Xevi-metal
Heavy metal | |
---|---|
Uslubiy ildizlari: | Psixedelik rock Blues-rock Hard rock |
Madaniy ildizlari: | 1960-yillar oxiri, Birlashgan Qirollik va AQSh |
Xos cholgʻu asboblari: | Gitara - Bas gitara - Barabanlar - Klavishlar (baʼzan) |
Mashhurligi: | Butunjahon, ayniqsa1980-larda. |
Ostjanrlari | |
Avant-garde metal - Black metal - Classic metal - Death metal - Doom metal - Folk metal - Glam metal - Gothic metal - Groove metal - NWOBHM - Post-metal - Power metal - Progressive metal - Speed metal - Symphonic metal - Thrash metal - Viking metal | |
Fusion janrlar | |
Alternative metal - Christian metal - Crossover thrash - Funk metal - Grindcore - Industrial metal - Metalcore - Nu metal - Rapcore- Granj | |
Mintaqaviy sahnalar | |
Gothenburg - Bay Area | |
Aloqador mavzular | |
Fashion - History - Bands - Umlaut - Blast beat |
Heavy metal (baʼzida shunchaki metal) 1960-yillar oxiri va 1970-yillar boshlarida paydo boʻlgan rok-musiqaning bir janridir. Ildizlari blues-rock va psixedelik rockga borib taqaladi. Qalin, ogʻir tovushli gitara va dovullar qoʻllanishi, tezlashgan distortion va gitara sololari bilan xarakterlanadi.
Heavy metal dunyo boʻylab „metalheadlar“ yoki „headbangerlar“ degan muxlislariga ega. Led Zeppelin va Black Sabbath kabi ilk heavy metal guruhlari keng ommani jalb etgan boʻlsa-da, oʻz davrlarida tanqidga uchragan edilar. 1970-yillar oʻrtalarida Judas Priest guruhi janrni blues taʼsiridan chiqarib, oyoqqa turgʻizdi; Britan Heavy Metal Yangi Toʻlqini boshlandi, bunda u punk rock kabi tez ohanglarni ishlatishga oʻtdi.
Heavy metal 1980-yillarga kelib mashhur boʻlib, ostjanrlari koʻpayib ketdi. Ekstremal metal janrlari underground klublarda qoʻyilardi; glam metal va thrash metal kabi boshqa janrlari esa pop-madaniyat qismiga aylana bordi. So��nggi yillarda bu ostjanrlar orasiga new metal, alternative metal kabilar ham qoʻshildi.
Xarakteristikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Heavy metal odatda baland gitara effektlari, keskin ritmlari, qalin baraban ovozlari hamda energetik vokal tovushlari bilan tavsiflanadi. Metal ostjanrlari u yoki bu sifatlarni kuchaytirib, boshqalarini kamaytirib, xilma-xillik hosil qilishadi. Odatiy heavy metal guruhi dovulchi, bassist, ritm gitarachi, bosh gitarachi va xonandadan iborat boʻladi.