Vikiombor:Xush kelibsiz

From Wikimedia Commons, the free media repository
Jump to navigation Jump to search
This page is a translated version of a page Commons:Welcome and the translation is 100% complete. Changes to the translation template, respectively the source language can be submitted through Commons:Welcome and have to be approved by a translation administrator.

Vikiombor nima?

Vikiombor — jamiyat mulki hisoblangan yoki erkin litsenziyalar asosida eʼlon qilingan barcha uchun ochiq va bilim berishda qoʻllaniluvchi mediakontentni (tasvirlar, ovozli fayllar va videoroliklar) oʻzida saqlab turuvchi platformadir. Ushbu loyihadan Vikimedia jamgʻarmasining turli loyihalari uchun qoʻllaniluvchi fayllarning yagona va markazlashgan taʼminot ombori sifatida foydalaniladi. Siz ushbu Vikiomborda saqlanuvchi fayllardan foydalanish uchun biror loyiha ishtirokchisi boʻlishingiz shart emas. Bu ombor haq toʻlanadigan professionallar tomonidan emas, koʻngilli ishtirokchilar tomonidan yuritiladi, toʻldirib boriladi. Loyihadan koʻzlanadigan maqsad bilan Loyihaning maqsad va vazifalari sahifasida toʻliqroq tanishib chiqishingiz mumkin.

Vikiombor ham Vikipediya kabi viki-texnologiyadan foydalanadi, shu sababli loyiha sahifalarini istagan ishtirokchi erkin tarzda tahrir qilishi mumkin. Vikiomborga yuklangan mediafayllardan Vikimedianing barcha loyihalarida foydalanish mumkin, bunda u fayllarni loyihalarga qayta yuklash shart emas (boshqa loyihalarga yuklangan fayllar bundan mustasno).

2004-yil 7-sentyabrda ishga tushirilgan Vikiomborga 2006-yilning 30-noyabriga kelib 1,000,000 ta fayl yuklangan. Hozirga kelib esa, Vikiomborda 112 410 635 ta fayl saqlanadi. Vikiombor haqidagi koʻproq qoʻllanmalarni siz ushbu sahifadan, Vikiombor haqidagi Vikipediya maqolasidan, shuningdek Meta-vikidagi ushbu sahifadan bilib olishingiz mumkin.

Anʼanaviy mediafayllar omboridan farqli oʻlaroq, Vikiombor foydalanish uchun toʻliq erkindir. Istalgan shaxs bu omborda joylashgan fayldan nusxa olishi, foydalanishi va oʻzgartirishi mumkin, faqat manbasini va muallifini koʻrsatgan holda. Shuningdek, ushbu fayllardan, ularning oʻzgartirilgan versiyasidan erkin foydalanish huquqini boshqalarga taqdim etishda ham yuqorida yozilgan shartlarni bajarish lozimdir. Vikiombor maʼlumotlar bazasi va undaga matnlar bevosita Creative Commons Attribution/Share-Alike License litsenziyasiga egadir. Har bir mediafaylning litsenziyalanish asosi va shartlari oʻsha faylning maʼlumotlar sahifasida mavjud. Vikiomborda saqlanuvchi fayllardan foydalanish haqidagi toʻliqroq maʼlumotni Commons:Reusing content outside Wikimedia va Commons:First steps/Reuse sahifalaridan bilib olishingiz mumkin.

Ishtirokchiga aylaning

Hayotiy malakangizni Vikiomborda ulashishingiz — Vikiombor rivoji uchun qoʻshgan eng yaxshi hissangiz boʻla oladi:

Oʻz ishlaringiz bilan boʻlishing

Agar siz yaxshi fotograf boʻlsangiz — hech ikkilanishsiz oʻzingizning eng yaxshi suratlaringizni joylang. Siz yaxshi grafik dizayner boʻlsangiz, u holda mana bu sahifaga oʻtib, loyihalarimiz uchun qaysi sxema yoki animatsiya yetishmayotganini koʻrishingiz mumkin.

Oʻz malaka va koʻnikmalaringiz bilan boʻlishing

Ushbu loyiha rivoji uchun faqatgina oʻz fayllarini yuklash shart emas. Muhimligi boʻyicha ulardan qolishmaydigan boshqa yumushlar ham bor, siz ulardan birini bajarishingiz mumkin:

Vaqt ajrating

Sizdan rassomlikni yoki maʼlumotnoma sahifalari matnini bexato yozishni talab etmaydigan yumushlar ham bor. Agar siz tartibsizlikni tartibga keltirishni xush koʻrsangiz, bizga ancha yordamingiz tegishi mumkin!

Oʻrganish

Roʻyxatdan oʻting

Vikiomborga fayl yuklash imkoniyatiga ega boʻlish uchun roʻyxatdan oʻtmoq kerak. Bu ishni yuqoridagi oʻng burchakda koʻrinib turgan "Log in / create account" havolasi orqali oʻtib, keyingi yuklash/tahrir ishlaringizda koʻrinadigan foydalanuvchi nomini kiritish orqali qilish mumkin. Agar siz faqat matnlarni tahrirlash bilan cheklansangiz, u holda roʻyxatdan oʻtishingiz majburiy emas. Markazlashgan akkountdan foydalanayotgan boʻlsangiz, u holda allaqachon Vikiomborda roʻyxatdan oʻtgan hisoblanasiz.

Ilk qadamlar uchun qoʻllanma

Vikiombordan foydalanishni oʻrganish uchun boshlovchilar uchun qoʻllanma va koʻp beriladigan savollar (ingliz tilida) bilan tanishib chiqishni tavsiya etamiz. Ularda interfeysni sozlash (masalan, kerakli tilni tanlash), fayllar yuklash tushuntirilgan, shuningdek, litsenziyalash tartibi asoslari keltirilgan. Ushbu loyihada ishtirok etish uchun sizdan texnik koʻnikmalar talab etilmaydi. Tahrirlar qilishda jasur boʻling va boshqa ishtirokchilarning ishlaridan yaxshi gumonga boring. Bu viki — bu rostdan ham oson.

Loyiha ishtirokchilari hamjamiyati haqida koʻproq maʼlumot olish uchun Hamjamiyat portaliga tashrif buyuring. Siz oʻz savollaringizni Forumda yoki IRC kanalda berishingiz mumkin #wikimedia-commons webchat.

Vikiombordagi fayllar turkumlar va galereyalarda tartiblangan. Asosiy turkumlar Bosh sahifada koʻrsatib oʻtilgan.

Boshqa ishtirokchilarga qaysi tillarda gapirishingizni bildirish uchun oʻz foydalanuvchi sahifangizga Babel foydalanuvchi qutisini joylashtiring va grafik mahoratingiz qay darajada ekanini ham yozib qoʻying. Siz yuklagan barcha fayllar sizning shaxsiy galereyangizda saqlanadi. Iltimos, munozara sahifalarida ~~~~ belgilarini qoʻllagan holda imzo chekishni unutmang. Agar fayllarni boshqa loyihalardan koʻchirib oʻtkazmoqchi boʻlsangiz, FileImporterdan foydalaning.

Qoʻshimcha xizmatlar va dasturlar

Birdaniga koʻplab suratlarni yuklash uchun qoʻllash mumkin boʻlgan turli yuklash uskunalari mavjud, misol uchun, VicuñaUploader. Agar sizga rasmlarni koʻrish yoki tahrir qilish uskunalari haqida toʻliqroq maʼlumotlar kerak boʻlsa, dasturlar sahifasi va uskunalar sahifasiga tashrif buyuring.

Bu yer sizga yoqishidan va loyihamizda ishtirok etish zavq-shavq berishidan umidvormiz.