Reliktiv nurlanish
Reliktiv nurlanish (lotincha: relictum — qoldiq; boshqa nomlari: qoldiq nurlanish, kosmik mikrotoʻlqinli fon nurlanishi) — kosmik elektromagnit nurlanish. Reliktiv nurlanish intensivligi va spektri mutlaq qora jismning 2,7 K bilan nurlanishiga mos keladi. Reliktiv nurlanishning mavjudligi toʻgʻrisida birinchi marta 1948-yilda amerikalik olim George Gamow (1904—68), „qaynoq Koinot“ nazariyasida tilga olgan. Bu modelga koʻra, Koinot ilk davrda (galaktika va yulduzlar paydo boʻlguncha) oʻta zich va qaynoq (oʻta yuqori haroratli) boʻlgan. Bu harorat vodoroddan geliyni sintezlovchi yadro reaksiyalarining boʻlishi uchun yetarli boʻlgan. Sintez tufayli fazo oʻta zich elektromagnit nurlanish bilan toʻyingan boʻlib, kuchsiz qoldiqlari reliktiv nurlanish koʻrinishida kuzatiladi. Reliktiv nurlanishni 1965-yilda Arno Penzias va Robert Wilson 7,35 sm toʻlqin uzunligida kashf etganlar.
Keyinchalik Koinot kengayish natijasida soviy boshlagan. „Boshlangʻich“ vaqtdan bir necha yuz ming yil keyin atrof muhitning temperaturasi 3000—4000K gacha pasaygan, zichlik esa r=10~20 g/sm3 boʻlgan. Shu paytdan boshlab kimyoviy elementlar paydo boʻla boshlagan. Kengayish hozirgi kungacha davom etmoqda, deb hisoblansa, Koinot ham oʻzidagi modda kabi sovimoqda, degan xulosa chiqadi. Hozirgi zamonga f=1010 yil boʻlgan; Koinotning hozirgi zichligi r=10~2’ g/sm3 deb olinsa, Koinot harorati 2,7 K boʻlgan reliktiv nurlanishni sochib turishi kerak. Darhaqiqat, 1965-yilda Bell telefon kompaniyasi (Angliya)ning radioantennasi 2,7K haroratli reliktiv nurlanishni, yaʼni 7,35 sm toʻlqin uzunlikdagi radio nurlanishni qayd etdi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |