Pxenyan universiteti
Pxenyan universiteti, Kim Ir Sen nomidagi Pxenyan universiteti — KXDRdagi eng yirik oliy oʻquv yurti. 1946-yil tashkil etilgan. Universitetning bir nechta fakultetlari asosida 1948-yil Pxenyanda politexnika va tibbiyot institutlari, Sarivonda qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etilgan. Tarix, falsafa, iqtisodiyot, huquq, filologiya, chet tillari va adabiyoti, geografiya, geol., fizika, matematika, kimyo, biologiya boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 16 mingga yaqin talaba taʼlim oladi.[1]
Asos solingan sanasi | 1946-yil |
---|
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |