Kontent qismiga oʻtish

Albertina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Albertina — Vena shahridagi grafika asarlari koʻrgazmasi, dunyoda eng boy toʻplamlardan: 35 mingdan ziyod rasm, miniatyura asarlari, 1 milliondan ortiq gravyura va litografiya, plakatlar mavjud. Rafael, A. Dyurer, P. Rubens, Rembrandt va boshqa yaratgan koʻplab nodir rasmlar yigʻilgan. 1776-yilda gersog Albertining shaxsiy toʻplami sifatida asos solingan. 1920-yilda Vena universiteti gravyura kabineti bilan birlashtirilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil