Panthera blytheae
Zanzibar qoploni | ||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Zanzibar muzeyiga o'rnatilgan eksponant | ||||||||||||||||||||||
Biologik klassifikatsiya | ||||||||||||||||||||||
|
Hindixitoy yoʻlbarsi – yoʻlbarslarning Panthera tigris kenja turi populyatsiyasi boʻlib, Kambodja, Laos, Malayziya, Birma, Tailand va Vyetnamda yashaydi. Ilgari irland tabiatshunosi James Corbet (1875–1955) sharafiga P. t. corbetti deb nomlangan.
Panthera blytheae – taxminan 5,95-4,1 million yil oldin, oxirgi Messinian va erta Zanclean davrida yashagan pantherine mushuklarining yoʻq boʻlib ketgan turi hisoblanadi. Birinchi toshga aylangan qoldiqlar 2010-yil avgust oyida Tibet togʻlari, Ngari prefekturasida joylashgan Zanda havzasida topilgan; bu tur 2014-yilda tasvirlangan va panthera blytheae nomi berilgan[1].
Xususiyatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Panthera blytheae bosh suyagining faqat bitta toshga aylangan qoldiq namunasi topilgan. Ammo, dalillar shuni koʻrsatadiki, bu tur boshqa Panthera turlariga xos boʻlgan bir qator xususiyatlarni oʻzida jamlagan, jumladan, „bosh suyagining ost-orbitalligi, fronto-parietal kesishgan miya yarimshar boʻlaklari“, va „old infra-orbital miya yarimshari kanali oldi boʻrtigʻining yoʻqligi“. Uning kattaligi bulutli leopardnikiga teng deb hisoblanadi. Shuningdek, qor qoplonidan taxminan 10% ga kichikroq. Lekin, bu faqat bosh suyagining nisbiy oʻlchamlariga asoslangan, shuning uchun bu taxminlar biroz notoʻgʻri boʻlishi mumkin.
Boshqa Panthera turlari bilan qarindoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Baʼzi tadqiqotchilar P. blytheae turning Panthera urugʻiga xos tarzda tasniflanishini, boshqa turlar bilan cheklangan taqqoslash va Panthera xususiyatlariga mos keladigan xususiyatlarning yetishmasligioqibatida, u haqidagi faktlarni shubhali deb hisobladilar[2]. Tadqiqotchilardan biri, Hemmer P. blytheae va "Miopanthera" pamiri qadimdan mavjud boʻlgan katta mushuklar bilan aloqadorligini taʼkidlagan va buning oʻrniga Neofelis bilan chambarchas bogʻliqligini taklif qildi va ikkala tur uchun Paleopanthera turi mos kelishi maqullandi[3].
P. blytheae, boshqa saqlanib qolgan turlari va Panthera urugʻi bilan chambarchas bogʻliq emasligi aniqlandi, shuning uchun u barcha qoplonlarlarning umumiy ajdodi deb hisoblanmaydi. Bu shuni anglatadiki, Panthera boshqa Felidaelardan ancha oldinroq mavjud boʻlgan va hozirgi hisob-kitoblarga koʻra, taxminan 16,4 million yil oldin yashagan tur hisoblanadi. P. blytheae ning boshqa pantera turlariga nisbatan joylashuvini tahlil qilish shuni koʻrsatadiki, Panthera Markaziy/Shimoliy Osiyoda yoki Osiyoning Golarktik mintaqasida paydo boʻlgan, boshqa qoplonlar esa Yevropa, Afrika va Amerikaga koʻchib oʻtgan[4].
2023-yil holatiga koʻra, ikkita soʻnggi tadqiqotlar Panthera zdanskyi turi Panthera blytheae ning sinonimi boʻlishi mumkinligini koʻrsatadi va uning ushbu turdan farq qiladigan jihatlari, individual oʻzgarishlar sababli paydo boʻlgani aniqlanadi[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Tseng, Z. J.; Wang, X.; Slater, G. J.; Takeuchi, G. T.; Li, Q.; Liu, J.; Xie, G. (2014). "Himalayan fossils of the oldest known pantherine establish ancient origin of big cats". Proceedings of the Royal Society B: Biological Sciences 281 (1774): 20132686. doi:10.1098/rspb.2013.2686. PMID 24225466. PMC 3843846. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3843846.
- ↑ Geraads, D.; Peigné, S (2017). "Re-appraisal of Felis pamiri Ozansoy 1959 (Carnivora, Felidae) from the upper Miocene of Turkey: the earliest pantherine cat?". Journal of Mammalian Evolution 24 (4): 415–425. doi:10.1007/s10914-016-9349-6. https://hal.sorbonne-universite.fr/hal-01675275/document.
- ↑ Hemmer, H. (29 March 2023). "The evolution of the palaeopantherine cats, Palaeopanthera gen. nov. blytheae (Tseng et al., 2014) and Palaeopanthera pamiri (Ozansoy, 1959) comb. nov. (Mammalia, Carnivora, Felidae)". Palaeobiodiversity and Palaeoenvironments. doi:10.1007/s12549-023-00571-5.
- ↑ Qiu. „Himalayan fossils point to Asian origin of big cats“ (en-US). New Scientist (2013-yil 12-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 10-yanvar.
- ↑ Jiangzuo, Qigao; Wang, Yuan; Ge, Junyi; Liu, Sizhao; Song, Yayun; Jin, Changzhu; Jiang, Hao; Liu, Jinyi (2023). "Discovery of jaguar from northeastern China middle Pleistocene reveals an intercontinental dispersal event". Historical Biology 35 (3): 293–302. doi:10.1080/08912963.2022.2034808.