Kontent qismiga oʻtish

Muskullar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
A.
Muskullar.
Muskul

Muskullar, mushaklarodam va hayvonlar gavdasi aʼzolari; nerv impulslari taʼsirida qisqarish xususiyatiga ega toʻqima (muskul toʻqimasi)dan tashkil topgan. Silliq, koʻndalangtargʻil va yurak muskullari birgalikda organizmning muskul sistemasini tashkil etadi. Harakatlanishda asosiy rol oʻynaydi. Koʻndalangtargil va silliq muskullarga boʻlinadi. Silliq muskul lardan ichki aʼzolar, qon va limfa tomirlari devorining muskul pardalari, shuningdek, teri muskullari hosil boʻladi. Silliq muskullar kishi ixtiyoridan tashqari qisqaradi, shuning uchun ular gʻayriixtiyoriy muskullar deyiladi. Silliq muskul nuqul mezenximadan vujudga keladi. Muskul tolasi uzunasiga ketgan muskul xujayrasidan iborat boʻlib, yupqa elastik pardasi — sarkolemmasi, sitoplazmasi — sarkoplazmasi, koʻp yadrolari va organoidlari bor. Muskul tolasining qisqaruvchi tuzilmasi — uzun ipga oʻxshaydigan miofibrillar tolaning bir uchidan ikkinchi uchigacha davom ladi. Koʻndalan gtargʻil muskullarga skelet muskullari va yurak muskuli (miokard) kiradi. Koʻndalangtargʻil muskullar toʻqimasi kishining ixtiyoriga boʻysunadi. har qaysi muskul yumaloq yoki yassi pay vositasida bir suyakdan boshlanib, ikkinchisiga yopishadi. Muskul boʻgʻim yaqinida boʻlsa, albatta, shu boʻgʻimdan oʻtib, uning harakatlanishini taʼminlaydi. Muskullar shakliga koʻra uzun, qisqa, yumaloq, yalpoq boʻlib, joylashishiga qarab yuza, chuqur, oraliq guruhlarga boʻlinadi. Bajaradigan vazi-fasiga koʻra qisuvchi, kengaytiruvchi, koʻtaruvchi, tushiruvchi, yozuvchi, boʻquvchi, chaynovchi va hokazo. Muskullarga ajratiladi. Uzun yoki duksimon muskulning yoʻgʻonroq qismi qorni, oxirgi pay qismlari boshi va dumi deb ataladi. Baʼzi muskullarning bir emas, balki 2—3 va hatto 4 ta boshi bor (masalan yelkaning ikki boshli, sonning toʻrt boshli muskuli). Muskullarning qoʻshimcha apparatiga fassiyalar, fibrozsuyak kanallari, sinovi-al qin va xaltalar kiradi. Muskullarda kon tomirlar koʻp, ular kon bilan moʻl taʼminlangan, limfa tomirlari yaxshi rivojlangan. Har bir muskulda harakatlantiruvchi va sezuvchi nerv tolalari bor, ular yordamida markaziy nerv sistemasi bilan aloqa qiladi. Bir harakatni bajaradigan muskullar sinergistlar, qarama-qarshi harakatlarni bajaradiganlari antagonistlar deyiladi. Skelet Muskullar topografik jihatdan tana, bosh, boʻyin, koʻl va oyoq muskullariga ajratiladi.

Tana muskullari orqa, koʻkrak va qorin muskullaridan iborat. Orqa muskullari yuza va chuqur boʻladi. Ular kurakni koʻtaradi, uni yaqinlashtiradi va yopishtiradi, boʻyinni yozadi, yelka va qoʻlni orqaga va ichkariga tortadi, nafas olish va chiqarishda qatnashadi. Orqaning chuqur muskullari umurtqa pogʻonasini tiklaydi.

Koʻkrak muskullari xususiy tashqi va ichki qovurgʻalararo muskullar, yelka kamari va qoʻl bilan bogʻlangan katta va kichik koʻkrak muskullari, oʻmrov usti va oldingi tisheimon muskullarga boʻlinadi. Tashqari qovurgʻalar-aro muskullar qovurgʻalarni koʻtaradi, ichki muskullar esa nafas olish va chikarishda ishtirok etadi.

Qorin muskullari tashki va ichki qiyshiq muskullar, qorinning koʻndalang va toʻgʻri muskullari, shuningdek, belning kvadrat muskulidan tashkil topgan. Qorin muskullari toʻgʻri tanani oddinga bukadi, qiyshiq muskullari yon tomonlarga egilishini taʼminlaydi. Bu muskullar qorin pressini tashkil etib, asosiy funksiyasi qorin aʼzolarini funksional qulay holatda ushlab turishdan iborat. Bundan tashqari, qorin pressi muskullarining qisqarishi siyish, ichak boʻshashi, tugʻish jarayonlarini taʼminlaydi. Qorin muskullari fassiya bilan krplangan. Muntazam mashq qilib, jismoniy ish bilan shugʻullanib muskul tolalarida miofibrillarni koʻpaytirish va shu tarika muskul kuchini oshirish mumkin.

Barcha muskullarning asosiy xususiyati ularning qisqarishidir, bunda muayyan ish bajariladi. Muskullar kuchi muskul tolalaridagi miofibrillar soniga bogʻliq; yaxshi rivojlangan muskullarda ular koʻp, suyet rivojlanganlarida kam. Yuz va boshning barcha muskullari 2 guruhga: mimika va chaynov muskullariga boʻlinadi. Ular yuz mimikasida, chaynashda va pastki jagʻni harakatlantirishda qatnashadi. Bulardan tashqari, boʻyin hamda qoʻl muskullari bor. Skelet muskullarining deyarli hammasi richaglar qonuniga muvofiq boʻgʻimlardagi suyaklarni harakatga keltiradi. Odam gavdasida 600 ga yaqin muskul bor. Odam gavdasidagi barcha erkin harakatlar oʻzaro bogʻlangan boʻlib, murakkab shartli va shartsiz reflekslar yordamida yuzaga chiqadi va markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqariladi. Arteriya va venalar devorining asosiy qismi, hazm yoʻlining deyarli hammasi, oʻt pu-fagi va qovuq, bachadon nayi, bachadon silliq muskullardan tuzilgan.

Ichki aʼzolar devori silliq muskullarining qisqarishi sekin va chuvalchang oʻrmalashisimon boʻladi. Silliq muskullar refleks yoʻli bilan avtomatik qisqaradi. Ular haddan tashqari kuchli qisqarganda ogʻriq paydo boʻladi (mas, jigar va buyrak sanchigʻi, ichak spazmi va hokazo).

Yurak muskuli tuzilishi va vazifasiga koʻra koʻndalangtargil hamda sillits muskullardan farq qiladi. Unda boshqa muskullarda boʻlmaydigan xususiyat — maʼlum ritm va kuchga ega boʻlgan qisqarishlar avtomatizmi bor. Yurak muskuli umr boʻyi ritm bilan toʻxtamasdan ishlaydi, uning faoliyatini nerv sistemasi boshqaradi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil