Jump to content

Fors musiqasi

From Vikipediya
Revision as of 16:57, 16 December 2022 by Imphers (talk | contribs) (imloviy xato)
(diff) ← Older revision | Latest revision (diff) | Newer revision → (diff)

Fors musiqasi eronlik sanʼatkorlar tomonidan yaratilgan anʼanaviy folklor, klassik, pop, jazz, rok va hip hop janrlardagi xalqaro miqyosga ega mashhur qoʻshiqlarni oʻz ichiga oladi.

Eron musiqa madaniyati Gʻarbiy Osiyodagi boshqa madaniyatlarga taʼsir koʻrsatib, qoʻshni turk va arab musiqa terminologiyasining koʻp qismini egallaydi.16-asrda hind saroylarida Eron musiqachilarini oʻz mamlakatlariga jalb qilish orqali yangi musiqiy janrlar yaraldi.

Tarixi

[edit | edit source]

Eron janubi-gʻarbidagi eng qadimiy svilizatsiya oʻchogʻi boʻlgan Elamning arxeologik yozuvlarida keltirilishicha, Eron musiqa tarixi ming yillarga borib taqaladi. Eron — milodiy III ming yillik tarixga ega eng qadimgi murakkab cholgʻu asboblarining vatanidir[1]. Sharqiy Eronda Oksus svilizatsiyasiga mansub kumush, oltin va misdan yasalgan bir qancha karnaylar topilib, ular miloddan avvalgi 2200-1750 yillarga toʻgʻri keladi. Miloddan avvalgi 865-650 yillarda esa Ossuriya saroylarida gorizontal arfalarning tasvirlari ham yaratilgan[1].

Persepolis muzeyida saqlanuvchi Karna, miloddan avvalgi 6-asrga oid qadimiy Eron musiqa asbobi.
Gollandiya muzeyida saqlanayotgan Parfiya imperiyasi davriga mansub lut chaluvchi haykali.

Musiqiy janrlar

[edit | edit source]

Mumtoz musiqa

[edit | edit source]

Eron mumtoz musiqasi mamlakatning oʻrta asr klassik davrlarida rivojlangan kuy turlaridan iborat. Mumtoz musiqaning asosiy musiqiy uslubi dastgoh boʻlib, hukmron doiralar manfaatlarini kuylovchisi boʻlgan. Dastgoh uslubi boshqa musiqiy janrlarning ohangdorlik va ijrochilik xususiyatini oshirgan manba hisoblanadi.

Xalq musiqasi

[edit | edit source]

Fors xalqi jamiyatning katta qismi tomonidan tanilgan, barcha birdek sevadigan tantana va toʻy qoʻshiqlarini „xalqniki“ deb qadrlashadi .Eron xalq musiqasining xilma-xilligi mamlakatning mahalliy va etnik guruhlari madaniyatidagi farqlar sabab tez-tez koʻzga tashlanadi.

Xalq qoʻshiqlari turli mavzularda:tarixiy, ijtimoiy, diniy boʻladi. Bundan tashqari, to‘y yoki yigʻim mavsumiga xos bo‘lgan xalq qo‘shiqlari, allalar, bolalar qo‘shiqlari, topishmoqlar ham folklor musiqaning ajralmas qismi hisoblanadi.

Eronda xalq musiqasi mutaxassislari bor. Professional xalq cholg‘uchi va vokalchilari to‘y marosimlarida chiqish qilishadi. Baxshilar xalq dostonlarini Oʻrta Osiyo va Bolqon anʼanalarida uchragani kabi ogʻzaki sharhlar bilan aralashtirib aytadilar. Dutor chalayotgan baxshilar ijtimoiy yigʻinlarda tomoshabinlarni jangchilar va sarkardalar haqidagi qahramonlik balladalari bilan xursand qilishadi. Folklor janrda diniy arboblar shahidligini xotirlaydigan misralarni oʻquvchi marsiyaxonlar ham bor.

Eron mumtoz va xalq musiqasi qoʻshiqchilari lirika va ohangni improvizatsiya qilish qobiliyatiga ega[2]. Koʻplab Eron xalq qoʻshiqlari katta yoki kichik tonlarga moslashish imkoniyatiga qarab orkestr joʻrligida aranjirovka qilingan.

Aksariyat folklor qoʻshiqlar 1965-yilda Eron sobiq imperatori Farah Pahlaviy homiyligida tashkil etilgan madaniy-maʼrifiy bolalar va yoshlarning intellektual rivojlanishi instituti tomonidan ishlab chiqilgan loyiha asosida qayta tiklandi. Ular Pari Zanganeh, Monir Vakili va Minu Javan kabi Eron xalq va estrada musiqalarida katta taʼsirga ega boʻlgan professional vokalchilar tomonidan ijro etilgan sifatli yozuvlar toʻplami edi[3].

Simfoniy

[edit | edit source]

Eron simfoniyasi Qojarlar va Pahlaviylar davrida rivojlangan. Cholg‘u kompozitsiyalaridan tashqari, Eron simfonik asarlarining bir qismi xalq qo‘shiqlariga, baʼzilari esa ham mumtoz, ham zamonaviy Eron shoirlarining sheʼrlariga asoslangan[4].

Fors simfonik asarlar toʻplami boʻlgan Symphonische Dichtungen aus Persien 1980-yilda nemis simfonik orkestri Nurembergtomonidan ijro etilgan va eronlik Ali Rahbariy tomonidan dirijyorlik qilingan[5].

Eronlik taniqli arman bastakori va dirijyori Loris Tjeknavoryan 20 yildan ortiq vaqt mobaynida Eronning "Shohnoma" dostonidagi Rustam va Suhrob fojiasiga asoslangan forscha libretto bilan „Rustam va Suhrab“ operasini yaratdi.Libretto birinchi marta Tehron simfonik orkestri tomonidan 2003-yilning dekabr oyida Tehronning Roudakiy zalida ijro etilgan[6].

2005-yilda Persepolis orkestri 3000 yillik tarixga ega asarni ijro etadi. Ushbu asarning qadimiy yozuvlari arxeologlar tomonidan shifrlanganda shumerlar va qadimgi yunonlarga tegishli ekanligi taxmin qilinadi. Orkestrga taniqli eronlik musiqachi Peyman Soltani dirijyorlik qildi. 

Jazz va blue musiqa

[edit | edit source]

Jazz musiqasi Eronning " Jazz sultoni „ sifatida tanilgan Viguen kabi sanʼatkorlarning paydo boʻlishi bilan kirib kelgan. Viguenning 1954-yilda chiqarilgan birinchi qoʻshigʻi “Moonlight" radioda qisqa muddatlarda xit darajaga chiqadi[7][8][9].

Nyu Yorkda yashovchi eronlik jazz va blue xonandasi Rana Farxon [10] klassik fors sheʼriyatini zamonaviy jazz va blue bilan uygʻunlashtiradi[11]. Uning eng mashhur asari " Muhabbatda mast " 13-asrning taniqli fors shoiri Rumiyning sheʼriga asoslangan[10]. Inqilobdan keyin Eronda jazz va blue sanʼatkorlar shuhrat qozonishni boshlaydi[12][13][14].

Rok musiqasi

[edit | edit source]

Rok musiqasi Eronga 1960-yillarda G‘arbiy Yevropa va Amerika musiqiy janrlarining paydo bo‘lishi taʼsirida kirib kelgan[15]. Tez orada u yosh avlod orasida ayniqsa Tehronning tungi klublarida mashhurlikga erishadi[16]. Inqilobdan keyingi Eronda koʻplab rok sanʼatkorlari rasman konsert berish, albom chiqarish, hatto kuylash huquqiga ham ega emaslar, shu sabab ular Internet va yer osti sahnalarida ijod qilishadi[17].

2008-yilda eron rok guruhi Angband Germaniyaning Pure Steel Records [18] rekord yorligʻi bilan xalqaro miqyosdagi ilk shartnomani tuzadi. Ular taniqli prodyuser Achim Köhler bilan hamkorlik qilishgan[19].

Hip Hop

[edit | edit source]

Eron hip-hopi 2000-yillarda mamlakat poytaxti Tehronda paydo boʻlgan[20]. Dastlab amerika hip-hop madaniyati taʼsirida mikstaplarni yozib olishdan boshlanib, keyinchalik mahalliy musiqiy janrlar bilan uygʻunlashtirildi[21][22].

Akapella

[edit | edit source]

2011-yilda yangi turdagi akapella (instrumentsiz musiqa) birinchi marta Faraz Xosravi Danesh boshchiligidagi Damour vokal guruhi [23] tomonidan taqdim etilgan. Ushbu musiqa janri oʻtmishda xor sifatida ijro etilgan, ammo 2011-yildan boshlab insonning jonli ovozi musiqa asboblari oʻnini egalladi . Shundan soʻng Tehron vokal ansambli faoliyat koʻrsata boshladi. Uslubdagi musiqalar Eron akapellasida ijodiy va yangicha tarzda shakllandi[24].


Manbalar

[edit | edit source]
  1. 1,0 1,1 Lawergren, Bo (2016). "MUSIC HISTORY". Encyclopaedia Iranica (online nashri). http://www.iranicaonline.org/articles/music-history-i-pre-islamic-iran. 
  2. "BADĪHA-SARĀʾĪ". BADĪHA-SARĀʾĪ. III. August 22, 2011. 379–380 b. http://www.iranicaonline.org/articles/badiha-sarai-composition-and-utterance-of-something-improvised-badih-usually-in-verse. 
  3. "KĀNUN-E PARVAREŠ-E FEKRI-E KUDAKĀN VA NOWJAVĀNĀN vi. Music and Sound Production". Encyclopædia Iranica. XV. April 20, 2012. 512–515 b. http://www.iranicaonline.org/articles/kanun-e-parvares-e-fekri-e-kudakan-va-nowjavanan-music-and-sound-production. 
  4. "ḴĀLEQI, RUḤ-ALLĀH". Encyclopædia Iranica. XV. April 19, 2012. 377–380 b. http://www.iranicaonline.org/articles/kaleqi-ruh-allah. 
  5. Symphonische Dichtungen aus Persien.. OCLC 8632375. 
  6. „Alone again, naturally: women singing in Iran“. The Guardian (2014-yil 29-avgust).
  7. Armbrust, Walter. Mass Mediations: New Approaches to Popular Culture in the Middle East and Beyond. University of California Press, 2000 — 70-bet. ISBN 9780520219267. 
  8. Saba. „Iranian pop legend dies at 74“. BBC News. BBC News (2003-yil 27-oktyabr).
  9. Saba, Sadeq. „Obituary: Vigen Derderian“. The Guardian (2003-yil 26-noyabr).
  10. 10,0 10,1 Curiel, Jonathan. „Rana Farhan Sings the 'Persian Blues'“. KQED Arts (2013-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 7-mart.
  11. Smith, Emily Esfahani. „Persian Poetry Gets the Blues“. The Wall Street Journal (2011-yil 30-avgust). Qaraldi: 2018-yil 5-aprel.
  12. „Iranian blues and jazz bands find fans in Tehran“. Reuters (2014-yil 13-noyabr).
  13. „Pallett Releases 'Endless Ending'“. Financial Tribune (2017-yil 1-mart).
  14. „Iranians love their klezmer“. Public Radio International (2016-yil 26-fevral).
  15. "IRAN xi. MUSIC". Encyclopædia Iranica. XIII. March 30, 2012. 474–480 b. http://www.iranicaonline.org/articles/iran-xi-persian-music. 
  16. „'اسکورپیو' در آپارات“ (fa). BBC Persian (2013-yil 27-fevral).
  17. „Iran's rock stars and their underground scene“. The Guardian (2014-yil 4-iyun).
  18. „Iranian Metal Band ANGBAND Signs With Germany's PURE STEEL RECORDS“. Blabbermouth. 2008-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 8-iyun.
  19. „ANGBAND: New Album Release Date, Track Listing Revealed“. Blabbermouth. Qaraldi: 2010-yil 16-sentyabr.
  20. „Iran's underground hip hop dance scene“. France 24 (2013-yil 29-avgust). 2014-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-fevral.
  21. „پشت دیوار کیه؟ رپ ایرانی؟“ (fa). Hamshahri. 2011-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  22. „روزنامه اعتماد ملی 85/6/28 – رپ ایرانی ، صدای اعتراض نیست“. Magiran.com. 2020-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-iyun.
  23. „گروه آوازی دامور“, ویکی‌پدیا، دانشنامهٔ آزاد (fors), 2021-09-17, qaraldi: 2022-02-17
  24. „A cappella“, Wikipedia (inglizcha), 2022-02-08, qaraldi: 2022-02-17

Havolalar

[edit | edit source]