Kontent qismiga oʻtish

Italiyada turizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2024-yil 4-noyabr, 15:12 dagi MirfayzbekAbdullayev (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)
Rimdagi eng koʻp tashrif buyuriladigan Kolizey yodgorligi
Venetsiya shahri, dunyodagi eng koʻp tashrif buyuriladigan shaharlardan biri [1][2]
Santa Maria del Fiore sobori, Florensiya
Sassi di Matera manzilgohi
Milan sobori, sayyohlar koʻp toʻplanadigan joy.[3]

Italiyada turizmItaliya iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biri. Italiya milliy statistika instituti maʼlumotlariga koʻra, 2019-yilda Italiyaga 65 million sayyoh tashrif buyurgan. Bu dunyodagi eng koʻp tashrif buyuradigan 5 ta davlatdan biridir. Italiya bankining 2018-yildagi maʼlumotlariga qaraganda, turizm sohasi Italiya YaIMning 5% ulushini tashkil qiladi[4][5] .

Hozirgi vaqtda Italiyaga turistlarining qiziqishiga madaniyat, oshxona, arxitektura, sanʼat, diniy joylar, suv ustidagi shahar hamda kurortlar sabab boʻlmoqda. Alp va Apennin togʻlarida qishki va yozgi turizm, Oʻrtayer dengizi qirgʻoqlarida esa dengiz turizmi rivojlangan,[6]. Rim 2017-yilda 9,4 million turist tashrif buyurgani bilan Yevropada 3-oʻrinni, dunyoda esa 12-oʻrinni egallagan. Milan esa 6,8 million turist bilan dunyo reytingining 27-oʻrinni band qilgan[7]. Bundan tashqari Venetsiya va Florensiya shaharlari Dunyodagi eng yaxshi 10 ta manzil roʻyxatiga kiritilgan. Shuningdek, Italiya dunyoda YuNESKOning madaniy meros obʼyektlari soni eng koʻp boʻlgan davlatdir[8]. Rim imperiyasi davrida, oʻrta asrlarda va Renessansda Italiyadagi koʻplab yodgorliklar barpo qilindi[9]. Mamlakatda 4 mingdan ortiq muzeylar, 85 mingta tarixiy cherkovlar va 40 mingta tarixiy yodgorliklar mavjud. Barcha obʼyektlar Italiya Madaniyat vazirligi muhofazasiga olingan[9][10].

Italiyada 1 dan 5 yulduzgacha mehmonxonalar bor. Italiya milliy statistika instituti hisob-kitoblariga koʻra, 2017-yilda 32988 ta mehmonxonalar faoliyat olib bormoqda[11][12].

Kapri oroli
Pompey, dunyoning eng koʻp turist tashrif buyuradigan 48-shahri
Cinque Terre majumasi
Palermo sobori

Ilk tashriflar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Odamlar Italiyaga turli asrlarda kelib turishgan. Biroq, aynan turistik sabablarga koʻra 17-asrdan aristokratlar boshlab berishgan[13]. Rim shahri asrlar mobaynida Buyuk Britaniya, Shimoliy Afrika, Gʻarbiy Osiyolik odamlarning eʼtiborini qozonib kelgan. Savdogarlar ham Italiyani savdo qilishlari uchun eng yaxshi joy deb bilishgan. Milodiy 476-yili Gʻarbiy Rim imperiyasi qulaganda, Rim shahri endi Yevropaning siyosiy va madaniy markazi boʻlmay qolgandi. Shunday boʻlsa-da, Rim shahriga turistlarning oqimi toʻxtab qolmadi, ular Rimga qadimiy ibodatxonalarni, cherkovlarni va shunga oʻxshash binolarni koʻrgani kelishardi. Bu dunyodagi ilk „diniy turizm“ning boshlanishi edi. Renessans davrining eng gullagan davrida yaʼni 16-17-asrlarda Italiya meʼmorchiligini oʻrganish uchun sayyohlar kela boshlaydi. Bunga Inigo Jonsni misol qilib keltirish mumkin.

Turizm sohasi Italiya iqtisodiyotiga XVII asrning ikkinchi yarmida yaʼni Grand Tour boshlanishi bilan taʼsir koʻrsata boshladi. Bunda ingliz boʻlgan yevropalik aristokratlar Yevropaning diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurishayotgandi va bu jarayonda Italiya asosiy manzilga aylangandi[13] [14]. Grand Tour boshlanishiga ramziy maʼnoda Rim-katolik ruhoniysi Richard Lasselsning „Italiyaga sayohat“ kitobining yozilishi asos qilib olingandi[15]. Grand Tour tufayli turizm yanada keng tarqaldi. Italiya millionlab odamlar uchun eng koʻp orzu qilingan manzillardan biriga aylandi[16].

Grand Tour mobaynida eng koʻzga tashlanadigan Florensiya, Siena, Piza, Luka va Toskana shaharlari edi. Rim shahri ham Grand tourning asosiy manzillaridan biri hisoblangan.

Ommaviy turizm

[tahrir | manbasini tahrirlash]

XVII—XVIII asrlar davomida Grand Tour asosan akademiklar yoki aristokratlar uchun xizmat qilgan. Bir manzildan ikkinchi manzilga yetib olish oddiy aholi uchun qimmatga tushishini inobatga olib, 1840-yilda shaharlararo temiryoʻl transporti joriy qilindi. Bu ommaviy turizm tomon tashlangan ilk qadam edi. Amerikaliklar ham temiryoʻl transportidan foydalanib, Venetsiya, Florensiya, Rim, Neapol va Sitsiliya kabi shaharlarni koʻrishga muvaffaq boʻlishdi.

Vaqtlar oʻtib tarixiy obidalarni koʻrish keladigan turistlar soni ancha kamaygan va Italiyaning tabiatini koʻrish uchun kelgan turistlarning salmogʻi oshgan. Dengiz boʻyidagi kurortlar, Liguriya qirgʻoqlari, suv ustida barpo qilingan Venetsiya shahri dunyo boʻylab mashhurlikka erishgan.

1970-yillarning oxiri va 1980-yillarning boshlarida iqtisodiy inqirozlar, siyosiy beqaroro\lik va bir qancha sabablar tufayli keladigan turistlarga ham salbiy taʼsir oʻtkazdi. Bundan tashqari, shu paytda Uzoq Sharq va Janubiy Amerikaning manzilgohlari turizmda yetakchilik qilishni boshladi. Ammo oradan 10 yillar oʻtib, turistlarnig eʼtibor markazi Milan shahriga qaytdi. Shunday qilib, Milan dunyo moda poytaxti deya eʼtirof etildi.

Joylashuvi va iqlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Italiyaning topografik xaritasi

Italiya Yevropaning janubida joylashgan boʻlib, u ham Gʻarbiy Yevropaning bir qismi hisoblanadi. 35° va 47° shimoliy kenglik va 6° va 19° uzunlik oraligʻida joylashgan. Shimolda Shveysariya, Fransiya va Avstriya bilan chegaradosh. Sloveniya davlati va Alp togʻlari bilan esa suv orqali chegaralangan. Italiya Shimoliy yarimsharning bir qismi hisoblanadi. Mamlakatning umumiy maydoni 301,230 kvadrat kilometrni tashkil qiladi[17][18].

Italiyaning iqlim xaritasi

Yarimorolning uzunligi va togʻli hududlarining koʻpligi tufayli Italiyaning iqlimi juda xilma-xildir. Italiyaning shimoliy hududlari (Turin, Milan va Boloniya) nam subtropik iqlimga mos yaʼni nisbatan salqin, oʻrta kenglikdagi Liguriyaning qirgʻoq hududlari va Florensiya janubidagi yarim orollar kontinental iqlimga toʻgʻri keladi[19].

Sohilboʻyi hududlarida qish yumshoq, yoz issiq va quruq boʻladi, ammo pasttekislik vodiylari yozda juda issiq boʻlishi mumkin. Shimol va janub oʻrtasidagi hududlarda qishda haroratda sezilarli darajada farq boʻlishi mumkin: baʼzi qish kunlarida −2 °C, Rimda 8 °C, Palermoda 20 °C boʻlishi mumkin.

Rimdagi Leonardo da Vinchi xalqaro aeroporti

Italiyaning milliy yoʻl tarmogʻi 6758 km ni tashkil qiladi. Italiya havo transportida yoʻlovchilar soni boʻyicha Yevropada beshinchi oʻrinda turadi, 2011-yilda taxminan 148 million yoʻlovchi yoki Yevropa aholisi sonining sonining taxminan 10%ini tashkil qiladi[20]. Italiyada taxminan 130 ta aeroport mavjud boʻlib, ulardan 99 tasi asfaltlangan uchish-qoʻnish yoʻlaklariga ega.

Statistikalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Davlatlar kesimida turistlarning soni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilda Italiyaga quyidagi mamlakatlardan turistlar kelishgan[21].

# Davlat Turistlar soni
1 Olmoniya bayrogʻi Olmoniya 12.832.334
2 AQSH bayrogʻi AQSh 6.092.750
3 Fransiya bayrogʻi Fransiya 4.744.412
4 Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik 3.695.112
5 Xitoy bayrogʻi Xitoy 3.167.960
6 Shveytsariya bayrogʻi Shveysariya 3.027.331
7 Avstriya bayrogʻi Avstriya 2.648.203
8 Ispaniya bayrogʻi Ispaniya 2.243.621
9 Niderlandlar bayrogʻi Niderlandiya 2.137.760
10 Rossiya bayrogʻi Rossiya 1.778.720
11 Polsha bayrogʻi Polsha 1.593.692
12 Boshqa Yevropa davlatlari 1.406.696
13 Boshqa Osiyo davlatlari 1.282.925
13 Belgiya bayrogʻi Belgiya 1.258.901
15 Yaponiya bayrogʻi Yaponiya 1.133.200
16 Braziliya bayrogʻi Braziliya 1.116.846
17 Avstraliya bayrogʻi Avstraliya 1.049.285
18 Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi 1.006.673
19 Kanada bayrogʻi Kanada 948.176
20 Chexiya bayrogʻi Chexiya 900.502
21 Ruminiya bayrogʻi Ruminiya 797.381
22 Boshqa Lotin Amerikasi davlatlari 719.212
23 Shvetsiya bayrogʻi Shvetsiya 697.407
24 Daniya bayrogʻi Daniya 631.748
25 Vengriya bayrogʻi Vengriya 610.697
26 Argentina bayrogʻi Argentina 610.117
27 Isroil bayrogʻi Isroil 605.415
28 Hindiston bayrogʻi Hindiston 593.319
29 Boshqa Yaqin Sharq davlatlari 537.669
30 Irlandiya bayrogʻi Irlandiya 459.011
31 Meksika bayrogʻi Meksika 413.514
32 Portugaliya bayrogʻi Portugaliya 410.857
33 Turkiya bayrogʻi Turkiya 404.344
34 Norvegiya bayrogʻi Norvegiya 390.789
35 Boshqa davlatlar 362.967
36 Yunoniston bayrogʻi Gretsiya 353.276
37 Sloveniya bayrogʻi Sloveniya 330.638
38 Xorvatiya bayrogʻi Xorvatiya 294.825
39 Finlandiya bayrogʻi Finlandiya 267.366
40 Bolgariya bayrogʻi Bolgariya 242.836
41 Slovakiya bayrogʻi Slovakiya 239.772
42 Shimoliy Afrika davlatlari 209.352
43 Boshqa Afrika davlatlari 190.346
44 Litva bayrogʻi Litva 168.894
45 Yangi Zelandiya bayrogʻi Yangi Zelandiya 140.019
46 Malta bayrogʻi Malta 128.442
47 Janubiy Afrika bayrogʻi Janubiy Afrika Respublikasi 110.147
48 Lyuksemburg bayrogʻi Lyuksemburg 94.622
49 Latviya bayrogʻi Latviya 93.279
50 Misr bayrogʻi Misr 83.236
51 Estoniya bayrogʻi Estoniya 78.398
52 Venesuela bayrogʻi Venesuela 48.017
53 Islandiya bayrogʻi Islandiya 43.216
54 Kipr bayrogʻi Kipr 34.296
Jami turistlar soni 65.010.220

Sayohat davomiyligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tartib raqam Davlat Sayohat davomiyligi(kun)
1 Olmoniya bayrogʻi Olmoniya 58.699.396
2 AQSH bayrogʻi AQSh 16.302.928
3 Fransiya bayrogʻi Fransiya 13.842.473
4 Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik 13.674.263
5 Shveytsariya bayrogʻi Shveysariya 10.806.529
6 Niderlandlar bayrogʻi Niderlandiya 10.320.382
7 Avstriya bayrogʻi Avstriya 9.520.238
8 Polsha bayrogʻi Polsha 6.203.982
9 Rossiya bayrogʻi Rossiya 5.819.444
10 Ispaniya bayrogʻi Ispaniya 5.789.755
11 Xitoy bayrogʻi Xitoy 5.355.907
12 Belgiya bayrogʻi Belgiya 4.751.383
13 Chexiya bayrogʻi Chexiya 4.127.567
14 Daniya bayrogʻi Daniya 3.058.530
15 Avstraliya bayrogʻi Avstraliya 2.881.036
16 Braziliya bayrogʻi Braziliya 2.824.686
17 Ruminiya bayrogʻi Ruminiya 2.765.252
18 Kanada bayrogʻi Kanada 2.665.209
19 Yaponiya bayrogʻi Yaponiya 2.544.362
20 Shvetsiya bayrogʻi Shvetsiya 2.372.891
21 Vengriya bayrogʻi Vengriya 2.210.468
22 Irlandiya bayrogʻi Irlandiya 1.815.223
23 Norvegiya bayrogʻi Norvegiya 1.247.398
24 Yunoniston bayrogʻi Gretsiya 903.868
Qoʻshimcha YI davlatlari 17.437.507
Boshqa Yevropa davlatlari 5.311.276
Jami 220.662.684

Turizmga qiziqishning omillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Italiyaga tashrif buyurish uchun juda koʻp omillar mavjud[22].

Madaniy turizm

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kaserta saroyi
Scrovegni Chapel majumuasi

Italiya gʻarbiy sivilizatsiyaning bevosita oʻchogʻi hisoblanadi[23]. Italiya asrlar davomida Gʻarb madaniyatida markaziy oʻrinni egallagan va hanuzgacha oʻzining madaniy anʼanalari va sanʼatkorlari bilan tanilgan. Oʻrta asrlar va Uygʻonish davrida bir qator meʼmorlar, rassomlar va olimlarni jalb qilish uchun yodgorliklar, rasmlar, musiqa va adabiyot merosini yaratdilar[24]. Mamlakat dunyoga mashhur bir qancha shaharlarga ega. Rim – Rim imperiyasining qadimiy poytaxti, katolik cherkovi papasining qarorgohi, qayta birlashgan Italiyaning poytaxti va jahon ahamiyatining badiiy, madaniy va kinematografiya markazi edi. Florensiya – Uygʻonish davrining yuragi boʻlib, oʻrta asrlar oxirida sanʼatda katta yutuqlarga erishgan[25]. Milan Italiyaning sanoat va moliyaviy poytaxti va jahon moda poytaxtidir. Oʻrta asrlardan to erta zamonaviy davrgacha boʻlgan yirik moliyaviy va dengiz davlatining sobiq poytaxti boʻlgan Venetsiya oʻzining murakkab kanal tizimi bilan butun dunyodan sayyohlarni oʻziga jalb qiladi, ayniqsa Venetsiya karnavali paytida. Neapol — Yevropadagi eng yirik tarixiy shahar markazi va dunyodagi eng qadimgi doimiy jamoat opera teatri (Teatro di San-Karlo) joylashgan hududdir. Boloniya mamlakatning asosiy transport markazi, shuningdek, dunyodagi eng qadimgi universitet va butun dunyoga mashhur oshxonasiga ega[26] .

Dengizboʻyi turizmi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Otranto dengizi
Venetsiyadagi kema

Oʻrtayer dengizida Italiyani uch tomondan toʻrt xil dengiz oʻrab oladi: sharqda Adriatik dengizi, janubda Ion dengizi, gʻarbda Liguriya va Tirren dengizlari. Orollar bilan birga Italiya 8000 kilometrdan ortiq qirgʻoq chizigʻiga ega[27].

Dengiz boʻyidagi diqqatga sazovor joylar: Taormina, Algero, Positano, Otranto, Tropea, Porto Santo Stefano, Sirolo, Vieste, Sperlonga, Cesenatico, Sestri Levante, Vasto, Termoli, Maratea, Bibione, Muggia, Amalfi, Atrani, Camogli, Kaposello, Castocellion, Cefalu, Gallipoli, Lerisi, Manarola, Monterosso al Mare, Pisciotta, Polignano Mare, Portofino, Praiano, Ravello, Sciacca, Scilla, Sorrento, Vernazzalar mavjud[28].

Togʻ turizmi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sestriere togʻi
Vesuvius togʻi

Italiyada qishki va yozgi togʻ turizmi mavjud. Shimoliy kengliklarda joylashgan boshqa mamlakatlarga nisbatan iqlim unchalik qattiq boʻlmaganiga qaramay, Italiya koʻplab togʻ tizmalari mavjudligi (togʻli hududning ulushi 35% atrofida) tufayli qishki sport bilan shugʻullanuvchi sayyohlarni jalb qila oladi[29].

Yevropadagi eng baland togʻ tizmasi Alp togʻlarida koʻplab qishki sport turlari va turar joy binolari bilan jihozlangan Apennin togʻlari bor. Shimolda eng mashhur changʻi kurortlari Sestrere, Livigno, Bormio, Ponte di Legno, Dolomitlarda (ayniqsa, Kortina d’Ampezzo), shuningdek Valle d’Aosta (ayniqsa Breuil-Cervinia) da joylashgan[30] .

Shimoli-gʻarbiy Italiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Fenis qasri

Italiyaning bu qismida koʻplab tarixiy shaharlar mavjud: Turin-Italiyaning ishlab chiqarish poytaxti, Milan- mamlakatning biznes va moda poytaxti va muhim Genuya porti mintaqaning eng mashhur sayyohlik joylaridir.

Aosta, Bergamo, Breshiya, Komo va Mantua kabi boshqa shaharlar ham boy madaniy merosga ega boʻlib, ular mintaqaga tashrif buyuruvchilarni Garda koʻllari (Katullus va Gardone Riviera togʻlari bilan), Komo (Bellagio va Varenna bilan) va Maggiore kabi goʻzal landshaftlar bilan turistlarni oʻziga jalb qiladi. Bundan tashqari hududda Sestriere, Courmayeur, Breuil-Cervinia, Livigno va Bormio kabi muhim changʻi kurortlari mavjud.

Shimoli-sharqiy Italiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Italiyaning bu qismi kanallar bilan toʻlgan Venetsiya shahri, shunindek Verona, Vitsensa, Padua, Trento, Bolzano, Cremona, Bolonya, Ferrara, Parma, Ravenna, Kesena, Rimini va Triest shaharlari kabi bir qancha muhim turistik diqqatga sazovor joylarga ega. Bu hududda Venetodagi Prosesso, Tiramisu, Kotechino va San Daniele kabi vino va taomlarni oʻz ichiga olgan noyob oshxonalar mavjud.

Markaziy Italiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu hudud Italiyadagi eng koʻp tashrif buyuriladigan manzil boʻlib, koʻplab mashhur diqqatga sazovor joylarni, shuningdek, landshaftlarni oʻz ichiga oladi. Rim imperiyasidan qolgan moʻjizalari va Kolizey kabi dunyoning eng mashhur diqqatga sazovor joylari aynan shu hududda joylashgan.

Italiya Uygʻonish davrining tugʻilgan joyi hisoblangan Florensiya shahri yaqinidagi Siena, Piza, Aretszo va Luka kabi shaharlar ham boy madaniy merosga ega. Bu hudud oʻzining goʻzal manzaralari bilan mashhur hisoblanib, Italiyaning oʻzidan ham turistlar tashrif buyurishadi.

Janubiy Italiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Alberobello manzilgohi

Janubiy Italiya (Mezzogiorno) arzon narxlarda keng tanlov taklif qiladigan oshxonasi bilan mashhur. Shuningdek, u Oʻrtayer dengizi iqlimini har bir mintaqaning goʻzal plyajlari bilan uygʻunlashtirishi bilan mashhur boʻlib, mahalliy turizm uchun muhim qism hisoblanadi. Neapol mintaqadagi eng koʻp tashrif buyuradigan shahar va Pompey xarobalari eng koʻp tashrif buyuriladigan diqqatga sazovor joylardir.

Kolizey amfiteatri

Rim – Italiyaning poytaxti. Shuningdek, u Latsio viloyatining markazidir. Rim mamlakatdagi eng koʻp aholi yashaydigan hudud va Yevropa Ittifoqidagi aholi soni boʻyicha uchinchi shahardir. Rim Italiya yarim orolining markaziy-gʻarbiy qismida, Latsio tarkibida, Tiber qirgʻoqlari boʻylab joylashgan. Vatikan (dunyodagi eng kichik davlat) – Rim shahar chegaralari ichidagi mustaqil davlat, shahar ichidagi mamlakatning yagona mavjud namunasi, shuning uchun ham Rim baʼzan ikki davlatning poytaxti sifatida tasvirlangan[31].

Royal saroyi

Milan – Italiya shimolidagi shahar, Lombardiya hududi markazi va Italiyada Rimdan keyingi ikkinchi eng zich shahar. Milan sanʼat, tijorat, dizayn, taʼlim, koʻngilochar tomoshalar, moda, moliya, sogʻliqni saqlash, ommaviy axborot vositalari, xizmatlar, tadqiqot va turizm sohalarida kuchli tomonlarga ega boʻlgan yetakchi global shahar hisoblanadi. Uning biznes okrugida Italiya fond birjasi (ital. Borsa Italiana), milliy va xalqaro bank va kompaniyalarning bosh qarorgohlari joylashgan. YaIM boʻyicha Milan Italiyaning eng boy shahri boʻlib, u Yevropa Ittifoqi shaharlari orasida Parij va Madriddan keyin uchinchi oʻrinda turadi va Yevropa Ittifoqining poytaxt boʻlmagan shaharlari orasida eng boy hisoblanadi[32]. Milan Turin bilan birga Moviy Banana shahar taraqqiyoti koridorining (shuningdek, „Yevropa megapolisi“ sifatida ham tanilgan) eng janubiy qismi va Yevropa uchun toʻrt shahardan biri sifatida qaraladi.

Signoria majumasi

Florensiya – Italiyaning shimoliy qismidagi shahar va Toskana viloyatining poytaxti. Bu Toskanadagi eng koʻp aholi yashaydigan shahar hisoblanadi[33]. Shahar har yili millionlab sayyohlarni oʻziga jalb qiladi va YuNESKO 1982-yilda Florensiyaning tarixiy markazi Butunjahon merosi ob’yekti deb eʼlon qildi. Shahar oʻzining madaniyati, Uygʻonish davri sanʼati, meʼmorchiligi va yodgorliklari bilan mashhur[34]. Shahar shuningdek, Uffizi galereyasi va Palazzo Pitti kabi koʻplab muzeylar va sanʼat galereyalarini oʻz ichiga oladi. Florensiyaning badiiy va meʼmoriy merosi tufayli Forbes uni dunyodagi eng goʻzal shahar deb eʼtirof etgan[35].

Rialto koʻprigi

Venetsiya – Italiyaning shimoli-sharqidagi shahar va Veneto viloyatining poytaxti. U suv ustida qurilgan va 400 dan ortiq koʻpriklar bilan bogʻlangan 118 ta kichik orol asosida barpo qilingan[36]. Shahar baʼzi muammolarga duch kelgan boʻlsa-da (sayyohlarning haddan tashqari koʻpligi, suvni ifloslash, suv toshqini, kruiz kemalarining binolarga juda yaqin suzib ketishi bilan bogʻliq muammolar)[37][38][39],Venetsiya juda mashhur sayyohlik maskani boʻlib qolmoqda. Shahar yirik madaniyat markazi va koʻp marta dunyodagi eng goʻzal shahar deb topilgan. U Times Online tomonidan Yevropaning eng romantik shaharlaridan biri va The New York Times tomonidan „shubhasiz, inson tomonidan qurilgan eng goʻzal shahar“ deb taʼriflangan[40].

  1. „Top 10 most Beautiful Cities in the World 2017“ (2016-yil 28-iyul).
  2. „Top 10 most Beautiful Cities in the World 2018“ (2018-yil 2-sentyabr).
  3. „Milan Attractions“. The New York Times. 2009-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „The weight of tourism in Italy, the characteristics of the demand and the accommodation capacity“ (2018-yil 11-dekabr).
  5. UNWTO Tourism Highlights, 2015 Edition, 2015. DOI:10.18111/9789284416899. ISBN 9789284416899. 
  6. „VACANZE IN MONTAGNA IN ITALIA: IN INVERNO E IN ESTATE“ (it) (2017-yil 30-iyul). Qaraldi: 2022-yil 1-yanvar.
  7. „Ranking the 30 Most-Visited Cities in the World“. TravelPulse.[sayt ishlamaydi]
  8. „The World Heritage Convention“. UNESCO. 2016-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-avgust.
  9. 9,0 9,1 „Viaggiare in Italia: giro turistico“ (it). Qaraldi: 2021-yil 31-dekabr.
  10. „L'Italia possiede un patrimonio culturale e ambientale unico al mondo.“ (it) (2017-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 27-dekabr.
  11. „Turismo: 91% viaggiatori soddisfatti mete culturali Italia“. Repubblica.it (2019-yil 21-mart). Qaraldi: 2019-yil 26-iyul.
  12. „Turismo in Italia nel 2018 – Movimento dei clienti e capacità degli esercizi ricettivi“. istat.it. Qaraldi: 2019-yil 18-iyul.
  13. 13,0 13,1 „Grand Tour“ (it). Qaraldi: 2022-yil 6-may.
  14. „Italy on the Grand Tour (Getty Exhibitions)“. Qaraldi: 2015-yil 9-iyun.
  15. „18th Century Rome and the Grand Tour“. 2023-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-iyun.
  16. Hom, Stephanie. Changing Mobilities. London:Routledge, 2016. ISBN 9781138778146. 
  17. "San Marino". Encyclopædia Britannica. 2012. http://www.britannica.com/EBchecked/topic/521449/San-Marino. <!--->
  18. „Vatican country profile“ (en-GB). BBC News (2018). Qaraldi: 2018-yil 24-avgust.
  19. „Clima Italia“ (it) (2012-yil 5-avgust). Qaraldi: 2021-yil 30-dekabr.
  20. „Trasporto aereo in Italia (PDF)“. ISTAT (2013-yil 7-yanvar). Qaraldi: 2013-yil 5-avgust.
  21. „Annuario statistico italiano 2019“. Qaraldi: 2019-yil 7-yanvar.
  22. „Turismo sportivo: tra passione e opportunità“ (it). Qaraldi: 2021-yil 27-dekabr.
  23. Italy has been described as a „cultural superpower“ by Arab news, the Washington Post, The Australian, the Italian consul general in San Francisco (Wayback Machine saytida 27 November 2015 sanasida arxivlangan), the former Foreign Affairs Minister Giulio Terzi and the U. S. President Barack Obama (Wayback Machine saytida 26 December 2014 sanasida arxivlangan).
  24. Cole, Alison. Virtue and magnificence : art of the Italian Renaissance courts. New York: H.N. Abrams, 1995. ISBN 978-0-8109-2733-9. 
  25. Zirpolo, Lilian H. The A to Z of Renaissance Art. Scarecrow Press, 2009. pp. 154-156. Web. 16 July 2012.
  26. Top Universities (Wayback Machine saytida 17 January 2009 sanasida arxivlangan) World University Rankings Retrieved 6 January 2010
  27. Limits of Oceans and Seas, 3rd, Organisation hydrographique internationale, 1953. Qaraldi: 2020-yil 28-dekabr. 
  28. „Vacanze mare Italia“ (it). Qaraldi: 2021-yil 27-dekabr.
  29. „Superficie territoriale per zona altimetrica“ (it). Qaraldi: 2021-yil 27-dekabr.
  30. „Sciare in Abruzzo: quali sono le località abruzzesi migliori per la settimana bianca ?“ (it). Qaraldi: 2021-yil 27-dekabr.
  31. „What is the smallest country in the world?“ (en). History.com. 2018-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-sentyabr.
  32. „GaWC – The World According to GaWC 2018“. lboro.ac.uk. 2017-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-dekabr.
  33. Bilancio demografico anno 2013, dati ISTAT
  34. "Florence (Italy)". Britannica Concise Encyclopedia. Britannica.com. https://www.britannica.com/EBchecked/topic/210642/Florence#. <!--->
  35. Tim Kiladze. „World's Most Beautiful Cities“. Forbes (2010-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2011-yil 12-aprel.
  36. „Venice and its Lagoon“. UNESCO. Qaraldi: 2019-yil 1-aprel.
  37. Worrall, Simon (16 October 2016). „Tourists could destroy Venice – If floods don't first“. National Geographic (inglizcha). Qaraldi: 3 September 2017.
  38. Buckley, Jonathan. „When will Venice sink? You asked Google – Here's the answer“ (2016-yil 2-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 3-sentyabr.
  39. „Venice just banned mega cruise ships from sailing through the city“ (2017-yil 8-noyabr).
  40. Barzini, Luigi. „The Most Beautiful and Wonderful City in the World“. The New York Times (1982-yil 30-may).