Nikolay Gennadiyevich Basov (14-dekabr 1922-yil – 3-iyul 2000-yil) — fizik olim, kvant elektronika asoschilaridan biri, akademik Birinchi kvant generator — mazerni yaratdi (A. M. Proxorov bilan birgalikda). Ilmiy ishlari yarimoʻtkazgich lazerlariga, qattiq jismlardan boʻlgan lazerlarning qudratli impulslari nazariyasiga, chastota kvant standartiga, qudratli lazer nurlanishining modda bilan oʻzaro taʼsiriga oid. Nobel mukofoti laureati (1964; Aleksandr Proxorov va Ch. Tauns bilan birgalikda)[1][2].

Nikolay Basov

Manbalar

tahrir
  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. "Basov Nikolay Gennadiyevich" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil