Kontent qismiga oʻtish

Bulungʻur tumani

Koordinatalari: 39°45′36″N 67°16′12″E / 39.76000°N 67.27000°E / 39.76000; 67.27000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bulungʻur tumani
Булунгурский район
tuman
Tarkibida Samarqand viloyati
Maʼmuriy markazi Bulungʻur (shahar)
Rasmiy tillar Oʻzbek
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritada
Bulungʻur tumani xaritada
39°45′36″N 67°16′12″E / 39.76000°N 67.27000°E / 39.76000; 67.27000

Bulungʻur tumani — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Shimolida Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumani, sharqda Baxmal tumani, gʻarbda Samarqand viloyatining Jomboy tumani, janubi-gʼarbda Toyloq tumani, janubida Urgut tumani va janubi-sharqida Tojikiston bilan chegaradosh. Maydoni 0,76 ming km². Aholisi 189,600 ming nafar kishi (2021). Bulungʻur tumani da 1 ta shahar (Bulungʻur) va 7 ta qishloq fuqarolari yigʻini (Beshqoʻton, Kulchabiy, Navoiy, Sohibkor, Fozil Yoʻldosh, Oʻrtabuloq, Kildon) bor. Markazi — Bulungʻur shahri.

Tabiati. Bulungʻur tumani Turkiston tizmasining janubi-gʻarbidagi togʻ oraligʻi botigʻida joylashgan. Yer yuzasi tekislik. Tuman sharqida Gʻoʻbdin togʻlari bor. Yer usti tuzilishi togʻ oldi tekisliklari, adirlar, past togʻlardan iborat boʻlib, mutlaq balandligi 800- 1000 m. Iqlimi kontinental, quruq iqlim. Yanvarning oʻrtacha harorati —0,3°, iyulniki 25,5°. Yiliga 377-467 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 210—230 kun. Adirlarda Axtambuloq, Karabkibuloq, Mirzabuloq kabi buloqlar bor. Tuman hududidan Bulungʻur, Yangibesh, Qoraariq, Qorasuv, Polvonariq, Tuyatortar, Oqtepa, Oqariq kabi ariq va kanallar oʻtadi. Qumloq va boʻz tuproqlar tarqalgan. Shuvoq, efemer, efemeroidlar oʻsadi. Toʻqayzorlar bor. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, chiyaboʻri, tulki, quyon, boʻrsiq, parrandalardan tustovuq, kaklik, bedana yashaydi.

Aholisi, asosan oʻzbeklar, shuningdek rus, tojik, ukrain, tatar, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km² ga 157 nafar kishi toʻgʻri keladi. Shaharliklar 23,2 ming nafar kishi, qishloq aholisi 93,6 ming nafar kishi.

Bulungʻur tumanida oʻrta asrlarda xonlarning Bedana qoʻrugʻi deb ataluvchi dam oladigan joyi boʻlgan.

Bulungʻur tumani hududida 1451-yilda Samarqand hukmdori Mirzo Abdullo va Abu Said qoʻshinlari oʻrtasida katta jang boʻlgan. Jangda Mirzo Abdullo qoʻshini yengilgach, Abu Said Samarqand taxtini egallagan.

Xoʻjaligi. Bulungʻur tumanida 11 ta qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash sanoat korxonasi, shu jumladan 8 tasi uzumni qayta ishlashga, 2 tasi konserva mahsulotlari ishlab chiqarishga, 1 tasi meva va sabzavotlarni quritishga ixtisoslashgan. Samarqand bolalar oyoq kiyimlari ishlab chiqarish korxonasining filiali, Bulungʻur terini qayta ishlash korxonasi, Samarqand „Gelion“ zavodi filiali bor.

Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari uzumchilik, pillachilik, chorvachilik, gʻallakorlik, sabzavotchilik, kartoshkachilikdan iborat. Qishloq xoʻjaligida sugʻoriladigan yerlar 19 ming ga, ekinzorlar 31 ming ga, shu jumladan 5877 ga yerga uzum, 2000 ga yerga sabzavot, 750 ga yerga kartoshka, 14525 ga yerga gʻalla, 2144 ga yerga mevali daraxtlar ekilgan. Bulungʻur tumanida 20 ta shirkat xoʻjaligi, 33 ta dehqon va fermer xoʻjaligi va boshqa xoʻjaliklar bor (2000). Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida 41,6 ming bosh qoramol, 30,6 ming bosh qoʻy va echki, 42,0 b ming bosh parranda boqiladi (2000). Toshkent — Buxoro temir yoʻlining 19 kmi Bulungʻur tumanidan oʻtgan va toʻliq elektrlashtirilgan. Bulungʻur tumanidan Olmaota — Toshkent — Termiz avtomobil yoʻli oʻtgan boʻlib, uzunligi - 22 km.

1999/2000 oʻquv yilida 66 ta umumiy taʼlim maktabida 31,6 ming nafar oʻquvchi, 2 ta kasb-hunar litseyida 1058 nafar oʻquvchi taʼlim oldi. 45 ta ommaviy va bolalar kutubxonasi, xalq teatri, „Yoshlik“ ashula va raqs ansambli, „Chavki“ folklor etnografik xalq ansambli, 70 ta havaskorlik toʻgaragi va bolalar musiqa maktabi faoliyat koʻrsatadi. 15 ta madaniyat uyi, 460 oʻrinli 2 ta kasalxona va dispanser, epidemiyaga qarshi stansiya, xoʻjalik hisobidagi profilaktik zararsizlantiruvchi stansiya, 4 ta poliklinika, 36 ta feldsher-akusherlik, 7 ta qishloq vrachlik punktlari boʻlib, ularda 236 nafar vrach, 539 nafar oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi (2000). 1933-yildan „Bulungʻur hayoti“ tuman gazetasi chiqadi.[1]

Aholisi sosan o'zbeklar, shuningdek rus, tojik, ukrain. tatar, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga 157 kishi to'g'ri keladi. Shaxarliklar 27.5 ming kishi, qishloq aholisi 140650 kishi.

Bulung'ur tumanida o'rta asrlarda xonlarning  «Bedana ko'rig'i» deb ataluvchi dam oladigan joyi boʻlgan.

Bulung'ur tumani hududqsa 1451 yilda Samarkand hukmdori Mirzo Abdullo bilan Abu Said qo'shinlari o'rtasida jang boʻlgan. Jangda Mirzo Abdullo qo'o!inlari yengilgach, Abu Said Samarqand taxtini egallagan

  1. "Bulungʻur tumani" OʻzME. B-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil