Kontent qismiga oʻtish

Zambezi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2024-yil 6-sentyabr, 12:54 dagi Mrshaxas (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)
Zambezi
portugalcha: Rio Zambeze
Tavsif
Uzunligi
Suv sarfi m³/s
Joylashuvi
Davlat Angola, Mozambik, Namibiya, Zambiya va Zimbabve
Zambezi


Zambezi (portugalcha: Rio Zambeze) — Afrikaning janybiydagi (Angola, Zambiya, Namibiya, Zimbabve, Mozambik, Botsvana hududi) daryo. Uzunligi 2660 km, havzasining mayd. 1330 km2. Zambiya hududidagi Lunda platosidan, 1100 m balandlikdan boshlanadi. Asosiy irmoqlari — Kafue, Luangva, Shire. Baʼzi yillarda 3. havzasiga Okavango (Kubango) daryosi ham qoʻshilib ketadi. Afrikaning eng yirik koʻllaridan biri Nyasa ham 3. havzasiga mansub. Yuqori oqimida 1200 km masofada tekislikdan oqadi. Oʻrta oqimida qattiq jinslar ustidan oʻtgan joylarda ostona va sharsharalar (Viktoriya sharsharasi va b.) hosil qilgan. Quyi oqimida vodiysi va oʻzani juda keng . Mozambik .qoʻltigʻiga 120 km qolganda deltasi boshlanadi. Asosan, yomgʻirdan suv oladi. Yogʻingarchilik davri (dek,— aprel) da toʻlib oqadi. Yiliga 100 mln. t oqiziq keltiradi. Quyilish joyida oʻrtacha suv sarfi 16 ming m3/s. Zambezining gidroenergiya resurelari nihoyatda katta. Oʻrta oqimida Kariba suv ombori (mayd. 5200 km2) va GES (705 ming kVt) qurilgan. Kemalar, asosan, Zambezining Zambiya hududida qatnaydi. Deltasida Shinde porti bor. 3. va uning irmoqlaridan baliq ovlanadi. 3. havzasini birinchi marta ingliz sayyohi David Livingston 1851—56 va 1858—62 yillarda tadqiq qilgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil