Kontent qismiga oʻtish

Pat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Patkush terisidagi shoxsimon moddali tuzilma. Kontur, ipsimon, parsimon, par va qilsimon pat turlari boʻladi. Kontur pat qalam uchi, oʻzak, oʻq va unga joylashgan yelpigʻichdan iborat. Kontur pat qush qanoti va dumida boʻladi; ular tanasini qoplab turadi. Ipsimon pat uzun, nozik va yumshoq oʻqsan hamda uning uchida joylashgan siyrak soqolchalardan tuzilgan. Odatda, ipsimon patlar kontur pat ostida joylashadi. Parsimon Pat nozik oʻzak va oʻzaro ilashgan mayin soqolchalardan tashkil topgan; par bilan birga tanani sovishdan sakdaydi. Parlar qisqa va yumshoq oʻzakdan hamda bir-biri bilan ilashmagan soqolchalardan iborat. Kilsimon patda esa oʻzak rivojlangan, lekin soqolchalar boʻlmaydi. Qilsimon va ipsimon pat tuygʻu vazifasini bajarishi taxmin qilinadi. Patning yoyilib, rangining yoʻqolishi tullashga sabab boʻladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil