Kontent qismiga oʻtish

Dasht boʻrisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dasht boʻrisi
Biologik klassifikatsiya
Domen: Eukariotlar
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sut emizuvchilar
Oila: Itsimonlar
Urugʻ: Boʻri
Binar nomi
Canis lupus campestris
C. l. campestris ning yashash geografiyasi
C. l. campestris ning yashash geografiyasi
Sinonimlari
  • argunensis (Dybowski, 1922)[1]
  • bactrianus (Laptev, 1929)[2]
  • cubanenesis (Ognev, 1923)[2]
  • desertorum (Bogdanov, 1882)[2]


Dasht bo‘risi (Canis lupus campestris), shuningdek, Kaspiy bo‘risi deb ham ataladi. Kaspiy dashtlari, Kavkaz dasht hududlari, pastki Volga hududi, janubiy Qozog‘istonning shimolidan Emba o‘rtasigacha va sobiq Sovet Ittifoqining pastki Yevropa qismining dasht hududlariga xos bo‘lgan kulrang bo‘rining kenja turidir.

U, shuningdek, shimoliy Afg‘oniston va Eronda ham uchrashi mumkin va sharqiy Ruminiya, Vengriya va Sharqiy Yevropaning boshqa hududlaridagi dasht hududlarida bo‘lishi ehtimoldan holi emas[1]. Tadqiqotlar bu bo‘rining quturish kasalligining tashuvchisi ekanligini ko‘rsatdi. Odamlar va uy hayvonlariga yaqin yashashi tufayli, ishonchli vaksina zarurati yuqori[3].

Rueness va boshqalar. (2014) Kavkaz tog‘laridagi Kavkaz kenja turi C. l. cubanensis bo‘rilarining alohida kenja turidir atalish uchun yetarlicha genetik farqli emasligini ko‘rsatdi[4]. Qozog‘istonda, qishloq aholisi baʼzida bo‘rilarni boqadi va ularni "qo‘riqchi it" sifatida foydalanadi[5].

Tashqi koʻrinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U oʻrtacha oʻlchamda boʻlib, vazni 35–40 kg (77–88 funt) ni tashkil etadi. Dasht boʻrisi Yevrosiyo bo‘risidan hajm jihatdan biroz kichikroq va junlari siyrakroq, qo‘polroq va qisqaroq boʻladi. Dasht boʻrisining yon tomonida och kulrang, orqasi qizgʻish kulrang yoki qora tuklar aralashgan jigarrang moʻynasi boʻladi. Yelkasidagi junlar odatda 70-75 mm dan oshmaydi. Oʻrta Osiyo va Qozogʻistondagi dasht boʻrilarining junlari qizgʻish rangga ega boʻlishi mumkin. Dumida juni kam, boshi esa 224-272 mm uzunlikda va 128-152 mm kenglikda boʻladi[1].

Dasht boʻrilari vaqti-vaqti bilan Kaspiy tyulenlarini ham ovlab turadi[6].

  1. 1,0 1,1 1,2 Mammals of the Soviet Union, Vol. II, Part 1a. Sirenia and Carnivora (Sea Cows; Wolves and Bears). Washington, DC: Smithsonian Institution Libraries and the National Science Foundation, 1998 — 188–189-bet. ISBN 1886106819. Qaraldi: 2018-yil 7-dekabr. 
  2. 2,0 2,1 2,2 Wozencraft, W. C. „Order Carnivora“, . Mammal Species of the World: A Taxonomic and Geographic Reference, 3-, Johns Hopkins University Press, 2005. ISBN 978-0-8018-8221-0. OCLC 62265494. 
  3. Zhugunissov, K.; Taranov, D.; Bulatov, Y. (2017). "Protective immune response of oral rabies vaccine in stray dogs, corsacs and steppe wolves after a single immunization". Archives of Virology 162 (11): 3363–3370. doi:10.1007/s00705-017-3499-6. PMID 28766059. https://doi.org. 
  4. Kopaliani, N.; Shakarashvili, M.; Gurielidze, Z.; Qurkhuli, T.; Tarkhnishvili, D. (2014). "Gene Flow between Wolf and Shepherd Dog Populations in Georgia (Caucasus)". Journal of Heredity 105 (3): 345–53. doi:10.1093/jhered/esu014. PMID 24622972. 
  5. „Kazakhstan: Villagers use 'guard wolves' for protection“. BBC (2014-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 26-iyul.
  6. Rumyantsev, V. D. and L. S. Khuraskin. 1978. New data on the mortality of the Caspian seal due to wolves. Page 187 in Congress of the All-Union Theriological Society, 2nd (P. A. Panteleev, et al. eds.). Nauka, Moscow, USSR. ZR 116(19):5669