Bulat
Qiyofa
Bulat (fors, po‘lod — po‘lat) — tarkibida temir va ugleroddan boshqa elementlar deyarli bo‘lmaydigan juda qattiq elastik quyma po‘lat. O‘ziga xos tuzilishiga ega, sirti "naqsh"li jilolanib turadi. Ilgari Hindiston, O‘rta Osiyo, Eron va Suriyada (Damashq po‘lati nomi b-n) tayyorlangan; undan, asosan, g‘oyat pishiq va o‘tkir tig‘li qilich, xanjar va b. buyumlar yasalgan. Qadimda B. tayyorlash usuli sir saqlanib kelinar edi. Uning sirini rus metallurgi P. Anosov (1799—1851) ochdi. Texnikada B. po‘lati deb yuritiladi.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |