Qum seminariyasi
Qum seminariyasi (forscha: حوزه علمیه قم) Erondagi eng yirik islom diniy seminariyasi (havza) boʻlib, 1922-yilda Qumda Buyuk Oyatulloh Abdukarim Xairiy Yazdiy tomonidan tashkil etilgan[1]. Usuliy olimlarni tayyorlash bilan shugʻullanadi.
Tarixi
tahrirQumda milodiy 10-asrdayoq yirik shia akademiyalari mavjud boʻlgan boʻlsa-da[2], shia islomi Eronning rasmiy diniga aylangan Safaviylar davrida shaharning koʻrinishi koʻzga tashlanadi. Oʻsha davrning mashhur ustozlari orasida Mulla Sadra va Shayx Bahoiy bor edi. Zamonaviy Qum koʻrinishi Abdukarim Xariy Yazdiy va Buyuk Oyatulloh Borujerdi tomonidan qayta tiklangan. Eron seminariyalarida uch yuz mingga yaqin ulamolar faoliyat yuritadi[3]. Buyuk Oyatulloh Husayn Vohid Xurosoniy Qum seminariyasiga rahbarlik qiladi.
Huquq maktabi
tahrirEronda shariat qonuniy kuchga ega boʻlgani uchun Qum seminariyasi Eronda huquq maktabi sifatida ham faoliyat olib boradi. Eron Islom Respublikasining sobiq bosh sudyasi va amaldagi prezidenti Ibrohim Raisi Qum seminariyasi bitiruvchilaridan biridir.
Eron Islom Respublikasidagi barcha sudyalar islom huquqi boʻyicha taʼlim olgan boʻlishi kerak; koʻpchilik qozilar „hukmron ulamolar guruhi aʼzolari“dir[4].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Walbridge, Linda S.. The most learned of the Shiʻa: the institution of the Marjaʻ taqlid Oxford University Press, p.217.
- ↑ „Thinking ahead: Shi'ite Islam in Iraq and its seminaries, Christoph Marcinkowsi, Nayang Technological University, Singapore“. 2017-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 28-iyul.
- ↑ A History of Tension between Iranʼs Clerics and the State, Mehdi Khalaji July 26th 2010 Washington Institute
- ↑ „UPDATE: A Guide to the Legal System of the Islamic Republic of Iran - GlobaLex“.
Havolalar
tahrir- Rasmiy veb-sayt (Wayback Machine saytida 2019-10-03 sanasida arxivlangan)
- Qum shahrida Havza va Xalqaro arena koʻrgazmasi boshlandi