Kontent qismiga oʻtish

Allaniyoz Uteniyozov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Allaniyaz Uteniyazovdan yoʻnaltirildi)
Allaniyoz Uteniyozov
Allaniyaz Uteniyozov
Tavalludi 1-iyun 1936-yil
Kegeyli tumani Qazayaqli ovuli
Vafoti 27-yanvar 2006-yil(2006-01-27)
(69 yoshda)
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Taʼlimi Nukus davlat pedagogika insitituti chet tillar fakulteti
Kasbi oʻqituvchi, bogʻbon, quruvchi.
Faoliyat yillari 1962–2004-yillar
Unvoni Oʻzbekiston xalq oʻqituvchisi (1992), Oʻzbekiston Qahramoni (2001).
Mukofotlari "Mehnat shuhrati" (1995 y).

Allaniyoz Uteniyozov (1936-2006 yy.) – Oʻzbekiston Qahramoni (2001)[1], Oʻzbekiston xalq oʻqituvchisi (1992), Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi (1986), „Mehnat shuhrati“ ordeni (1995).

Allaniyoz Uteniyazov 1936-yil 8-fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani Qazayaqli ovulida tugʻilgan. 1949- yilda onasi bilan togʻasining yoniga – hozirgi Nukus tumani Uzunkoʻl ovuliga koʻchib kelishadi. Allaniyaz Nukus shahridagi maktabda oʻqish bilan bilrga uyida poliz va sabzavotlar yetishtirgan. 1958 – 1962-yillarda Qoraqalpogʻiston pedagogika institutining (hozirgi Nukus davlat pedagogika instituti) chet tillar fakultetida oʻqigan[2]. 1962-yildan Nukus tumanidagi 4-umumiy oʻrta taʼlim maktabida ingliz tili oʻqituvchisi sifatida boshlab, 42 yil davomida dars berdi.

Fidoiy ustoz oʼquvchilarga dars oʼtish bilan bir qatorda qishki va yozgi taʼtil paytlarida yolgʼiz boshli, yordamga muhtoj 42 nafar qariyaga uy qurib berib, bu mehnatlari uchun haq olmagan[3]. Oʻzbekiston Milliy ensiklopediyasidagi maʼlumotlarga koʻra Allaniyoz Uteniyazov 40 ta turar joy, 2 ta maktab, 2 ta bolalar bogʻchasi, 2 ta shifoxona va bitta kutubxona qurgan. Undan tashqari 174 ta xonadonning uylarini kapital taʼmirlagan. Hamma qurgan uylari uchun shaxsan oʼzi hech qanday texnikalarning yordamisiz 860 ming dona gʼisht quygan[4].

1999-yili Nukus tumanida „Saxovat“ fermer xoʻjaligini tashkil etib, olma, oʻrik, shaftolizorlar barpo etdi. Bu bogʻlarning mevalaridan Xoʻajayli tumanidagi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari birinchi navbatda bahramand boʻlishgan. Xoʻjalik hududidagi ishsiz aholini bandligini taʼminladi. [5]

Allaniyoz Uteniyazovning taʼlim samaradorligini oshirib borishdagi zarur metodlaridan biri bu – zamonaviy texnologiyalar vositasida dars oʻtish, elektron darsliklardan foydalanish, internet termoqlari maʼlumotlari bilan darslarni boyitish, lingafon, kompyuter xonalaridan samarali foydalanish.

Allaniyoz Uteniyozov 2006 yil 27 yanvarda Toshkentda vafot etdi.

Allaniyaz Uteniyazov haqida iqtiboslar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ingliz tili muallimining mehr-saxovatli ishlari haqida xabar topgan nafaqat yurtdoshlarimiz, xorijiy gazetalarda oʻqigan millioner, madaniyat va fan arboblari, dunyoga tanilgan chempion, estrada yulduzlari, taniqli insonlar unga ehtirom, minnatdorchilik xatlari yoʻllaganlarː

„Siz oʻz insoniylik mehnatingiz bilan barcha odamzod bolasidan juda yuqori turasiz. Bu ishlaringiz yosh avlodlarni tarbiyalashda namuna boʻladi. Men sizga tan beraman…“. Kuba davlati rahbari Fidel Kastro.

„Sizning insoniylik maʼnaviy boyligingiz hech qachon oʻlmaydi, chirimaydi, mangu qoladi.“ Argentinalik millioner Sapun.

„Sizning 30–35 yillik mehr-muruvvatga toʻla himmatingizni har safar ringdagi jang oldidan 30–35 soniya xayolimda jonlantiraman, sizni koʻz oldimga keltirib, ibratingizdan madad olaman. Shu vaqt oʻzimda qoʻshimcha yengilmas kuch-quvvat toʻplanganday sezaman va albatta, gʻalabaga erishaman.“ Boks boʻyicha jahon chempioni Vitaliy Klichko.

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-2918-sonli Farmoni
  2. Yangi O'zbekiston - maktab ostonasidan boshlanadi [Izomaterial]: kitob-albom/ Xalq ta'limi vazirligi -Toshkent : 2021., 2021. 
  3. Nukuslik-muallim
  4. Saxovatda oʻtgan umr yoki qoraqalpoq hotamtoyi
  5. {{{title}}}.