Volfram (lotincha: Wolframium soʻzidan olingan boʻlib, „boʻri-shlak“ degan maʼnoni bildiradi, yaʼni volfram birinchi marta kashf qilinganida metall rudalaridagi zararli qoʻshimcha deb hisoblangan va kashf etilganidan keyin 100-yil mobaynida volfram umuman ishlatilmagan) — D. I. Mendeleyev davriy sistemasining VI guruh elementi; tartib raqami 74, atom massasi 183,84; oq-kumush rangli, qiyin suyuqlanuvchi ogʻir metall. Tabiiy volfram massa soni 180 (0,16%), 182 (26,35%), 183 (14,32%), 184 (30,68%) va 186 (28,49%) boʻlgan beshta barqaror izotop aralashmasidan iborat.

74
Вольфрам
W
183,84
4f145d46s2

1781-yilda shved kimyogari Carl Wilhelm Scheele Volframni tungsten minerali (keyinroq esa sheelit) dan volfram angidridi WO, sifatida ajratib olgan. 1783-yilda ispan kimyogarlari aka-uka d’ Elxuyarlar \UO3ni volframit mineralidan va uni uglerod bilan qaytarib, metallning oʻzini olishdi va uni Volfram deb atashdi. Volfram uzok-yillar davomida sanoat miqyosida qoʻllanilmay keldi. Tabiatda kam tarqalgan boʻlib, Yer poʻstidagi miqdori ogʻirligi jihatidan 110-4%. Mineral holida asosan volframatlar sifatida uchraydi. Bulardan volframit (Fe, Mn) WO va sheelit CaWO4 sanoat ahamiyatiga ega.

Volfram kub shaklida kristallanadi, zichligi 19,3 g/sm3, suyuqlanish temperaturasi 3380+10*, qaynash temperaturasi 5900°. 400-500° da W havoda sezilarli darajada WO, gacha oksidlanadi, Suv bugʻlari 600° dan yuqorida uni WQj gacha oksidlaydi. Galogenlar, oltingugurt, uglerod, kremniy va bor Volfram bilan yuqori temperaturada (ftor esa kukun holatdagi Volfram bilan xona temperaturasida) reaksiyaga kirishadi. Vodorod bilan suyuqlanish temperaturasigacha reaksiyaga kirishmaydi; azot bilan 1500° dan yuqorida nitrid hosil qiladi. Oddiy sharoitda Volfram xlorid, sulfat, nitrat va ftorid kislotalar hamda zar suvi taʼsiriga chidamli; 100° da ular bilan bir oz reaksiyaga kirishadi; Ftorid va nitrat kislotalar aralashmasida tez eriydi. Volfram oʻz birikmalarida 2 dan 6 gacha valentli boʻlib, yuqori valentlilari barqaror.

Volfram toʻrtta oksid hosil qiladi: yuqori oksidi — 6-oksid WO3 (volfram angidridi), past oksidi — 4-oksid WO2 va ikki oraliq oksidi — W10O2, bilan W,OM. Volfram angidridi limon rangli kukun boʻlib, ishqor eritmasida eriganda volframatlar hosil qiladi. Suv hamda kislotalarda erimaydigan sariq kukundan iborat volframat kislota — H2WO4188° da suv ajratib, WO3 ga oʻtadi. Volfram xlor bilan xloridlar hamda oksixloridlar hosil qiladi. Bulardan muhimlari WC16 va WO2C12 dir. V oltingugurt bilan ikki sulfid —WS2 va uch sulfid WS, hosil qiladi. Volfram karbidlari — WC va W2C qiyin eruvchi birikmalar boʻlib, 1000—1500° da Volframning uglerod bilan birikishidan hosil boʻladi.

Volframit hamda sheelit konsentratlari (50—60% WO3) Volfram va uning birikmalari uchun xom ashyo boʻlib xizmat qiladi.

Volfram hozirgi zamon texnikasida toza metall hamda qotishmalar sifatida ishlatiladi. Elektr lampalarda, radioelektronika va rentgen texnikasida elektrovakuum asboblari tayyorlash uchun foydalaniladi. Volframning birikmalari texnikaning turli tarmoklarida qoʻllanadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • Temirjon Otatsoʻziyev. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.