Togg T10X
Togg T10X | |
---|---|
Asosiy maʼlumotlar | |
Ishlab chiqaruvchi | Togg |
Model yili | 2023—hozirgacha |
Zavod(lar) | Gemlik, Turkiya |
Tasnifi | |
Sinfi | SUV |
Segment | C-segment |
Kuch moslamalari | |
Dvigateli | 2 ta elektr motor |
Transmissiyasi | Avtomatik |
Oʻlchamlari | |
Gʻildirak bazasi | 2800 |
Uzunligi | 4599 |
Kengligi | 1866 |
Balandligi | 1676 |
Yukxonahajmi |
441l[1] 1515l[1](orqa oʻrindiqlar yotgizilganda) |
Eksteryer | |
Eshiklar soni | 5-eshikli |
Boshqa maʼlumotlar | |
Dizayneri |
Pininfarina Murat Gyunak |
Togg T10X — C-segmentiga kiruvchi toʻliq elektrlashgan krassover (SUV) boʻlib, Turkiyaning avtomobil ishlab chiqaruvchisi boʻlmish Togg kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariluvchi elektromobildir.
Tarixi
[edit | edit source]Ilk turk elektromobili 2022-yil 29-oktabr kuni namoyish etilgan[2].
Avvaliga ishlab chiqaruvchi 2023-yil aprel oyida mijozlarga 12 000 dona avtomobil yetkazib berishi kerak edi. Lekin mijozlar tomonidan qiziqish yuqoriligi sababli aprel oyida 20 000 dona avtomobil yetkazib berdi. Ilk xaridorlar qur’a tashlash yoʻli bilan aniqlandi[1].
Nomi
[edit | edit source]T10X kodi quyidagi maʼnoni anglatadi:
- „T“ harfi Turkiya, transport vositasining ishlab chiqarilgan mamlakati va Togg kompaniyasining bosh harfini anglatadi;
- „10“ raqami ixcham hisoblanmish C-segmentni anglatadi;
- „X“ harfi yoʻltanlamasning kuzov turini bildiradi.
TK
[edit | edit source]Togg T10X dastlab bitta dvigatelli va ikkita akkumulyator opsiyasi bilan sotiladi: 52,4 kVt/soat va 88,5 kVt/soat quvvatga ega batareykalari mos ravishda 314 va 523 kilometr masofani bosib o'ta oladi. T10X ning birinchi versiyasi 100 km/soat tezlikka 7,6 soniyada tezlasha oladi, 29-oktabrdan yetkazib berishi boshlanadigan ikkinchi versiya esa 4,8 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi[1].
T10X avtomobillari bir quvvatlanishda 314 km masofa bosib o‘tadigan standart versiya va 523 km masofa bosib o‘tadigan versiyaga ega. Akkumlyotorlar 28 daqiqada 80% gacha quvvatlanadi[1][3].
Togg T10X RWD[4] · [5] | Togg T10X AWD | |||||
---|---|---|---|---|---|---|
V1 Standard Range | V2 Standard Range | V2 Long Range | Fintions will be available in Octobre 2023 | |||
Motor | Elektrli | Elektrli | Elektrli | Elektrli | ||
Motor kuchi (kW) | 160 | 160 | 160 | 320 | ||
Motor kuchi (ch) | 218 | 218 | 218 | 435 | ||
Torque (N m) | 350 | 350 | 350 | 700 | ||
Transmissiya | Rear-wheel drive (RWD) | Rear-wheel drive (RWD) | Rear-wheel drive (RWD) | All-wheel drive (AWD) | ||
Yuqori tezlik (km/soat) | 185 | 185 | 185 | 185 | ||
0 - 100 km/soatga (s) | 7,6 | 7,6 | 7,8 | 4,8 | ||
Ogʻirligi (kg) | 1949 | 1974 | 2126 | |||
Tormoz | Cooled disc brake | Cooled disc brake | Cooled disc brake | |||
Suspensions | MacPherson | MacPherson | MacPherson | |||
Batareya | ||||||
Turi | Litiy-ion | |||||
Batareya sigʻimi (kWh) | 52,4 | 52,4 | 88,5 | |||
Masofa (WLTP) (km) | 314 | 314 | 523 | |||
Consumption (kWh/100 km) | 16,7 | 16,7 | 16,9 | |||
Quvvatlanish vaqti | ||||||
AC | 195 minut | 195 minut | 345 minut | |||
DC | 28 minut (20 dan 80 % gacha) | 28 minut (20 dan 80 % gacha) | 28 minut (20 dan 80 % gacha) |
Ishlab chiqarish
[edit | edit source]Elektromobil Turkiya g‘arbidagi Bursa viloyatidagi zavodda yig‘iladi. 2023-yilda 20 ming dona elektromobil ishlab chiqarish rejalashtirilgan[3].
Narxi
[edit | edit source]2023-yil 14-mart kuni T10X elektromobili sotuvga chiqdi (oldindan buyurtma qilish). Bir quvvatda 314 km masofa bosib o‘tadigan standart versiya 923 ming turk lirasi (2023-yil aprel oyidagi valyuta kursi boʻyicha 554 mln so‘m), 523 km masofa bosib o‘tadigan versiya 1,215 million turk lirasi (2023-yil aprel oyidagi valyuta kursi boʻyicha 730 mln so‘m) turadi[3].
Eksport
[edit | edit source]Avvaliga elektromobil MDH davlatlari bozoriga chiqarilishi rejalashtirilgan. Xususan, Turkiya TIV Mehmet Chovushoʻgʻlining maʼlum qilishicha Turkmaniston ushbu avtomobilning oq rangga boʻyalgan versiyasini buyurtma qilgan[2].
2023—2024-yillar davomida Togg elektromobillarini faqatgina Turkiya bozorida sotish, keyinchalik esa Germaniya, Fransiya va Yevropaning boshqa mamlakatlariga eksport qilish rejalashtirilgan[3].
Sovgʻa
[edit | edit source]2023-yil 4-aprel kuni ushbu elektromobilning ilk modeli Rajab Toyib Erdogʻon va uning rafiqasiga yetkazib berildi. Erdogʻonga toʻq koʻk rangdagi, uning rafiqasiga esa qizil rangli avtomobillar taqdim etilgan[1].
Bugun biz xalqimizning 60 yilli orzulari amalga oshganini kuzatib turimmiz.
— Rajab Toyyib Erdoʻgʻon[1], in
Shuningdek, shu kunning oʻzida Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevga ushbu elektromobil sovgʻa tariqasida yetkazib berildi. Aprel oyida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan Istanbuldagi mitingdagi chiqishi chogʻida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga yaqin kunlarda yangi Togg T10X elektromobili sovgʻa qilinishi haqida maʼlum qildi[3].
Togg allaqachon Turkiya yo‘llarida kezib yuribdi. Ulardan birini birodarim, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev qabul qilib oldi. Ana shunday mashinalardan birini ikkinchi birodarim, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga jo‘natyapmiz.
— Rajab Toyyib Erdog'on[3], in
2023-yil 12-aprel kuni Turkiyaning sanoat va texnika vaziri Mustafo Varank[6] Shavkat Mirziyoyevga Togg T10X elektromobilini kalitini topshirdi[7][8][9]. Prezident ushbu elektromobilni ruliga oʻtirib uni haydab koʻrdi[10][11][12].
2023-yil 3-noyabr kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida qozogʻistonlik hamkasbi Qosim Joʻmart Toʻqayevga Togg elektromobilini sovgʻa qildi[13][14][15].
2023-yil dekabr oyida Erdogʻon Mojaristonga rasmiy tashrifi chogʻida Viktor Orbanga ushbu avtomobildan sovgʻa qildi[16][17][18][19].
Manbalar
[edit | edit source]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 „Segodnya mы vmeste nablyudaem realizatsiyu 60-letney mechtы nashego naroda», — prezident Turtsii Redjep Tayip Erdogan stal pervыm vladelьtsem Togg T10X“ (ru) (04 aprelya 2023). Qaraldi: 24-dekabr.
- ↑ 2,0 2,1 „Pervыy turetskiy elektromobilь Togg T10X vыxodit na postsovetskom prostranstve. Skoro startuyut prodaji v Turkmenistane“. ixbt.com. Qaraldi: 24-dekabr.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 „Erdo‘g‘an Mirziyoyevga yangi turk elektromobili jo‘natilishini ma’lum qildi“ (uz). Kun.uz (2023-yil 10-aprel). Qaraldi: 24-dekabr.
- ↑ Togg T10X Katalog (tr), Gebze, Turquie, 14 March 2023 — 27-bet. Qaraldi: 2023-yil 15-mart.
- ↑ David Lefevre. „Togg T10X : un SUV électrique venu de Turquie bientôt sur les routes européennes“ (2023-yil 15-mart).
- ↑ Haber Lütfen(turk.)
- ↑ „Video: Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti sovg‘a qilgan elektromobilni haydab ko‘rdi“ (uz). daryo.uz. Qaraldi: 24-dekabr.
- ↑ „Shavkat Mirziyoyevga Turkiyaning birinchi milliy elektromobili topshirildi“ (uz). kun.uz. Qaraldi: 24-dekabr.
- ↑ havola Togg T10X Facebook sahifasi
- ↑ „Oʻzbekiston Prezidenti Turkiya bilan sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar borligini qayd etdi“ (uz). president.uz (2023-yil 12-aprel). Qaraldi: 24-dekabr.
- ↑ Prezident rasmiy telegram kanali(oʻzb.) Telegram mesenjerida
- ↑ Prezident rasmiy kanali(oʻzb.)
- ↑ „Erdo‘g‘on To‘qayevga ham Togg elektromobili sovg‘a qildi (video)“. daryo.uz. Qaraldi: 24-dekabr.
- ↑ „Erdogan podaril Tokaevu elektromobilь“. tangrinews.kz. Qaraldi: 24-dekabr.
- ↑ Redjep Tayip Erdogan podaril glave Kazaxstana avtomobilь turetskogo proizvodstva TOGG.(ozar.)
- ↑ RIA Novosti(rus.) Telegram mesenjerida
- ↑ Cumhurbaşkanı Erdoğan, Orban’a TOGG hediye etti (Demirören Haber Ajansı)(turk.)
- ↑ Cumhurbaşkanı Erdoğan, Macaristan Başbakanı Orban'a Togg hediye etti!(turk.)
- ↑ Macaristan Başbakanından Erdoğan'a Çok Özel Hediye! Erdoğan O Hediyeyi Görünce Bakın Ne Yaptı(turk.)