Kontent qismiga oʻtish

Blindaj

Vikipediya, erkin ensiklopediya
2024-yil 13-sentyabr, 06:54 dagi Laziz Baxtiyorov (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)
Blindaj

Blindaj (frans. blindag<blinder — qalqon, gʻov, toʻsiq) — bomba, toʻp oʻqi hamda minadan saqlanish uchun qurilgan mustahkam yertoʻla (harbiy istehkom). B. devorlari shibbalanadi, usti yogʻoch, temirbeton va tuproq bilan yopiladi. Birinchi marta Sevastopol mudofaasi (1854—55)da qoʻllangan. Birinchi jahon urushi (1914—18) va Ikkinchi jahon urushi (1939—45) da B.dan keng foydalanilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil