Kontent qismiga oʻtish

Aktivizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Aktivistdan yoʻnaltirildi)
Parij kommunasidagi barrikada (1871-yil, mart)
Fuqarolik huquqlari aktivistlari 1963-yilning avgust oyida fuqarolik huquqlari harakati paytida ish va erkinlik uchun Vashingtondagi marshda ishtirok etishmoqda
Vashingtonda ayollar huquqlari harakati marshi (1970-yil, avgust)

Aktivizm jamiyatda ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirish istagi bilan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy yoki atrof-muhitga doir islohotlarni ilgari surishga qaratilgan saʼy-harakatlardir. Aktivizmning turli shakllari mavjud boʻlib, bularga misol qilib mandat yaratish (jumladan, gazetalarga xat yuborish), saylangan mansabdor shaxslarga petitsiya yoʻllash, siyosiy kampaniya yuritish yoki unga hissa qoʻshish, turli bizneslarga imtiyozli ravishda homiylik qilish (yoki boykot qilish), mitinglar, ochlik eʼlon qilish, ish tashlashlarni keltirib oʻtish mumkin.

Aktivizm bilan shugʻullanuvchi kishilar aktivistlar va aktivistkalar deb ataladi. Aktivizm va pragmatizm oqimi bir-biriga juda oʻxshash boʻlib, ularni farqlash muhim hisoblanadi.

Aktivizm harakatlari har kuni turli yoʻllar bilan amalga oshirilishi mumkin, jumladan, sanʼat asarlari yaratish (artivizm), kompyuter tizimini buzish (xaktivizm) yoki shunchaki nimagadir pul sarflash (iqtisodiy aktivizm) ham aktivizmning turlariga misol boʻla oladi. Korxona ishchilarining ekspluatatsiya qilishiga norozilik bildirish sifatida kompaniyadan kiyim-kechak yoki boshqa tovarlar sotib olishdan bosh tortishni ham aktivizm namunasi deyish mumkin. Biroq eng koʻzga koʻringan va taʼsirchan kuchga ega boʻlgan aktivizm shakllari koʻpincha jamoaviy harakatlar koʻrinishida boʻladi[1]. Maqsadli, uyushgan va maʼlum vaqt davomida barqaror boʻlgan jamoaviy harakatlar ijtimoiy harakat hisoblanadi[2].

Qadimdan aktivistlar xabarlar tarqatish yoki ularni targʻib qilish hamda oʻquvchilarni oʻz ishlarining adolatliligiga ishontirish maqsadida turli adabiyotlar, jumladan, risolalardan foydalanganlar. Olib borilgan bir qancha tadqiqoqtlar shuni koʻrsatadiki, zamonaviy aktivizm guruhlari siyosatni texnologiya bilan uygʻunlashtirgan holda fuqarolar faolligini oshirish va jamoaviy harakatlarni osonlashtirish maqsadida ijtimoiy mediadan qanday foydalanish lozimligini oʻrganishga kirishdi[3][4]. Aktivistlar, asosan, ikki guruhga – chap qanot va oʻng qanot onlayn aktivistlariga boʻlinadi. Ular faoliyatlari davomida turli xil usullardan foydalanadilar. Hashtag aktivizmi va oflayn protest chap qanot aktivistlarda koʻproq uchraydi. Partizan ommaviy axborot vositalari bilan strategik ishlash, muqobil platformalarga oʻtish va asosiy ommaviy axborot vositalarini manipulyatsiya qilish esa oʻng qanot aktivistlari orasida keng tarqalgan[5]. Bundan tashqari, fan va akademiyada chap qanot aktivizmining kuchayishi konservativlarning fanga boʻlgan ishonchini kamaytirishi mumkin[6]. Bundan tashqari, aktivizm va terrorizmni ham bir-biri bilan adashtirib yubormaslik muhim ahamiyat kasb etadi, aynan shuning uchun ham ular oʻrtasidagi mavjud farq „nozik chiziq“ deya taʼriflanadi[7].

Burjuaziya jamiyati rivojlanishi davrida, Birinchi jahon urushi boshlanguniga qadar aktivizm adabiy va ijtimoiy harakat sifatida dastlab Germaniya imperiyasida, keyinchalik esa boshqa Gʻarb mamlakatlarida paydo boʻla boshlagan[8][9].

Aktivizm tushunchalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Onlayn etimologiya lugʻatida inglizcha „activism“ va „activist“ atamalari mos ravishda 1920[10] yoki 1915-yillardan[11] keyin siyosiy maʼnoda ishlatilgan boʻlishi mumkinligi qayd etilgan. Aktivizm soʻzining kelib chiqish tarixi bundan ancha yillar muqaddam jamoaviy[12][13][14] va ijtimoiy harakatlar toʻgʻrisida bildirib oʻtilgan ayrim tushunchalarga borib taqaladi[15]. 1969-yillarning oxirida aktivizm soʻzi oʻzining siyosiy maʼnosidan qatʼi nazar, „biror harakatni aniq qaror va kuch bilan amalga oshirish siyosati yoki amaliyoti“ deb taʼriflangan boʻlsa, ijtimoiy harakat atamasi esa „ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash uchun guruhlar tomonidan uyushtirilgan harakatlar“ deya izohlangan. 1960-yillarda Amerika Qoʻshma Shtatlarida „yangi ijtimoiy harakatlar“ avj olganidan soʻng, norozilik yoki murojaatlarning oqilona va maqbul demokratik varianti sifatida aktivizmning yangi tushunchasi paydo boʻldi[16][17][18]. Tarixda uyushgan yoki birlashgan holda norozilik bildirish va qoʻzgʻolon uyushtirishning ilk koʻrinishi miloddan avvalgi I asrda Rim imperiyasida sobiq gladiator Spartak boshchiligida 6000 nafar qul tomonidan amalga oshirilgan Capuadan Rimgacha boʻlgan Spartak qoʻzgʻoloni hisoblanadi[19].

Inglizlar tomonidan uyushtirilgan Wat Tyler qoʻzgʻoloni soliq joriy etilishiga javoban amalga oshirilgan qoʻzgʻolonlardan biridir[20]. Shuningdek, turli soliqlarning joriy etilishi Vengriya, Rossiya va Hong Kongda ham qoʻzgʻolon va inqiloblarning kelib chiqishiga sabab boʻlgan. 1930-yilda Maxatma Gandi boshchiligida minglab hindular hukumat tomonidan joriy etilgan oʻta ogʻir soliqlarga qarshi norozilik bildirish maqsadida sodir etilgan Tuz marshida[21] ishtirok etishgan. Ushbu norozilikda qatnashgan 60 000 nafar kishi hukumat harbiylari tomonidan qamoqqa olingan. Biroq shunga qaramasdan, oxir-oqibat, ushbu namoyishlar va noroziliklar mamlakatning mustaqilikka erishishiga sabab boʻlgan. Osiyo, Afrika va Janubiy Amerika mamlakatlarida ijtimoiy aktivistlar tomonidan tashkil etilgan, fuqaroviy va siyosiy huquqlar boʻyicha harakat olib boruvchilar va ijtimoiy inqilobchilar boshchiligida amalga oshirilgan aktivizm harakatlari xalqning oʻziga nisbatan ishonchining oshishiga, shuningdek, dunyoning ayrim rivojlanayotgan mamlakatlarida kollektivistik-kommunistik hamda sotsialistik harakatlarning kuchayishiga turtki boʻldi[22]. Shu bilan birga, aktivizm oʻtgan asrda mehnat huquqi harakati, ayollar huquqlari harakati va fuqarolik huquqlari harakati kabi ijtimoiy harakatlar orqali Gʻarb jamiyatlariga ham katta taʼsir koʻrsatdi deyish mumkin[23].

Aktivizmning turlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aktivizm koʻpincha inson huquqlari yoki atrof-muhit bilan bogʻliq mavjud muammolarni hal qilishga xizmat qiladi. Shu bilan qatorda libertar va diniy huquq aktivizmi ham aktivizmning muhim turlaridan biri hisoblanadi[24]. Tarixdan maʼlumki, inson huquqlari va atrof-muhit bilan bogʻliq muammolar xalqaro huquq doirasida faol harakatlar sifatida alohida koʻrib chiqiladi[25]. XXI asrgacha, aksariyat inson huquqlari harakatlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar atrof-muhit muammolarini aniq koʻrib chiqmagan. Shu bilan birga inson huquqlari harakati ham ekologiya bilan bogʻliq muammolarni izchil oʻrganmagan[26]. XXI asrda inson huquqlari va ekologiyaning bir-biri bilan uzviy bogʻliqligi tobora muhim ahamiyat kasb etib bordi va bu asosiy ekologlar harakati[27], ekologik adolat va iqlim adolati harakatlarining rivojlanishiga sabab boʻldi.

Inson huquqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Inson huquqlari aktivizmi, asosan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida koʻrsatilgan asosiy huquqlarni himoya qilishni oʻz oldiga maqsad qilgan. Bularga misol qilib yashash huquqi, fuqarolik huquqi, mulk huquqi, harakat erkinligi, konstitutsiyaviy fikr, soʻz, din, tinch yigʻilish erkinliklari va shu kabi boshqa huquq turlarni keltirib oʻtish mumkin[28]. Butunjahon inson huquqlari harakatining asosi mustamlakachilik, imperializm, qullik, irqchilik, segregatsiya, patriarxat va mahalliy xalqlarning zulmiga qarshilik koʻrsatishni oʻz ichiga oladi[29].

Ekologik aktivizm ham aktivizmning muhim shakllaridan biri boʻlib, bir necha turlarni oʻz ichiga oladi. Jumladan:

– tabiatni yoki tabiiy muhitni muhofaza qilish, utilitar tabiatni muhofaza qilish etikasi yoki tabiatni muhofaza qilish odobi;

– atrof-muhitni muhofaza qilish (ifloslanishning oldini olish hamda madaniy meros yoki hayot sifatini himoya qilish);

– tugaydigan tabiiy resurslarni saqlab qolish;

– muhim yer osti va yer usti elementlari yoki iqlim jarayonlari funksiyasini himoya qilish orqali amalga oshiriladi.

Hayvonlar huquqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hayvonlar huquqlarini himoya qilish ham aktivizmning eng muhim shakllaridan biri hisoblanadi.

Libertar va konservativ

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amerika Qoʻshma Shtatlari va boshqa mamlakatlarda siyosiy huquqlarga oid aktivizm shakllari tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Baʼzi olimlar olingan bir qancha tadqiqot va tahlillar natijalariga koʻra, ushbu masala boʻyicha shunday xulosaga kelishgan, konservatizmdagi asosiy boʻlinish avvalgi soʻrovlarda aniqlangan iqtisodiy va ijtimoiy konservatorlar oʻrtasidagi uzoq muddatli boʻlinish emas edi (yaʼni, taxminan libertar huquq va nasroniy huquqi oʻrtasida). Aksincha, bu ikkala mafkuraviy toifani birlashtirgan, yangi paydo boʻlgan guruh, yaʼni „nisbatan kamroq konservativ“ boʻlgan (aktivistlar) respublikachilardir[30]. Bunga misol qilib esa Choy partiyasi harakatini keltirish mumkin[30].

Pyu tadqiqot markazi tomonidan amalga oshirilgan tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, diniy, ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan oʻta konservativ va oʻng qanotdagi boshqa guruhlarga qaraganda nisbatan siyosiy faol boʻlgan „qatʼiy konservatorlar“ guruhi[31] toʻgʻrisida bir qancha maʼlumotlarni aniqlangan. Maʼlumotlarga koʻra, saylovlarda Choy partiyasiga berilgan 72% ovozlar aynan ushbu guruh aʼzolariga tegishli hisoblanadi[31].

1981-yilda aktivist Thomas tomonidan boshlangan AQSh tarixidagi eng uzoq davom etgan tinchlik hushyorligi

Aktivistlar oʻz maqsadlari yoʻlida turli usullardan foydalanadilar[32]. Ular tomonidan tanlangan usullar muhim ahamiyatga ega boʻlib, aynan shu usullar orqali aktivistlarning maqsadlarini va ularning harakatlari nimaga qaratilganligini aniqlash mumkin. Misol uchun, zoʻravonliksiz usullar, odatda, jamoatchilikda yaxshi taassurot qoldirib[33], shu bilan birga aktivistlar tomonidan oʻz oldilariga qoʻyilgan maqsadlarga erishish yoʻlida ikki barobar samarali usul hisoblanadi[34].

Tarixan olib qaraganda, koʻpchilik aktivizm harakatlari hukumat hamda sanoat siyosati yoki amaliyotida jiddiy oʻzgarishlar yaratishga qaratilgan. Baʼzi aktivistlar hukumatni ular tomonidan joriy etilgan qonunlarni oʻzgartirishlari uchun koʻndirish oʻrniga odamlarning oʻz xatti-harakatlarini toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzgartirishga koʻndirishga harakat qiladi[35]. Masalan, kooperativ harakat kooperatsiya tamoyillariga mos keladigan yangi institutlarni qurishga intiladi va, odatda, lobbichilik qilmaydi, siyosiy norozilik bildirmaydi. Boshqa aktivistlar oʻzgarishlarga qarshi turish uchun odamlarni yoki hukumat siyosatini oʻzgarishsiz qolishga ishontirishga harakat qiladalar.

Charles Tilly maʼlum bir vaqt va joyda aktivistlar uchun mavjud boʻlgan taktikalarning toʻliq spektrini tavsiflovchi „nizo repertuari“ konsepsiyasini ishlab chiqdi[36]. Bu repertuar oʻtmishda aktivistlar tomonidan muvaffaqiyatli ekanligi isbotlangan boykotlar, petitsiyalar, marshlar va namoyishlar kabi barcha aktivizm usullaridan iborat boʻlib, har qanday yangi aktivistlar va ijtimoiy harakatlar tomonidan qoʻllanishi mumkin. Aktivistlar norozilikning yangi taktikalariga ham oʻzgartirishlar kiritishlari mumkin. Bular Douglas Schulerning „faollar sayohati“ haqidagi gʻoyasi kabi butunlay yangicha koʻrinishda boʻlishi ham mumkin[37][38], shuningdek, politsiya repressiyasiga yoki qarshi harakatiga javoban paydo boʻlishi mumkin[39]. Shundan soʻng, yangi taktikalar diffuziya deb nomlanuvchi ijtimoiy jarayon orqali boshqalarga ham tarqaladi va agar ushbu urinish muvaffaqiyatli yakunlangan taqdirda, aktivistlar repertuariga yangi qoʻshimchalar kiritiladi[40].

Aktivizm har doim ham uni kasb deb biladiganlar tomonidan bajariladigan faoliyat emas[41]. „Aktivist“ atamasi keng maʼnoda aktivizm bilan shugʻullanadigan har qanday kishiga, shuningdek, tor doirada siyosiy yoki ijtimoiy faollikni kasb yoki xarakterli amaliyot sifatida tanlaganlarga nisbatan ham qoʻllanishi mumkin.

Siyosiy aktivizm

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sudyalar oʻzlarining ijtimoiy farovonlik tushunchalarini ilgari surish maqsadida sud aktivizmini qoʻllashlari mumkin. Sud aktivizmining taʼrifi va muayyan qarorlari faol yoki yoʻqligi hanuzgacha bahs-munozaralarga sabab boʻlib keladigan siyosiy masala hisoblanadi[42]. Mamlakatlar boʻylab huquqiy tizimlar sud aktivizmiga ruxsat berilish yoki berilmasligi bilan farqlanadi.

Aktivistlar, shuningdek, davlat idoralarini nazorat va oshkoralik uchun mas’ul qilgan holda jamoatchilik nazoratchisi yoki jamiyatda sodir boʻlayotgan soʻnggi voqea-hodisalar xabarchisi boʻlishlari ham mumkin[43].

Siyosiy faollik siyosiy kampaniya, lobbichilik, ovoz berish va petitsiyani ham oʻz ichiga olishi mumkin.

Siyosiy faollik maʼlum bir mafkura yoki milliy tarixga bogʻliq emas[44].

Siyosiy aktivizm, asosan, yoshlar bilan bogʻliq boʻlishiga qaramay, odamlarning butun umri davomida sodir boʻladi[45].

Kollej kampuslaridagi siyosiy aktivizm 1960-yillardan beri chap qanot siyosatiga taʼsir koʻrsatib keladi. Yaqin yillar ichida AQSh kollejlari kampuslarida ham konservativ faollikning oʻsishi kuzatilgan boʻlib, konservativ siyosiy tashkilotlar tomonidan nisbatan kichik konservativ guruh talabalariga pul xayriya qilinishi odatiy hol hisoblanadi[46].

Odamlarning siyosiy aktivizm motivlari turlicha boʻlishi mumkin. Tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan maʼlum bir model Britaniya Konservativ partiyasidagi aktivizmni oʻrganib chiqdi va undagi uchta asosiy motivni aniqladi. Bular: saylanadigan lavozimni egallash istagi, partiyaning siyosiy maqsadlarga erishish istagi va respondentning partiyaviy mansubligi kuchi bilan oʻlchanadigan xavotirlardir[47].

Bundan tashqari, badavlat amerikaliklar tomonidan siyosiy sabablarning moliyaviy qoʻllab-quvvatlanishi orqali siyosiy aktivizmni amalga oshirishlari mumkin. 400 nafar eng badavlat amerikaliklar ishtirokida olib borilgan tadqiqotlardan biri „siyosiy nomzodlarga xayriya qilishdan tashqari liberal yoki oʻng qanot faoliyatining muhim dalillarini“ aniqladi[48]. Ushbu tadqiqot, shuningdek, umuman olganda, „eski pul yangi pulga qaraganda darajada konservativroqdir“ deya xuloga keldi[48]. Boshqa bir tadqiqotda esa „boylar aktivizmi“ning koʻpincha kishilar oʻrtasidagi tengsizlikni qanday oshirganligi, hozirgi kunda esa ushbu aktivizm shaklidan iqtisodiy tengsizlikni kamaytirish uchun foydalanilgani oʻrganildi[49].

Internet aktivizmi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Internet aktivizmining taʼsiri 2010-yil oxirida boshlangan arab bahori noroziliklari tufayli ham global miqyosda namoyon boʻldi. Inqiloblarni boshdan kechirayotgan Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlarida yashovchi odamlar ijtimoiy tarmoqlardan norozilik namoyishlari haqida turli maʼlumotlar, jumladan, smartfonlarda yozib olingan videolar orqali mavjud muammolarni xalqaro miqyosda auditoriyaga yetkazib berishda foydalangan[50]. Ushbu ijtimoiy tarmoq texnologiyasi aktivistlar tomonidan davlat nazoratidagi ommaviy axborot vositalarini chetlab oʻtish va dunyoning boshqa qismida yashovchi kishilar bilan bevosita muloqot qilish uchun foydalanilgan ilk urinishlardan biri edi. Internet aktivizmining bunday turlari keyinchalik boshqa aktivistlar tomonidan ham qoʻllanila boshlangan va koʻplab ommaviy safarbarliklarda, masalan, 2011-yilda Ispaniyada sodir etilgan 15-M Harakati, 2013-yilda Turkiyada boʻlib oʻtgan Gezi bogʻi eʼtirozlari (2013) va shu kabi boshqa harakatlarda foydalanilgan[51].

Internet aktivizmining chap va oʻng qanot aktivistlari siyosiy maqsadlarga erishish uchun raqamli va eski ommaviy axborot vositalaridan turlicha tarzda foydalanadi[52]. Chap qanot aktivistlar, odatda, „heshteg aktivizmi“ va oflayn noroziliklar bilan shugʻullansa, oʻng qanot aktivistlari eski ommaviy axborot vositalarini manipulyatsiya qilish, muqobil platformalarga koʻchib oʻtish harakatlarini va oʻz xabarlarini tarqatish uchun partizan ommaviy axborot vositalari bilan strategik harakatlarni amalga oshirishadi[52]. Olingan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, oʻng qanot internet aktivistlari, asosan, strategik dezinformatsiya va fitna nazariyalaridan koʻproq foydalanishadi[52].

Internet aktivizmi deganda, shuningdek, raqamli huquqlar deb ataluvchi Internetning oʻzini himoya qilish yoki oʻzgartirishga qaratilgan aktivizm turini ham tushunish mumkin. Raqamli huquqlar harakati[53] yangi texnologiyalar, xususan, Internet va boshqa axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan bogʻliq holda odamlarning huquqlarini himoya qilish uchun ishlaydigan Elektron chegara jamgʻarmasi kabi aktivistlar va tashkilotlardan iborat.

Koʻpgina zamonaviy aktivistlar endilikda Internet va boshqa axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali Internet faolligi yoki kiberfaollik kabi yangi usullardan foydalanmoqda. Baʼzi olimlarning taʼkidlashicha, ushbu yangi raqamli usullarning aksariyati anʼanaviy oflayn ixtilof vositalariga oʻxshaydi[54]. Bundan tashqari, mutlaqo yangi boʻlgan raqamli taktikalar ham mavjud boʻlib, bularga misol qilib xaktivizmning ayrim turlarini keltirish mumkin[55][56][57]. Kun sayin aktivistlarning raqamli vositalar va platformalardan[58] koʻproq foydalanishi, shuningdek, oʻzini-ozi tashkil etadigan[59][60][61], yetakchilarsiz[62][63] yoki franchayzing faolligi deb ataladigan aktivistlarning markazlashtirilmagan tarmoqlarini yaratishga olib kelmoqda.

Iqtisodiy aktivizm

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iqtisodiy aktivizm ijtimoiy va iqtisodiy siyosatni oʻzgartirish uchun hukumat, isteʼmolchilar va biznesning iqtisodiy kuchidan foydalanishni oʻz ichiga oladi[64]. Konservativ va liberal guruhlar iqtisodiy aktivizmdan kompaniya va tashkilotlarga muayyan siyosiy, diniy yoki ijtimoiy qadriyatlar va xatti-harakatlarga qarshi chiqish yoki qoʻllab-quvvatlashga taʼsir oʻtkazish maqsadida bosim qilishlari mumkin[65].

Brend aktivizmi[66] ijtimoiy oʻzgarishlar jarayonida biznes yetakchi rol oʻynaydigan aktivizm turi hisoblanadi. Brend aktivizmini qoʻllagan holda korxonalar oʻzlari xizmat koʻrsatadigan jamoalar va ularning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik muammolari haqida qaygʻuradilar, bu esa korxonalarga mijozlar, korxona va mahsulotlarning istiqboli bilan bogʻliq barqaror va uzoq muddatli munosabatlar oʻrnatish imkonini beradi. Philip Kotler va Sarkar bu hodisani firmalarning kelajakdagi mijozlari va xodimlariga gʻamxoʻrlik qilish yoʻlida paydo boʻladigan global muammolarni hal qilishga urinish deb taʼriflaydilar[67].

Isteʼmolchilar aktivizmi ularning huquqlarini himoya qilish uchun isteʼmolchilar nomidan yoki aynan oʻzlari tomonidan amalga oshiriladigan aktivizm turi hisoblanadi. Masalan, 1700-yillarning oxirlarida erkin mahsulot harakati aktivistlari qullar mehnati orqali ishlab chiqarilgan mahsulotlarga boykot eʼlon qilib, qullikka qarshi noroziliklar bildirishgan. Bugungi kunda vegetarianizm, veganizm va friganizm maʼlum turdagi mahsulotlarga boykot eʼlon qiladigan isteʼmolchi aktivizmlari ham mavjud. Isteʼmolchi aktivizmiga misol tariqasida oddiy hayot, materializm va koʻzga koʻrinadigan isteʼmolni soddalashtirishga qaratilgan minimal turmush tarzi, soliqqa qarshilik koʻrsatish, soliq soluvchi hukumatga, hukumat siyosatiga yoki muxolifatga qarshi toʻgʻridan-toʻgʻri harakatlar va fuqarolik itoatsizliklarini keltirish mumkin.

Aksiyadorlar aktivizmi aksiyadorlarni korporatsiya rahbariyatiga bosim oʻtkazish uchun uning aksiyadorlik ulushlaridan foydalanishni oʻz ichiga oladi[68]. Faol aksiyadorlar moliyaviy maqsadlardan tortib (korporativ siyosat, moliyalashtirish tuzilmasi, xarajatlarni qisqartirish va oʻzgartirish orqali aksiyadorlar qiymatini oshirish) moliyaviy boʻlmagan (muayyan mamlakatlardan investitsiya qilish, ekologik toza siyosatni qabul qilish va shu kabi) maqsadlar yoʻlida harakat qilishadi[69].

Badiiy aktivizm

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dizayn aktivizmida ijtimoiy oʻzgarishlarni ragʻbatlantirish, ijtimoiy, siyosiy masalalar boʻyicha xabardorlikni oshirish, ishlab chiqarish va isteʼmolchilik bilan bogʻliq mavjud muammolarni hal qilishda dizayn asosiy rol oʻynaydi. Dizayn aktivizmi faqatgina dizaynning bir turi bilangina cheklanib qolmaydi[70][71].

Sanʼat aktivizmi yoki artivizm vizual sanʼat vositasidan ijtimoiy yoki siyosiy maqsadlar yoʻlida foydalanadi. Sanʼat aktivizmi, shuningdek, utopik fikrlashni faollashtirishi ham mumkin boʻlib, bunday fikrlash hozirgi jamiyatdan farq qiluvchi ideal jamiyat haqida tasavvur hosil qiladi, bu esa jamiyat hayotiga ijobiy yangiliklarni olib kirishga xizmat qiladi.

Moda aktivizmi Celine Semaan tomonidan yaratilgan[72] boʻlib, moda sanoatida roʻy berayotgan oʻzgarishlarni qoʻllab-quvvatlash va uni isteʼmolchilarga yetkazib berish uchun xizmat qiladi[73][74].

Adabiyot aktivizmi koʻzlangan yoki targʻib qilingan islohotlarni ifodalovchi yozma asarlarni chop etish, shu bilan bir qatorda, nashriyotlarda sodir etiladigan korrupsiyaning oldini olish uchun ham xizmat qiladi.

Ilmiy aktivizm

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilmiy aktivizm ilm-fanning afzalliklarini xalqqa yaxshiroq yetkazib berish yoki ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish masalalarini hal qilish kabi harakatlar yoʻlida xizmat qilishi mumkin[75][76]. Shuningdek, ilmiy aktivizm muayyan ilmiy sohalarning qonuniyligini oshirishga qaratilgan saʼy-harakatlarni ham oʻz ichiga olishi yoki muayyan sohalarning siyosiylashuviga javob berishi mumkin[77]. 2017 va 2018-yillarda butun dunyo boʻylab oʻtkazilgan „March for Science“ (Fan uchun marsh) ilm-fan aktivizmining yorqin namunasi boʻldi[78].

Boshqa metodlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bundan tashqari, aktivizmning yana koʻplab namunalari ham mavjud boʻlib, ularga misol tariqasida quyidagi metodlarni keltirib oʻtish mumkin:

– Ommabiy axborot vositalari aktivizmi

– Tinchlik aktivizmi

Propaganda

– Norozilik (namoyish, toʻgʻridan-toʻgʻri harakat, norozilik qoʻshiqlari)

– Ish tashlash harakati (ochlik eʼlon qilish)

Aktivizm sanoati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ayrim guruhlar va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar shu qadar kuchli va taraqqiy etganligi sababli ularni aktivizm sanoati deb hisoblash mumkin. Bunday hollarda aktivizm harakatlari maʼlum bir tashkilot asosiy faoliyatining bir qismi sifatida amalga oshiriladi. Aktivizm sohasidagi koʻplab tashkilotlar notijorat yoki nodavlat tashkilotlar boʻlib, ular tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar aniq maqsad va vazifalarni oʻz ichiga oladi.

Aktivizm sanoati atamasi koʻpincha autsorsing mablagʻlarini jalb qilish faoliyatiga nisbatan qoʻllanadi. Biroq aktivizm tashkilotlari, shuningdek, boshqa bir qator faoliyatlar bilan shugʻullanadi[79]. Lobbi yoki hukumat tomonidan qabul qilingan qarorlarga taʼsir oʻtkazish ham aktivistlar tomonidan qoʻllanadigan usullardan hisoblanadi. Koʻpgina guruhlar, jumladan, yuridik firmalar aynan lobbichilik bilan shugʻullanuvchi maxsus xodimlarga ega boʻladi. AQShda lobbichilik harakatlari federal hukumat tomonidan tartibga solinadi[80].

Koʻpgina davlat tizimlari xayriya tashkilotlariga soliqqa oid turli imtiyozlar taqdim etuvchi nodavlat-notijorat tashkilotlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlaydi. Hukumat, shuningdek, aktivistlarning ushbu imtiyozlardan voz kechishlari uchun soliqdan ozod qilingan tashkilotlarning faoliyatini cheklashga harakat qilishi mumkin.

  1. Tarrow, Sidney. Power in Movement: Social Movements and Contentious Politics, 2nd, Cambridge, UK: Cambridge University Press, 1998. ISBN 9781139076807. OCLC 727948411. 
  2. Goodwin, Jeff. The Social Movements Reader: Cases and Concepts, 2nd, Wiley-Blackwell, 2009. ISBN 9781405187640. 
  3. Obar, Jonathan (2012). "Advocacy 2.0: An Analysis of How Advocacy Groups in the United States Perceive and Use Social Media as Tools for Facilitating Civic Engagement and Collective Action". Journal of Information Policy 2: 1–25. doi:10.5325/jinfopoli.2.2012.1. 
  4. Obar, Jonathan (2014). "Canadian Advocacy 2.0: A Study of Social Media Use by Social Movement Groups and Activists in Canada". Canadian Journal of Communication 39. doi:10.22230/cjc.2014v39n2a2678. 
  5. Freelon, Deen; Marwick, Alice; Kreiss, Daniel (2020-09-04). "False equivalencies: Online activism from left to right" (EN). Science 369 (6508): 1197–1201. doi:10.1126/science.abb2428. PMID 32883863. Archived from the original on 21 October 2021. https://web.archive.org/web/20211021142705/https://www.science.org/doi/abs/10.1126/science.abb2428. Qaraldi: 27 January 2022. Aktivizm]]
  6. Ince, Jelani; Finlay, Brandon M.; Rojas, Fabio (2018). "College campus activism: Distinguishing between liberal reformers and conservative crusaders" (en). Sociology Compass 12 (9): e12603. doi:10.1111/soc4.12603. ISSN 1751-9020. Archived from the original on 27 January 2022. https://web.archive.org/web/20220127120320/https://onlinelibrary.wiley.com/doi/abs/10.1111/soc4.12603. Qaraldi: 27 January 2022. Aktivizm]]
  7. Bohmer, Carol. Rejecting refugees: political asylum in the 21st century. Routledge, 2010 — 258-bet. ISBN 978-0-415-77375-1. OCLC 743396687. 
  8. Andoza:ВТ-БСЭ1
  9. Andoza:ВТ-БСЭ1
  10. Andoza:OEtymD
  11. Andoza:OEtymD
  12. Park, Robert. Introduction to the Science of Sociology. Chicago: University of Chicago Press, 1921. 
  13. Merton, Robert. Social Theory and Social Structure. New York: Free Press, 1945. 
  14. Hoffer, Eric. The True Believer: Thoughts on the Nature of Mass Movements. New York: Harper & Row, 1951. 
  15. Parsons, Talcott. The Structure of Social Action. New York: Free Press, 1937. 
  16. Olson, Mancur. The Logic of Collective Action: Public Goods and the Theory of Groups. Cambridge, Mass.: Harvard University Press, 1965. 
  17. Gamson, William A.. The Strategy of Social Protest. Homewood, IL: Dorsey Press, 1975. ISBN 9780256016840. 
  18. Tilly, Charles. From Mobilization to Revolution. Reading, Mass.: Addison-Wesley, 1978. ISBN 9780201075717. 
  19. Czech. „Ancient History: Spartacus and the Slave Rebellion“. HistoryNet (1994-yil aprel). 2019-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-avgust.
  20. „Peasants' Revolt“. Encyclopædia Britannica. 2019-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-avgust.
  21. Pletcher, Kenneth (14 December 2015). "Salt March". Encyclopaedia Britannica. https://www.britannica.com/event/Salt-March. 
  22. Goodwin, Jeff. No Other Way Out: States and Revolutionary Movements, 1945–1991. Cambridge, UK: Cambridge University Press, 2001. 
  23. Meyer, David. The Social Movement Society: Contentious Politics for a New Century. Rowman & Littlefield, 1998. 
  24. Keckler, Charles; Rozell, Mark J. (2015-04-03). "The Libertarian Right and the Religious Right". Perspectives on Political Science 44 (2): 92–99. doi:10.1080/10457097.2015.1011476. ISSN 1045-7097. Archived from the original on 29 June 2023. https://web.archive.org/web/20230629163034/https://www.tandfonline.com/doi/full/10.1080/10457097.2015.1011476. Qaraldi: 19 February 2022. Aktivizm]]
  25. Boyle, Alan (October 11, 2012). "Human Rights and the Environment: Where Next?". European Journal of International Law 23 (3): 613–642. doi:10.1093/ejil/chs054. Archived from the original on 5 June 2018. https://web.archive.org/web/20180605004937/https://academic.oup.com/ejil/article/23/3/613/399894. Qaraldi: 19 October 2021. Aktivizm]]
  26. "Introduction". Human Rights Dialogue 2 (11): 2. Spring 2004. Archived from the original on 10 January 2022. https://web.archive.org/web/20220110100149/https://www.carnegiecouncil.org/publications/archive/dialogue/2_11/index/_res/id=Attachments/index=0/Human_Rights_Dialogue_Environment.pdf. Qaraldi: 19 October 2021. Aktivizm]]
  27. Britton-Purdy, Jedediah. „Environmentalism Was Once a Social-Justice Movement“. The Atlantic (2016-yil 7-sentyabr). 2021-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-oktyabr.
  28. „Universal Declaration of Human Rights“. United Nations (1948). 2009-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  29. Clapham, Human Rights (2007), p. 19. „In fact, the modern civil rights movement and the complex normative international framework have grown out of a number of transnational and widespread movements. Human rights were invoked and claimed in the contexts of anti-colonialism, anti-imperialism, anti-slavery, anti-apartheid, anti-racism, and feminist and indigenous struggles everywhere.“
  30. 30,0 30,1 Keckler, Charles; Rozell, Mark J. (2015-04-03). "The Libertarian Right and the Religious Right". Perspectives on Political Science 44 (2): 92–99. doi:10.1080/10457097.2015.1011476. ISSN 1045-7097. Archived from the original on 29 June 2023. https://web.archive.org/web/20230629163034/https://www.tandfonline.com/doi/full/10.1080/10457097.2015.1011476. Qaraldi: 19 February 2022. Aktivizm]]
  31. 31,0 31,1 Keckler, Charles; Rozell, Mark J. (2015-04-03). "The Libertarian Right and the Religious Right". Perspectives on Political Science 44 (2): 92–99. doi:10.1080/10457097.2015.1011476. ISSN 1045-7097. Archived from the original on 29 June 2023. https://web.archive.org/web/20230629163034/https://www.tandfonline.com/doi/full/10.1080/10457097.2015.1011476. Qaraldi: 19 February 2022. Aktivizm]]
  32. Goodwin, Jeff. The Social Movements Reader: Cases and Concepts, 2nd, Wiley-Blackwell, 2009. ISBN 9781405187640. 
  33. Zunes, Stephen. Nonviolent Social Movements: A Geographical Perspective. Malden, Mass.: Blackwell, 1999. ISBN 978-1577180753. OCLC 40753886. 
  34. Chenoweth, Erica. Why Civil Resistance Works: The Strategic Logic of Nonviolent Conflict. New York: Columbia University Press, 2013. ISBN 9780231156837. OCLC 810145714. 
  35. „Direct action“ (en). Activist Handbook. 2022-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-iyul.
  36. Tilly, Charles. Contentious Politics, Second revised, New York, NY: Oxford University Press, 2015. ISBN 9780190255053. OCLC 909883395. 
  37. Schuler, Douglas. Liberating Voices: A Pattern Language for Communication Revolution. Cambridge, Massachusetts: MIT Press, 2008. ISBN 9780262693660. 
  38. „Activist Road Trip“. Public Sphere Project (2008). 2019-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-noyabr.
  39. McAdam, Doug (1983). "Tactical Innovation and the Pace of Insurgency". American Sociological Review 48 (6): 735–754. doi:10.2307/2095322. https://archive.org/details/sim_american-sociological-review_1983-12_48_6/page/735. 
  40. Ayres, Jeffrey M. (1999). "From the Streets to the Internet: The Cyber-Diffusion of Contention". The Annals of the American Academy of Political and Social Science 566 (1): 132–143. doi:10.1177/000271629956600111. ISSN 0002-7162. 
  41. „Introduction to Activism“. Permanent Culture Now. 2021-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 20-dekabr.
  42. Kmiec, Keenan D. (October 2004). "The Origin and Current Meanings of Judicial Activism". California Law Review 92 (5): 1441–1478. doi:10.2307/3481421. Archived from the original on 17 December 2019. https://web.archive.org/web/20191217052001/https://scholarship.law.berkeley.edu/cgi/viewcontent.cgi?article=1324&context=californialawreview. Qaraldi: 25 January 2019. Aktivizm]]
  43. „Politically Active? 4 Tips for Incorporating Self-Care, US News“. US News (2017-yil 27-fevral). 2019-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-mart.
  44. Thackeray, David (October 2010). "Home and Politics: Women and Conservative Activism in Early Twentieth-Century Britain" (en). Journal of British Studies 49 (4): 826–848. doi:10.1086/654913. ISSN 1545-6986. PMID 20941876. Archived from the original on 27 January 2022. https://web.archive.org/web/20220127114026/https://www.cambridge.org/core/journals/journal-of-british-studies/article/abs/home-and-politics-women-and-conservative-activism-in-early-twentiethcentury-britain/61F919C0C2F8F8FB8179E6BB5BFC495A. Qaraldi: 27 January 2022. Aktivizm]]
  45. Political Activism across the Life Course Nolas: , 2019-12-18. DOI:10.4324/9781351201797. ISBN 9781351201797. Qaraldi: 2023-yil 29-may. 
  46. Ince, Jelani; Finlay, Brandon M.; Rojas, Fabio (2018). "College campus activism: Distinguishing between liberal reformers and conservative crusaders" (en). Sociology Compass 12 (9): e12603. doi:10.1111/soc4.12603. ISSN 1751-9020. Archived from the original on 27 January 2022. https://web.archive.org/web/20220127120320/https://onlinelibrary.wiley.com/doi/abs/10.1111/soc4.12603. Qaraldi: 27 January 2022. Aktivizm]]
  47. Whiteley, Paul F.; Seyd, Patrick; Richardson, Jeremy; Bissell, Paul (January 1994). "Explaining Party Activism: The Case of the British Conservative Party" (en). British Journal of Political Science 24 (1): 79–94. doi:10.1017/S0007123400006797. ISSN 1469-2112. Archived from the original on 27 January 2022. https://web.archive.org/web/20220127121606/https://www.cambridge.org/core/journals/british-journal-of-political-science/article/abs/explaining-party-activism-the-case-of-the-british-conservative-party/4DBBB9C3276D3C71071BAE596341AED0. Qaraldi: 27 January 2022. Aktivizm]]
  48. 48,0 48,1 Burris, Val (2000-08-01). "The Myth of Old Money Liberalism: The Politics of the Forbes 400 Richest Americans". Social Problems 47 (3): 360–378. doi:10.2307/3097235. ISSN 0037-7791. Archived from the original on 29 June 2023. https://web.archive.org/web/20230629163030/https://academic.oup.com/socpro/article-abstract/47/3/360/1627899?redirectedFrom=fulltext. Qaraldi: 4 February 2022. Aktivizm]]
  49. Scully, Maureen; Rothenberg, Sandra; Beaton, Erynn E.; Tang, Zhi (2017-03-20). "Mobilizing the Wealthy: Doing "Privilege Work" and Challenging the Roots of Inequality". Business & Society 57 (6): 1075–1113. doi:10.1177/0007650317698941. ISSN 0007-6503. https://journals.sagepub.com/doi/full/10.1177/0007650317698941. 
  50. Sliwinski. „The Evolution of Activism: From the Streets to Social Media“. Law Street (2016-yil 21-yanvar). 2016-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-fevral.
  51. Zeynep, Tufekci. Twitter and Tear Gas: The Power and Fragility of Networked Protest. New Haven: Yale University Press, 2017. ISBN 9780300215120. OCLC 961312425. 
  52. 52,0 52,1 52,2 Freelon, Deen; Marwick, Alice; Kreiss, Daniel (2020-09-04). "False equivalencies: Online activism from left to right" (EN). Science 369 (6508): 1197–1201. doi:10.1126/science.abb2428. PMID 32883863. Archived from the original on 21 October 2021. https://web.archive.org/web/20211021142705/https://www.science.org/doi/abs/10.1126/science.abb2428. Qaraldi: 27 January 2022. Aktivizm]]
  53. Hector, Postigo. The digital rights movement : the role of technology in subverting digital copyright. Cambridge, Mass.: The MIT Press, 2012. ISBN 9780262305334. OCLC 812346336. 
  54. Meikle, Graham. Future Active: Media Activism and the Internet. Annandale, N.S.W.: Pluto Press, 2002. ISBN 978-1864031485. OCLC 50165391. 
  55. Tilly, Charles. Contentious Politics, Second revised, New York, NY: Oxford University Press, 2015. ISBN 9780190255053. OCLC 909883395. 
  56. Samuel, Alexandra. Hacktivism and the Future of Political Participation. Harvard University: Doctoral Dissertation, 2004. 
  57. Earl, Jennifer. Digitally Enabled Social Change: Activism in the Internet Age. Cambridge, Mass.: MIT Press, 2011. ISBN 9780262295352. OCLC 727948420. 
  58. Rolfe, Brett (2005). "Building an Electronic Repertoire of Contention". Social Movement Studies 4 (1): 65–74. doi:10.1080/14742830500051945. ISSN 1474-2837. 
  59. Fuchs, Christian (2006). "The Self-Organization of Social Movements". Systemic Practice and Action Research 19 (1): 101–137. doi:10.1007/s11213-005-9006-0. ISSN 1094-429X. 
  60. Clay, Shirky. Here Comes Everybody: The Power of Organizing without Organizations. New York: Penguin Press, 2008. ISBN 9781594201530. OCLC 168716646. 
  61. Castells, Manuel. Networks of Outrage and Hope: Social Movements in the Internet Age, 2nd, Cambridge, UK: Polity, 2015. ISBN 9780745695754. OCLC 896126968. 
  62. Zeynep, Tufekci. Twitter and Tear Gas: The Power and Fragility of Networked Protest. New Haven: Yale University Press, 2017. ISBN 9780300215120. OCLC 961312425. 
  63. Carne, Ross. The Leaderless Revolution: How Ordinary People will Take Power and Change Politics in the 21st Century. New York: Plume, 2013. ISBN 9780452298941. OCLC 795168105. 
  64. Lin, Tom C. W., Incorporating Social Activism Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh. (1 December 2018). 98 Boston University Law Review 1535 (2018)
  65. White, Ben and Romm, Tony, Corporate America Tackles Trump Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh., Politico, (6 February 2017)
  66. Sarkar, Christian. Brand Activism: From Purpose to Action, October 2018. ISBN 978-0-9905767-9-2. 
  67. „WHAT IS BRAND ACTIVISM? – ActivistBrands.com“. 2020-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-aprel.
  68. Lin, Tom C. W. (2015-03-18) (en). Reasonable Investor(s). Rochester, NY. 
  69. „Activist Investor Definition“. Carried Interest. 2019-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-iyul.
  70. Markussen, T (2013). "The Disruptive Aesthetics of Design Activism: Enacting Design Between Art and Politics". Design Issues 29 (1): 38. doi:10.1162/DESI_a_00195. 
  71. Tom Bieling (Ed.): Design (&) Activism – Perspectives on Design as Activism and Activism as Design. Mimesis, Milano, 2019, ISBN 978-88-6977-241-2.
  72. „Fashion Activism: Changing the World One Trend at a Time | Peacock Plume“. peacockplume.fr. 2020-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  73. Hirscher, Anja-Lisa (2013). "Fashion Activism Evaluation and Application of Fashion Activism Strategies to Ease Transition Towards Sustainable Consumption Behaviour". Research Journal of Textile and Apparel 17: 23–38. doi:10.1108/RJTA-17-01-2013-B003. 
  74. Mazzarella, Francesco; Storey, Helen; Williams, Dilys (2019-04-01). "Counter-narratives Towards Sustainability in Fashion. Scoping an Academic Discourse on Fashion Activism through a Case Study on the Centre for Sustainable Fashion". The Design Journal 22 (sup1): 821–833. doi:10.1080/14606925.2019.1595402. ISSN 1460-6925. 
  75. Daie, Jaleh (1996). "The Activist Scientist". Science 272 (5265): 1081. doi:10.1126/science.272.5265.1081. 
  76. Hernandez, Daniela. „Why Some Scientists Are Embracing Activism“. The Wall Street Journal (2017-yil 22-aprel). 2018-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-noyabr.
  77. Scheitle, Christopher P. (2018). "Politics and the Perceived Boundaries of Science: Activism, Sociology, and Scientific Legitimacy". Socius: Sociological Research for a Dynamic World 4: 237802311876954. doi:10.1177/2378023118769544. 
  78. Campbell, Troy H. (2019). „Team Science: Building Better Science Activists with Insights from Disney, Marketing, and Psychological Research“. Skeptical Inquirer. 43-jild, № 4. Center for Inquiry. 34–39-bet. Qaraldi: 10 November 2019.
  79. Fisher. „The Activism Industry“. The American Prospect (2006-yil 14-sentyabr). 2010-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  80. „Do Pay-For-Placement Search Engines engage in Trademark "Use"?, IP Law360 – Godfrey and Kahn“ (2011-yil 11-iyul). 2011-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan.