Kontent qismiga oʻtish

Bihar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bihar

Bihar – Hindistonning shim.sharqidagi shtat. Nepal bilan chegaradosh. Maydoni 174 ming km². Aholisi 86,3 mln. kishi (1990- yillar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi – Patna shahri Biharning shimoliy qismi HindGang tekisligida, jan. esa ChxotaNagpur togʻligining sharqiy qismida (1000 m dan baland) joylashgan. Iqlimi tropik, musson iqpim. Qishi quruq, yozi seryogʻin. Oʻrtacha yillik yogʻin 1000 mm. Tuprogʻi shimolda allyuvial, jan.da qizil laterit tuproqlar. Tekislik qismi oʻzlashtirilgan. Bambukzorlar uchraydi, togʻli rayonlarida aksariyat barg tashlovchi aralash tropik oʻrmonlar (sal, albitsiya, akatsiya va boshqalar) usadi.

Bihar asosan agrar shtat. Konchilik sanoati asosida ogʻir sanoat ham rivojlangan. Hududining qariyb yarmi ekinzor, shundan bir qismi sugʻoriladigan yerlar. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekini – sholi. Shuningdek makkajoʻxori, bugʻdoy, arpa, tamaki va koʻknor, dukkakli va moyli ekinlar ham ekiladi. Bihar mamlakatda jut va kartoshka yetishtirishda salmoqli oʻrin tutadi. Tekisliklarda shakarqamish ekiladi. Chorvachilikda koʻproq koramol, shuningdek ish hayvoni sifatida foydalanish uchun buyvol (suv sigiri) boqiladi. Oʻrmon mahsulotlari va lok yigʻiladi.

Fabrikazavod ishchilarining aksariyati mashinasozlik, metallsozlik, kimyo sanoatida band. Shakarqand sanoati ham rivojlangan. Jut, ip gazlama fabrikalari, tamaki korxonalari bor. Koʻmir (Damodor havzasi), kokslanadigan koʻmir, temir va mis rudasi, slyuda, uran xom ashyosi, boksit qazib chiqariladi. Gandak va Kosi daryolarida gidrotexnika inshootlari, Bokaroda metallurgiya kombinati, Ranchida ogʻir mashinasozlik zavodi qurilgan. Jamshedpurda metallurgiya kombinati, ogʻir mashinasozlik korxonalari bor. Baraunida neft zavodi qurilgan.

Bihar tarixiy viloyat, hind madaniyati va davlatchiligining muhim markazi. Miloddan avvalgi VI asrda Biharning janbida Magadxa davlati vujudga kelgan. Oʻsha davrda Bihar iqtisodiy va madaniy jihatdan Hindistonning eng rivojlangan qismi sanalgan. Rivoyatlarga koʻra buddizm va jaynizm usha yerda paydo boʻlgan. 6-asrdan Bihar mustaqil siyosiy ahamiyatini yoʻqota boshlagan. XII asr oxirida Dehli sultonligi tarkibigakiritilgan. XVI XVII asrlarda Boburiylar davlati, XVIII asrda Bengaliya davlati (navobligi) tarkibida bulgan. 1757—1765 yillarda inglizlarning OstIndiya kompaniyasiga boʻysungan. Ingliz mustamlaka xukmronligi davrida Bihar mamlakatning eng qoloq rayonlaridan biriga aylangan. 1911-yil provinsiya (viloyat) huquqini olgan. 1950-yildan Bihar Hindiston Respublikasining shtati.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil