Viktor Kumikov
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Viktor Balyutovich Kumikov | ||
Tavallud sanasi | 12-may 1963-yil | ||
Tavallud joyi | Nalchik RSFSR, SSSR | ||
Ampluasi | Darvozabon | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | FC Kaisar | ||
Raqami | Bosh murabbiy | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1981—1983 | Rotor | (13 (?)) | |
1987 | Spartak-Nalchik | (4 (-8)) | |
Boshqargan klublari | |||
1995 | Avtozapchasti | ||
1996—1998 | Spartak-Nalchik | ||
2000—2002 | Yesil | ||
2002—2003 | Yelimay | ||
2003—2004 | Kaysar | ||
2006 | Megafon-Kavkaz | ||
2006—2007 | Mash’al | ||
2008—2010 | Nasaf | ||
2011—2014 | Shaxtyor (Karaganda) | ||
2015—2016 | Orbadas | ||
2016—2018 | AGMK | ||
2018—2019 | Atirau | ||
2020 | Andijon | ||
2021-h.v | Andijon | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Viktor Balyutovich Kumikov (1963-yil 12-mayda[1] Nalchik, Kabardino-Balkar avtanom Respublikasi ASSR, RSFSR, SSSRda tugʻilgan) — sovet futbolchisi, darvozabon, Rossiya futboli murabbiyi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Viktor Kumikov Kabardino-Balkariya Avtonom Respublikasining (Kabardino-Balkar Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi) poytaxti Nalchik shahrida tugʻilgan. Futbolchi yoshligidanoq sportga mehr qoʻygan. Oʻsmirlik vaqtlarida koʻplab mahalliy havaskor klublarda oʻynagan.
Viktor 1982-yilda 1981-yilda 1-ligaga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan Rotor Volgograd (Rossiyaning Volgograd shahrida joylashgan professional futbol klubi) jamoasiga taklif qilingan. Biroq Kumikov Rotorda asosiy tarkibda maydonga tushmagan va mavsum oxirida ushbu klubni tark etgan.
1987-yilda Nalchikning „Spartak“ jamoasida 2-ligada oʻynagan. Keyinchalik ushbu klubda jarohati[2] sabab oʻyinlarda ishtirok eta olmagan va shundan soʻng jamoada murabbiylik faoliyatini boshlagan.
2000-yillarning boshida u Qozogʻiston Respublikasiga joʻnab ketgan va Semipalatins viloyatining „Yelimay“, Kokshetau viloyatining „Yesil“ va Qiziloʻrdaning „Kaysar“ jamoalarida bosh murabbiy sifatida ishlagan. 2004-yildagi oʻyinlarning birida Kumikovning hakamlar bilan yuzaga kelgan kelishmovchiliklari tufayli jamoa maydondan chetlatilgan. „Kaysar“ qolgan oʻnta oʻyinda magʻlubiyatlar hisobiga birinchi ligaga yoʻllanma olgan[3]. Ushbu voqeadan soʻng Qozogʻiston futbol federatsiyasi Kumikovni Qozogʻistonda murabbiylik qilish litsenziyasidan vaqtincha mahrum qilgan[4].
Shundan soʻng Viktor ikki yil davomida birorta ham professional jamoalar bilan mashgʻulot oʻtkazmagan. 2006-yilda u havaskorlar ligasida oʻynagan Nalchikning Megafon-Kavkaz jamoasini qabul qilgan, ammo mavsum davomida yetarli mablagʻ yoʻqligi sababli jamoa musobaqadan chiqib ketgan[5].
Oʻsha yili Kumikov yana Markaziy Osiyoga qaytgan va toʻrt yil davomida oʻz milliy chempionatlarida yuqori oʻrinlarni egallab, Osiyodagi klub turnirlarida munosib ishtirok etgan Oʻzbekistonning „Mash’al“ va „Nasaf“ klublarini boshqargan.
2011—2014-yillarda Qozogʻiston Premer-ligasida toʻp surgan Qaragʻandaning „Shaxtyor“ klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan. Bu vaqt ichida „Shaxtyor“ ikki marta Qozogʻiston chempioni boʻlgan, mamlakat kubogi va Superkubogini qoʻlga kiritgan. Yevro kuboklarda debyut qilgan ilk qozoq klubi sifatida mamlakatda eʼtirof etilgan. Kumikov Qozogʻistonda uch marta (2011-, 2012-, 2013-yillarda) „Yil murabbiyi“ deb topilgan.
2010-yil oxirida Qozogʻistonning eng yirik Qaragʻanda viloyati hokimi (gubernatori) va „Shaxtyor“ futbol klubi prezidenti Serik Axmetov Kumikovni yana Qozogʻistonga taklif qilib, unga milliy chempionatda gʻalaba qozonish va Yevropa musobaqalarida qatnashish vazifasini yuklagan[6]. Uning rahbarligi ostidagi birinchi yilda klub ilk bor 2011-yilda mamlakat chempioni boʻlgan. Muvaffaqiyat 2012-yilda ham takrorlangan va 2013-yilda klub Qozogʻiston kubogi va Superkubogini qoʻlga kiritgan. 2013—2014-yilgi Chempionlar Ligasida „Shaxtyor“ pley-off bosqichiga chiqgan va shiddatli kurashda Shotlandiyaning „Seltik“ jamoasiga (2:0, 0:3) hisobida magʻlubiyatga uchragan. Shundan soʻng 2013/14-yilgi Yevropa Ligasi guruh bosqichiga yoʻllanma olgan. Ikkala muvaffaqiyat ham qozoq klublari uchun birinchi hisoblangan. Ammo 2014-yilgi mavsumda Kumikov gʻalati transfer siyosatini yurita boshlagan[7], natijada jamoa sovrinlarni qoʻlga kirita olmagan va rahbariyat tomonidan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilingan[8].
2014-yilning dekabr oyida Kumikov oʻsha mavsumni toʻrtinchi oʻrinda yakunlagan „Chimkent Ordabas“ga oʻtgan va ushbu klub bilan yarim yilga shartnoma imzolagan. Ammo 2015-yilning avgust oyida u bosh murabbiylikdan isteʼfoga chiqga[9] n. Shu bilan birga, u 2014-yilning fevral oyidan beri yordam berib kelayotgan hamyurti, Qozogʻiston terma jamoasi bosh murabbiyi Yuriy Krasnojanning yordamchisi lavozimidan ham ozod etilgan[10].
2015-yilning dekabrida Kumikov Toshkentning „Bunyodkor“ va „Buxoro“[11] futbol klublaridan kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekistonga uchib ketgan, biroq tomonlar bilan shartnoma imzolay olmagan.
2016-yil iyul oyida u „Akjayk“ (Qozogʻistonning Uralsk shahrida joylashgan futbol klubi) bilan shartnoma imzolagan, ammo Qozogʻiston futboli rahbariyati shartnomani bekor qilgan[12]. Ushbu voqeadan keyin Kumikov oʻzbek klubi hisoblangan „Olmaliq“ jamoasini boshqara boshlagan[13].
2018-yilning iyul oyida u Qozogʻistonning Premer-Liga autsayderi hisoblangan „Atirau“ klubi bilan shartnoma imzolagan[14]. Viktor klubni Premer-ligada saqlab qolishga muvaffaq boʻlgan va quyi ligadan bir ochkoga yuqorilab, 9-oʻrinni egallagan. Ammo 27-aprel kuni jamoaning 2019-yilgi mavsumdagi omadsiz starti (9 oʻyin; shundan oxiridan bitta oʻrin yuqori) sabab u yana klubdan chetlatilgan[15].
Murabbiy sifatida erishilgan yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoaviy
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Mash’al“
- „Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2006-yil“
„Nasaf“
- „Oʻzbekiston chempionatining bronza medali sovrindori: 2009-, 2010-yillar“
„Shaxtyor“ (Qaraganda)
- „Qozogʻiston chempioni (2): 2011-, 2012-yillar“
- „Qozogʻiston kubogi sohibi (1): 2013-yil“
- „Qozogʻiston Superkubogi sohibi (1): 2013-yil“
- Jami: 4 ta kubok
Shaxsiy yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Qozogʻistonda yilning eng yaxshi murabbiyi (3): 2011-[16], 2012-[17], 2013-yillarda
- Sportinfo.kz sayti boʻyicha yilning eng yaxshi murabbiyi: 2011-yil[18]
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kabardino-Balkariyada tugʻilgan. Millati boʻyicha adige[19]. Oilasi bilan hozirgacha Nalchikda yashaydi[20]. Turmush oʻrtogʻi Irina shahar poliklinikasida perinatal psixolog boʻlib ishlaydi. Viktorning otasi ekskavatorchi, onasi esa hisobchi boʻlgan. Kumikovning ham uchta ukasi va bir singlisi bor[21]. Katta oʻgʻli Azamat[22] Buyuk Britaniyada Bredford universitetida[23] futbol menejeri sifatida tahsil olgan. Oʻrtanchasi Artur va kichik oʻgʻli Alim futbolchi[24]. Artur ham otasi kabi darvozabonlikka qiziqadi.
Tarix Kumykovning asosiy sevimli mashgʻuloti hiasoblangan. Boʻsh vaqtida u muzeylarga borishni yaxshi koʻrgan[25].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ПОЗДРАВЛЯЕМ ВИКТОРА БАЛЮТОВИЧА КУМЫКОВА С ДНЁМ РОЖДЕНИЯ!“. 8-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-avgust 2015-yil.
- ↑ „Виктор Кумыков: «Не знаю точно, когда успехи в Европе придут к казахстанским клубам, но я надеюсь застать это время»“. 2012-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-avgust 2012-yil.
- ↑ „Вехи Виктора Кумыкова в казахстанском футболе“. 5-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-iyul 2018-yil.
- ↑ „Тот самый Кумыков“. 5-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-iyul 2018-yil.
- ↑ „История первенств России среди ЛФК (таблицы). 2006 год“. 23-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyun 2018-yil.
- ↑ „Виктор Кумыков: «Я остался жителем Нальчика»“. 21-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-iyul 2018-yil.
- ↑ „Кумыков получал в «Шахтёре» зарплату в 60 тысяч долларов — экс-директор клуба Жарылгапов“. 5-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-may 2020-yil.
- ↑ Viktor Kumikov pokinul post glavnogo trenera „Shaxtyora“
- ↑ „Виктор Кумыков ушёл с поста главного тренера ФК «Ордабасы»“. 8-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-dekabr 2015-yil.
- ↑ „Сборная Казахстана по футболу отказалась от услуг Виктора Кумыкова“. 5-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-may 2020-yil.
- ↑ „Виктор Кумыков: «„Шахтёр“? Пути Господни неисповедимы!»“. 11-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-dekabr 2015-yil.
- ↑ „Кожагапанов и Ергешев помешали Кумыкову возглавить «Акжайык»“. 22-iyul 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyul 2016-yil.
- ↑ „Виктор Кумыков — новый тренер «Алмалыка»“. 5-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-iyul 2018-yil.
- ↑ „Виктор Кумыков официально возглавил клуб КПЛ“. 5-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-iyul 2018-yil.
- ↑ „В КПЛ официально произошла первая тренерская отставка“. 27-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-aprel 2019-yil.
- ↑ „Тренер года в Казахстане — Виктор Кумыков“ (ruscha). Федерация футбола Казахстана. 2012-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-noyabr 2012-yil.
- ↑ „Виктор Кумыков — лучший тренер Чемпионата Казахстана-2012!“ (ruscha). Федерация футбола Казахстана (27-noyabr 2012-yil). 2012-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-noyabr 2012-yil.
- ↑ Viktor Kumikov luchshiy trener sezona 2011!!!
- ↑ „Формула победы Виктора Кумыкова“. 8-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-dekabr 2015-yil.
- ↑ „Виктор Кумыков: «Я остался жителем Нальчика»“. 8-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-dekabr 2015-yil.
- ↑ Кайрат Абильдинов. „Виктор Кумыков: «У «Шахтёра» хороший потенциал»“ (ruscha) (html). Официальный сайт ФК «Шахтёр» (3-may 2012-yil). 2012-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-may 2012-yil.
- ↑ Альберт Дышеков. „Виктор Кумыков: «Задача минимум — групповой этап лиги чемпионов»“ (ruscha). Кабардино-балкарская правда (3-dekabr 2012-yil). 2013-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-dekabr 2012-yil.
- ↑ Габдулла Айгозин. „Виктор Кумыков: «Команду с поля уже не уведу»“ (ruscha) (html). Аватар-Медиа (20-aprel 2011-yil). 2012-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-aprel 2012-yil.
- ↑ Алымжан Жалелов. „Виктор Кумыков: «Никто не был против. Крики начались позже»“ (ruscha) (html). PROСПОРТ Казахстан (4-noyabr 2011-yil). 2012-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-aprel 2012-yil.
- ↑ Габдулла Айгозин. „Хоббиты“ (ruscha) (html). www.sport.kz (26-aprel 2012-yil). 2012-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-aprel 2012-yil.
- 12-mayda tugʻilganlar
- 1963-yilda tugʻilganlar
- Nalchikda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- SSSR erkak futbolchilari
- Erkak futbol darvozabonlari
- PFC Spartak Nalchik futbolchilari
- Rossiyalik futbol murabbiylari
- Oʻzbekistonda chet ellik futbol murabbiylari
- Mashʼal klubi murabbiylari
- Nasaf futbol klubi murabbiylari
- AGMK futbol klubi bosh murabbiylari
- Andijon futbol klubi murabbiylari
- Alifbo boʻyicha sportchilar