Ayshaxon Qoʻchqorova
Oyshaxon (Ayshaxon) Qo'chqorova | |
---|---|
Ayshaxon Qo'chqorova | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
26-iyul 1941-yil Namangan viloyati Namangan shahri |
Fuqaroligi |
SSSR → Oʻzbekiston |
Millati | o'zbek |
Bolalari | 2 nafar |
Taʼlim | Andijon davlat tibbiyot instituti |
Kasbi | Shifokor, akusher-ginekolog |
Dini | Islom |
Maʼlumoti | Oliy |
Unvoni |
Oyshaxon (Ayshaxon) Qoʻchqorova (26-iyul, 1941-yil, Namangan shahri, Namangan viloyati, O'zbekiston SSR, SSSR) – oliy toifali vrach (shifokor), akusherlik va ginekologiya – tibbiyot sohasining fidoiy vakili. Oʻzbekiston qahramoni oliy unvoni (1996) sohibasi. O'zbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimining nomdor vakillaridan biri.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tarjibali ginekolog hamda akusher boʻlmish sobiq shifokor Oyshaxon Qoʻchqorova 1941-yilning 26-iyul sanasida Namangan viloyatining markazi – Namangan shahrida tavallud topgan. Oʻrta maktabni tamomlagach tibbiyot sohasiga qiziqishi hamda intiluvchanligi sababli Andijon davlat tibbiyot institutiga oʻqishga topshiradi. Imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtgan holda, 1958-yilda, oʻqishga qabul qilinadi. 6 yillik taʼlimdan soʻng, 1964-yilda ushbu institutni tamomlaydi hamda oʻz ona shahriga qaytib keladi[1].
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oyshaxon Qoʻchqorova oʻz faoliyatini, institutni tamomlagandan soʻng, 1964-yilda Namangan shahridagi 2-xonli shifoxonoda terapevt mutaxassisligi boʻyicha internatura oʻtishdan boshlaydi. Keyinchalik, 1966—1984 yillar oraligʻida shahardagi 2-tugʻruqxonada vrach akusher-ginekolog boʻlib faoliyat yuritadi. Bu yillar uning uchun chinakam tajriba maktabi boʻlib xizmat qiladi. Oʻz ishiga sadoqati, halolligi, shirinsuxanligi bois xalq orasida obroʻ topadi, „qoʻli yengil doktor“ sifatida taniladi[1]. Ushbu davr mobaynida u oddiy shifokor darajasidan tugʻruqxona mudiri lavozimiga boʻlgan yoʻlni bosib oʻtadi.
1984-yildan 2008-yilgacha boʻlgan vaqt davomida Namangan viloyati tugʻuruqxonasida boʻlim mudiri sifatida faoliyat yuritadi. 1976—1991-yillar oraligʻida Sanitariya aviatsiyasida navbatchi akusher-ginekolog, 1991—2008-yillar Namangan viloyati boʻyicha gemotologik brigadada navbatchi akusher-ginekolog sifatida xizmat qiladi. 2003-2008 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi Akusherlik va ginekologiya ilmiy tekshirish instituti Namangan filiali ginekologiya boʻlimi mudiri, oilaviy poliklenika boʻlimida vrach ordinator sifatida samarali faoliyat olib boradi[2].
Hozirda nafaqadagi sobiq shifokor, koʻplab oliy darajali shifokorlarning ustozi – Oyshaxon Qoʻchqorova 1996-yilda, tibbiyot sohasidagi uzoq muddatli va samarali faoliyati uchun tashakkur sifatida prezident Islom Karimov farmoniga binoan, „O‘zbekiston Qahramoni“ unvoni bilan taqdirlanadi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Xamidov, Sanjarbek „НАМАНГАННИНГ ҚАҲРАМОН ШИФОКОРИ“. Shifokor va Hayot,uz. Qaraldi: 19-iyun 2022-yil.
- ↑ Zaripova, Ra'no „«Oʻzbekiston Qahramoni» unvoni sohibalarining hayoti bilan tanishing“. Gujum.uz. Qaraldi: 19-iyun 2022-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ O'zbekiston milliy axborot agentligi „“Ўзбекистон Қаҳрамони“ унвонини олган ўн олти нафар аёл (+сурат)“. UzA.uz. Qaraldi: 19-iyun 2022-yil.