Kontent qismiga oʻtish

Odra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Oderdan yoʻnaltirildi)
Odra
Tavsif
Uzunligi 854[1] va 742[1]
Suv sarfi 480 m³/s
Joylashuvi
Davlat Polsha, Chexiya va Germaniya
Odra


Odra, Oder (chex va polyak tilida Odra, nemis tilida Oder, lotin tilida Viadrina) – Gʻarbiy Yevropadagi daryo. Chexiyadagi Odra togʻlaridan boshlanadi, soʻngra Polsha hududidan oqadi. Odraga Nisa-Lujitska daryosi qoʻshilgan joydan Grifino shahargacha Polsha va Germaniya oʻrtasida chegara vazifasini oʻtaydi. Boltiq dengizining Shchetsin qoʻltigʻiga quyiladi. Uzunligi 854 km, havzasining maydoni 119 ming km² ga yaqin. Nisa-Lujitska daryosi quyilgan joydan boshlab keng (eni 200 m dan ziyod) va sersuv. Quyi qismida 2 tarmoqqa boʻlingan. Qor va yomgʻirdan toʻyinadi. Quyilish joyida suv sarfi oʻrtacha 565 m³/sek. Elba va Visla daryolari bilan kanallar orqali tutashgan. Odra boʻyida Opole, Vrotslav, Shchetsin shaharlari joylashgan[2].

Odra, Oder (chex va polyakcha Odra; nem. Oder) – Gʻarbiy Yevropadagi daryo. Chexiyadagi Sharqiy Sudet togʻlaridan boshlanadi, soʻngra Polsha hududidan oqadi. Odraga Nisa-Lujitska daryosi qoʻshilgan joydan Grifino shahrigacha Polsha va Germaniya oʻrtasida chegara vazifasini oʻtaydi. Boltiq dengizining Shchetsin qoʻltigʻiga quyiladi. Uzunligi 891 km, havzasining maydoni 149 ming km² ga yaqin. Nisa-Lujitska daryosi quyilgan joydan boshlab keng (eni 200 m dan ziyod) va sersuv. Quyi qismida 2 tarmoqqa boʻlingan. Qor va yomgʻirdan toʻyinadi. Quyilish joyida suv sarfi oʻrtacha 580 m³/sek, maksimali 3000 m³/sek. Dengiz yiliga 16 km3 suv keltiradi. Bahorda sersuv. Qish sovuq kelgan yillari muzlaydi. Odraning qu-yilish joyidan Kozle shahrigacha yirik kemalar qatnaydi. Elba va Visla da-ryolari bilan kanallar orqali tutashgan. Odra boʻyida Ostrava, Opole, Vrotslav, Shchetsin, Frankfurt Oder shaharlari joylashgan.[3]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 (unspecified title)
  2. Odra. Encyklopedia PWN.
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil