Kontent qismiga oʻtish

Tavr togʻlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2024-yil 23-yanvar, 10:35 dagi Janob Mirzaolim (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)

Tavr togʻlari, Toros (turkcha Toros’lar) — Turkiyaning janubiy qismidagi togʻ sistemasi. Oʻrta dengiz sohili boʻylab taxminan 1000 km ga choʻzilgan. Kichik Osiyo va Sharqiy Tavr togʻliklarining janubidagi tizmalar. Eng baland joyi 3726 m (Temirqoziq choʻqqisi). Asosan, ohaktoshlardan, shuningdek, kristalli slanets va metamorfik jinslardan tuzilgan. Tavr togʻlarining markazida ayrim choʻqqilarning bal. 3000 m dan yuqori, relyefi alp tipli, qad. muzliklarning izlari saqlangan. Gʻarbiy qismida karst landshafti uchraydi. Shimoliy yon bagʻirlari tikanli butalar usadigan choʻl va dashtdan, janubiy yon bagri sernam boʻlganligidan doim yashil oʻrmon va butazorlardan iborat, yuqori qismi igna bargli oʻrmonlar va alp oʻtloqlari bilan qoplangan. Tavr togʻlarini Dajla, Furot daryolari kesib oʻtadi. Milliy bogʻlar tashkil etilgan.