Jump to content

Igor Diveyev

From Vikipediya
Igor Diveyev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Igor Sergeyevich Diveyev
Tavallud sanasi 27-sentyabr 1999-yil (1999-09-27) (25 yosh)
Tavallud joyi Ufa, Rossiya
Boʻyi 1.93 m
Ampluasi Markziy himoya
Klub maʼlumoti
Joriy klub
CSKA Moscow
Raqami 78
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Stal Ufa
2015-2016 FC Ufa

‡ Milliy terma jamoadagi gollari (14-noyabr 2021-yil uchun)

Igor Sergeyevich Diveyev (ruscha: Igorь Sergeevich Diveev; 1999-yil 27-sentyabrda tugʻilgan) – Rossiyalik futbolchi, Moskvaning CSKA klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati

[edit | edit source]

Diveyev 2018-yilning 26-avgust kuni Sankt-Peterburgning „Zenit“ klubiga qarshi oʻyinda „Ufa“ safida Rossiya Premer-ligasida debyut qilgan[1].

2019-yilning 22-fevralida Diveyev 2018-19 -yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida Moskvaning CSKA klubiga oʻtdi va 2019-yil yozida unga doimiy shartnoma taklif qilindi[2]. 2019-yil 31-may kuni Moskvaning CSKA klubi Diveyevning ijara shartnomasini doimiy qilish boʻyicha oʻz imkoniyatlaridan foydalanganliklarini eʼlon qildi va u bilan besh yillik shartnoma imzoladi[3].

Xalqaro

[edit | edit source]

2020-yilning noyabr oyida u birinchi marta Rossiya terma jamoasi tarkibiga Moldova, Turkiya va Serbiyaga qarshi oʻyinlarga chaqirildi[4]. U 2020-yilning 12-noyabr kuni Moldova bilan oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan[5]. U 2020-yil 18-noyabrda Millatlar ligasi doirasida Serbiyaga qarshi oʻyinda debyut qilgan, Rossiya birinchi boʻlimda 4 ta gol urigan va Diveyev jrarohat olib tanaffusda almashtirilgan. Oʻyindan soʻng unga miya chayqalishi va burni sinishi tashxisi qoʻyilgan[6][7].

2021-yil 11-may kuni u UEFA Yevro-2020 uchun kengaytirilgan 30 kishilik dastlabki tarkibga kiritilgan. 2021-yil 2-iyunda u yakuniy tarkibga kiritildi[8]. 12-iyun kuni Rossiyaning Belgiyaga qarshi dastlabki oʻyinida u Rossiya terma jamoasining 0:3 hisobida magʻlub boʻlganida, zaxiradan maydonga tushdi. U 16-iyun kuni Finlandiyaga qarshi ikkinchi oʻyinda 1:0 hisobidagi gʻalaba bilan boshlangan va toʻliq oʻyinni oʻtkazgan. U yana 21-iyun kuni guruhning soʻnggi oʻyinida Daniyaga qarshi toʻliq oʻyin oʻtkazdi, Rossiya 1:4 hisobida magʻlub boʻldi va musobaqadan chiqib ketdi. 

U ilk xalqaro golini 2021-yilning 11-oktyabrida Jahon chempionati saralashida Sloveniyaga qarshi oʻyinda kiritgan[9].

Faoliyat statistikasi

[edit | edit source]
Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Qitʼa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Ufa 2018-19 RPL 2 0 1 0 0 0 3 0
Ufa-2 2018-19 PFL 2 0 - - 2 0
CSKA Moskva 2018-19 RPL 10 0 - - 10 0
2019-20 26 0 3 1 6 1 35 2
2020-21 23 2 3 0 6 0 32 2
2021-22 27 3 2 2 - 29 5
Jami 86 5 8 3 12 1 106 9
Karyera jami 90 5 9 3 12 1 111 9

Xalqaro

[edit | edit source]
Terma jamoada oʻyin va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gollar
Rossiya
2020 2 0
2021-yil 12 1
Jami 14 1

Xalqaro maydondagi gollar

[edit | edit source]
Raq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 11.10.2021 Ljudski vrt, Maribor, Sloveniya Sloveniya 1 – 0 2-1 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi

Manbalar

[edit | edit source]
  1. „Game Report by RFPL“. Russian Premier League (26-avgust 2018-yil).
  2. „PFK TsSKA arendoval Igorya Diveeva“ (ruscha). pfc-cska.com/. PFC CSKA Moscow (22-fevral 2019-yil). Qaraldi: 22-fevral 2019-yil.
  3. „PFK TsSKA vыkupil transfer Diveeva“ (ruscha). pfc-cska.com/. PFC CSKA Moscow (31-may 2019-yil). Qaraldi: 31-may 2019-yil.
  4. „Sostav na Moldaviyu, Turtsiyu i Serbiyu“ (ruscha). Russian Football Union (2-noyabr 2020-yil).
  5. „Nulevaya nichьya v Kishineve“ (ruscha). Russian Football Union (12-noyabr 2020-yil).
  6. „Serbia v Russia game report“. UEFA (18-noyabr 2020-yil).
  7. „Igorь Diveev proshel obsledovanie“ (ruscha). PFC CSKA Moscow (19-noyabr 2020-yil).
  8. „Sostav sbornoy Rossii na EVRO-2020“ (ruscha). Russian Football Union (2-iyun 2021-yil).
  9. „Slovenia v Russia game report“ (ruscha). Russian Football Union (11-oktabr 2021-yil).