Jump to content

Toir Dadaxonov

From Vikipediya
Toir Dadaxonov
Tavalludi 1954-yil 6-noyabr
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Quruvchi
Dini Islom
Mukofotlari Oʻzbekiston qahramoni Mehnat shuhrati ordeni

Toir Dadaxonov (1954-yil 6-noyabr, Toshkent shahrida tugʻilgan) — Oʻzbekiston qahramoni, „Mehnat shuhrati“ ordeni sohibi.

Tarjimai holi

[edit | edit source]

Toir Dadaxonov 1954-yil 6-noyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. „12-trest“ ochiq a0ksiyadorlik jamiyatining 50-qurilish boshqarmasi montajchi-payvandchilar brigadasi boshligʻi sifatida faoliyat yuritgan. Dadaxonov boshchiligidagi brigada aʼzolari M. Gorkiy nomli rus drama teatri, Oʻzbek Milliy akademik teatrini qayta taʼmirlash, Mustaqillik maydonida Oliy Majlis Senati maʼmuriy binosi, Moliya vazirligining gʻaznaxonasi, Surxondaryo viloyati Termiz shahrida „Yagona qabullar uyi“, Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish universiteti binosi, „Oʻzbekinvest“ maʼmuriy binosining rekonstruksiyasi, Oʻzbekiston yoshlar futbol maktabi, Alisher Navoiy nomidagi kutubxona, oliy toifadagi «Hyatt» mexmonxonasi, Oʻzbekiston Respublikasi qurolli Kuchlar akademiyasi, Chilonzor tumanidagi 238-umumtaʼlim maktabi va A.Qodiriy nomidagi ijod maktabi qurilish jarayonlarida ishtirok etgan[1].

Mukofotlari

[edit | edit source]

Manbalar

[edit | edit source]
  1. Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor 2021, s. 126.
  2. „«OʻZBEKISTON QAHRAMONI» UNVONINI BERISh TOʻGʻRISIDA“. lex.uz. Qaraldi: 10-sentabr 2023-yil.

Adabiyotlar

[edit | edit source]

Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor va boshqalar. Oʻzbekiston qahramonlari. Toshkent: Adabiyot, 2021 — 216-bet. Qaraldi: 11-avgust 2023-yil.