sir-sinoatlarni izohlash uchun ixtiro qilingan. Xudo doim siz anglamaydigan narsalarni izohlash uchun toʻqib kelingan. Lekin siz baʼzi narsalarning qanday ishlashini bilib olganingizdan soʻng, Xudoni qonunlar bilan almashtira boshlaysiz; unga ehtiyoj sezmaysiz. Lekin unga boshqa sir-sinoatlarni izohlash uchun muhtoj boʻlasiz. Shu asnoda, siz uni olamning yaratuvchisi sifatida tan olib qolaverasiz, chunki haligacha biz bilmaydigan narsalar koʻp. Bu olam sirlarga toʻladir. Siz Xudoga fan allaqachon izohlagan, ammo siz bu izohlarni tushunmaydigan paytlarda „murojaat etasiz“. Masalan ruhiyay, hayot davomiyligi, oʻlim va hk. Xudo doim siz tushunmaydigan narsalar bilan bogʻliq boʻladi.
  • Fanning eng katta ijtimoiy vazifalaridan biri odamlarni irim-sirimdan ozod etishdir.
    • Steven Weinberg, Facing Up: Science and Its Cultural Adversaries kitobi, 242-bet (2001-yil)
  • Din inson shaʼnini haqoratlaydi. U boʻlsa ham, boʻlmasa ham yaxshi odamlar yaxshilik qiladi, yomon odamlar esa yomonlik. Lekin din yaxshi odamlarni yomonlik qilishga unday oladi.
    • Steven Weinberg, The Value of Science kitobidan (1955-yil)
  • Madaniyatimiz qarshisida turgan buyuk illat bu yakkaxudolikdir. Eski Ahd deb nomlangan bronza davri vahshiy kitobidan uchta antiinsoniy dinlar — yahudiylik, xristianlik va islom paydo boʻldi. Bular osmon xudosi dinlari. Ular tom maʼnoda patriarxaldir. Ularning fikrcha Xudo Qodir Otadir. Bu kabi fikrlar ortidan Xudosining yer ustidagi vakillari tomonidan 2000 yil davomida koʻplab mamlakatlarda ayollardan nafratlanib kelishmoqda. Osmon xudosi rashkchi xudo, albatta. U yer yuzidagi hammadan toʻliq itoatkorlikni talab qiladi. Chunki u faqat bir qabila uchun emas, balki butun insoniyat uchun oʻzini boshliq deb biladi. Uni rad etganlar oʻz manfaati uchun iymon keltirishi yoki aksi boʻlgan taqdirda oʻldirilishi kerak. Oxir oqibatda, totalitar tuzumlar osmon xudosining maqsadiga xizmat qila oladigan yagona siyosat turiga aylanib qolishdi.
  • Odamlar fan diniy qarashlarni yemirishi mumkin, deb xavotirlanib kelishgan. Jin ursin, menimcha ular haq edilar. U diniy qarashlarni yemirarkan va yaxshi narsa ekan.
Wikipedia
Wikipedia
Vikipediyada tegishli maqola bor: